збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги


Download 430 Kb.
bet38/75
Sana24.12.2022
Hajmi430 Kb.
#1061232
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Bog'liq
Rangtasvir matni

Natyurmort
Buyumlarning tinch hayotini, ularning o`ziga xos bo`lgan portretini rassomlar natyurmortda tasvirlaydilar.
Natyurmort - tasviriy san'atning bir janri yoki bu janrda ishlangan asardir. Tasvir ob'ekti hisoblangan kuyilmaning o`zi ham natyurmort hisoblanadi. U faqat jonsiz predmetlardagina emas, balki tabiat shakllaridan ham iborat bo`ladi. Shuning uchun ham ingliz tili mamlakatlarda qabul kilingan still life yoki nemischa stilleben nomi - "Tinch hayot" ma'nosini beradi.
Natyurmort san'ati janr sifatida Gollandiya XVII asr boshlarida kelib chikkan. Mashhur golland natyurmortlarida hayotning kuvonchlari ochib beriladi.
Ularni tamosha qilib turib real mevalar, baliklar, sharbatlarning ta'mini tuyasiz. Rassomlar juda oddiy buyumlarni tasvirlashgan, lekin ular go`zal va shoirona bo`lgan. Ba'zi rassomlar oddiyroq natyurmortlarni tasvirlashni yoktirishsa, ba'zilari ko`p predmetli natyurmortni chizishgan, boshqalari esa katta xolstlarga qushlar, baliqlar, gullarni chizishgan. (Gollandiyada P.Klaas, V.Xeda, Flandriyada F.Sneyders va boshqalar).
Natyurmortning asosiy motiviga odamlar, hayvonlar, qushlar va hashorotlar qo`shilgan.
Natyurmort janrida ijod qilgan frantsuz rassomi J.Shardenning asarlari kompozitsiyasining mustaqilligi va talabchanligi, koloritning nozikligi, insonparvarligi bilan ajralib turadi.
XIX asrda yashab turli janrlarda ijod etgan buyuk musavvirlar natyurmort ham ishlashgan. Ayniqsa postimpressionistlar ijodida buyumlar mavzusi asosiy mavzulardan biri bo`lgan. (P.Sezann, Van Gog).
XX asr boshlaridan natyurmort janriga turli stilistik yo`nalishlarda ijod qilgan rassomlar ham murojat qilishgan. Ular rang, shakl, faktura va fazoni turli uslubda ishlab ko`rib topishga xarakt qilishgan. Natyurmortlar realistik, dekorativ, kubizm manerasida ham ishlanishi mumkin.
Buyumlarning go`zal dunyosini tasvirlashga juda ko`p rassomlar qiziqishgan.
Rus rassomlaridan P.Konchalovskiy, M.Mashkov, R.Folk, K.Petrov-Vodkin, M.Saryan, Yu.Pimenov va boshqa rassomlarning yaratgan natyurmortlari buyumlarning bor go`zalligini ko`rsatibgina qolmasdan, balki inson dunyosi, uning fikri va hissiyotlarini ham ochib bera olgan. Har bir rassom bu murakkab vazifani hal qilish chun o`ziga xos bo`lgan tasviriy - ifodaviy vositalardan foydalangan. Ba'zi natyurmortlarda odamlar ham qatnashadi. Chunki natyurmortni ko`rgan kishida u yerda xuddi birov birov bo`lgan, lekin chiqib ketgan va xohlagan daqiqada kelib qolishi mumkindek taassurot qoldiradi. Masalan, Yu.Pimenovning "Ko`tish" (1959 y) natyurmortida trubkasi olinib stolga qo`yilgan telefon tasvirlangan, oynadagi yomg`ir tomchilari esa bu qutish daqiqalarini qayg`uli ekanligini bildirib turuvchi tanish tuyg`uni uyg`otadi. Shu rassomning "Aktrisa" nomli natyurmortida esa predmetlar orqali shu kasbning dunyosigina emas, balki shu buyumlar egasining xarakteri ham ochib beriladi.
Ba'zi bir natyurmortlarda esa buyumlar faqat o`zlari haqidagina gapirishadi, ya'ni o`zlarining shakli, rangi, fakturasining go`zalligini ta'kidlashadi.
Natyurmortlardagi buyumlar dunyosi ma'lum bir tarixiy davrning tashqi belgilarini aks ettiradi.



Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling