Bo`yoqning erib ketishi
Buning sababi pastki qatlam,yangi qatlam uchun ishlatilgan suyultirgich sababli erib ketadi. Suyultirgich pastki qatlam bo`yoqlariga nisbatan "Och" bo`lganligi uchun, u xuddi eritgich (rastvoritel) singari harakat qiladi.
Kartina yuzasini tozalash
Kartina yuzasini tozalash uchun quyidagi tarkibdagi emulsiya qo`llaniladi.
№0 p
|
Suv%
|
Pinen%
|
Spirt%
|
1
2
3
4
|
50
45
30
30
|
50
45
60
50
|
-
10
10
20
|
Agar spirt ko`p qo`shilsa lakni eritib yuborishi mumkin.Buni bilish uchun oldin kartinani ko`zga tashlanmaydigan joyida emulsiyani sinab ko`rish kerak bo`ladi.Buning uchun paxta tampon yoki dumaloq mo`yqalam ishlatiladi.
Lakni yo`qotish uchun 8:1 yoki 5:1 nisbatda pinenni etil spirt bilan aralashtirib artiladi.
Tayanch so`zlar
Pastasimon bo`yoqlar, qo`rg`oshinli bo`yoq , "Alla prima" usuli, plener, shpatel, yarimqoplovchi bo`yoqlar, lessirovka, ko`p qatlamli rangtasvir, nuqson, pigment, bog`lovchi, bo`yoqlarning xiralashishi, grunt, moylar, pinen, krakelyur, grunt, xolst, mexaniq yemirilish, deformatsiya.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Pastasimon bo`yoqlar haqida ma'lumot bering.
Pastasimon bo`yoqlar qanday qo`llaniladi?
Alla prima rangtasviri deganda nimani tushunasiz?
Shaffof, lessirovkalik xususiyatiga ega bo`lgan bo`yoqlarning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Lessirovka texnikasi haqida ma'lumot bering?
Ko`p qatlamli rangtasvir usuli haqida ma'lumot bering?
Rangtasvir asarlarida uchraydigan nuqsonlarga nimalar kiradi?
Rangtasvir asarida bo`yoqlarning xiralashishi qanday yuz beradi?
Krakelyurlar qanday paydo bo`ladi?
Rangtasvir asarida bo`yoqlarning qatlam bo`lib ajralib ketishiga asosiy sabab nima?
Rangtasvir asarlaridagi kelib chiqadigan nuqsonlarning oldini qanday qilib olish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |