збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги
Zarg`aldoq – qizil kadmiy, yorqin qizil, to`q
Download 430 Kb.
|
Rangtasvir matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kobalt bo`yoqlar
- To`q yashil kobalt
Zarg`aldoq – qizil kadmiy, yorqin qizil, to`q
qizil, (krasnыy purpurnыy) Pigment kerakli nisbatda olingan sulfid va selenid kadmiyning birikmasidan iborat. Qizil kadmiyning rangi va tusi undagi selenid kadmiyning miqdoriga bog`liq. Unda selenid kadmiy qancha ko`p bo`lsa, bo`yoqdagi qizil tus shuncha to`yingan bo`ladi; bo`yoqlar juda katta rang to`yinganligiga, yorqinlik va tozalikka ega. Qizil kadmiyning rangi kinovar rangiga yaqin. Bo`yoqlarning xarakterli xususiyatlari: a) ular qurigandan so`ng rangini o`zgartirmaydi,to`q va yorqin holda qoladi. b) mustahkam qoplovchiliq xususiyatiga ega. v) pinen va №2 suyultirgich aralashtirilsa rangi o`chadi. Bo`yoqlar yorug`likka chidamli. Zarg`aldoq va qizil kadmiy bo`yoqlar vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi. Qizil kadmiy 1912 yildan buyon ishlatiladi. Kobalt bo`yoqlar Sovuq tusli yorqin yashil kobalt, to`q yashil kobalt, ko`k kobalt, yorqin siyohrang kobalt, to`q siyohrang kobalt, ko`k spektral kobalt va tseruleum. Kobalt pigmentlarining kimyoviy tarkibi quyidagicha metall oqsidlarining birikmasidan iborat. To`q kobalt- kobalt gidroksid, rux oksidi va alyuminiy oksididan tashkil topgan. Sovuq tonli yorqin kobalt – shpinelidlarning qattiq eritmasidan tashkil topgan. To`q yashil kobalt – sal pal ko`kishroq jilva beruvchi bo`yoq. Yorqin yashil kobalt – shpinelsimon alyuminat kobaltning fosfat va rux tuzlarining aralashmasidan iborat. Siyohrang yorqin kobalt – ortofosfor kislotasining ikkalasi ammoniy-kobalt tuzlaridan iborat. Kobalt bo`yoqlarining rang va tuslari kobalt tuzlarining turli birikmalariga bog`liq bo`ladi. Masalan, yorqin siyohrang kobalt pushti siyohrangga ega, to`q siyohrang kobalt esa – to`q siyohrang bo`ladi. Spektral ko`k kobalt esa ultramarinni eslatadi, lekin juda jarangdor. Ko`k kobalt ikkita tusni bera oladi – yorqin va to`q tuslar . To`q yashil kobalt esa sovuq tusli kobaltlardan farq qiladi. Tseruleum – osmon rang bo`yoq. Kobalt bo`yoqlarining xarakterli xususiyatlari: a) lessirovkalik xususiyatiga ega. b) tez quruvchan bo`yoq; sikkativ xususiyatiga ega, boshqa bo`yoqlar bilan ham aralashtirilsa, ularni ham tez quritadi. v) qoplovchi bo`yoq; g) tseruleum boshqa kobalt bo`yoqlaridan farqli ravishda sun'iy yorug`likda rangini o`zgartirmaydi. d) kobalt bo`yoqlarning intensivligi o`rtacha. Yorqin siyohrang kobaltdan tashqari barcha kobalt bo`yoqlar yorug`likka chidamli. Kobalt bo`yoqlar vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi. To`q rangli kobalt 1859 yildan buyon ma'lum;yorqin kobalt – 1880 yilda ; yashil kobalt 1870 yilda kashf qilingan. XIX asrdan buyon qo`llanilib kelinadi. Download 430 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling