Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси гендер тенглиги комиссияси


Download 3.58 Mb.
bet68/78
Sana02.06.2024
Hajmi3.58 Mb.
#1840139
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78
Bog'liq
{28.09.2022. Халқаро

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:

  1. Мирзиёев Ш.М. эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент, Ўзбекистон, 2016. – 16 б.

  2. “ Хотин-қизлар ижтимоий-сиёсий фаоллигини ошириш – мамлакатимизда амалга оширилаётган ислохотларнинг муҳим омили”. – Тошкент, “Иқтисод-молия”, 2019.- 5 б.

  3. Эгамбердиева Т.А. Ўзбекистон давлат бошқаруви тизимида хотин-қизлар иштирокининг замонавий омиллари. Фарғона,2020. – 72 б.

  4. Ўзбекистон Республикаси Конституцияс. Тошкент, Ўзбекистон, 2017 – 17 б.

  5. https://xs.uz/uzkr/post.



JAMIYATIMIZDA XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY, SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH VA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASHNING FUNDAMENTAL CHORA TADBIRLARI


Burxonova Malohat Mamirovna
TATU Farg’ona filiali
burhonova88@mail.ru


Yurtimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini tashkil etadigan ayollar ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilmoqda. [1]
Xotin-qizlarning turli sohalarida faoliyat yuritishi va yuqori yutuqlarga erishishi uchun avvalo poydevorni mustahkamlash kerak. Shu orqali keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini olish yoki ularga osonlik bilan yechim topish mumkin.
Ma’lumki ayol bu - avvalo ona sifatida ta’riflanadi va uning qo’lida yurtimizning kelajagi tarbiya topadi. Shu sababli ham ayollarning jamiyatdagi o’rni muhim va qadrli bo’lishi kerak.
Yuqoridagi natijalarga maqsadli erishish uchun avvalo qizlarimizga ta’lim tarbiya berishda erta bolalikni rivojlantirish dasturini qo’llash orqali amalga oshirish mumkin. Bu dastur hozirgi kunda butun jahon miqyosida qo’llanilib, yuqori natijalarga erishilmoqda.
Erta bolalikni rivojlantirish masalasi bo’yicha Yaponiyalik muhandis va tadbirkor Masaru Ibukaning “Uchdan keyin kech” asarida juda qimmatli tavsiyalar va hayotiy misolar keltirilgan.
Misol tariqasida Masaru Ibuka o’z asarida: “Eng yaqqol misol “bo'ri qizlar” tarixi bo'lib, ular 1920-yilda Kalkutta (Hindiston)dan janubi-g'arbiy tomondagi g'ordan missioner va uning xotini tomonidan topilgan opa-singil Amala va Kamaladir. Er-xotin bo`rilar tarbiya qilgan qizlarga insoniy sifatlarni singdirish uchun qancha urinishmasin, barcha harakatlari behuda bo'ldi. O'z-o'zidan ayonki, odam bo'lib tug'ilgan chaqaloq — odam, bo'rining bolasi esa bo'ridir. Biroq bu qizlarda insoniy shart-sharoitlarda ham bo'riga xos qiliqlar namoyon bo'lishda davom etaverdi. Demak, chaqaloq tug'ilishi bilan uni o'rab olgan atrof-muhit va ta'lim-tarbiya uning kim bo'lib yetishishini aniq belgilab beradi!” [2. – B. 6]
Bolalarga nima sababdan uch yoshgacha ta’lim va tarbiya berishni rivojlantirish kerakligi haqida so’z borar ekan, Masaru Ibuka o’z asarida : “Erta ta'lim berish degani chaqaloqlarni raqamlar va har xil ma'lumotlar bilan majburan aqliy rivojlantirishga erishish degani emas, albatta. Asosiysi, hamma tajriba va ta'lim usullarini “o'z vaqtida” joriy etishdir. Buni esa chaqaloqqa tun-u kun g'amxo'rlik qiladigan onadan boshqa hech kim uddalay olmaydi, aynan ona bola tarbiyasidagi “kerakli vaqt”ni aniq his qiladi.” [2. – B. 7]
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki onaday boshqa hech kim farzandiga g’amxorlik qila olmaydi. Shu sababli malakali va yetuk kadrlarni yetishtirishdagi fundamental tarbiyani onalarimiz beradi.
Shunday fikrlar va tajribalarga asoslanib Masaru Ibuka 1969- yilda “Yaponiya erta rivojlanish uyushmasini” tashkil qilishga kirishgan va sezilarli natijalarga erisha boshlaganlar. Hozirgi kunga kelib esa Yaponiya dunyo bo’yicha ta’lim sifati bo’yicha ikkinchi o’rinni egallab kelmoqda.
Shimoliy Afrikalik siyosatchi Nelson Mandela aytganidek, "Ta'lim - dunyoni o'zgartirish uchun eng kuchli qurol". Er yuzidagi har bir mamlakat o'z ta'lim tizimiga ega, lekin ularning hammasi ham bir xil darajada samarali va bolalarda zarur ko'nikma va ko'nikmalarni tarbiyalashga qodir emas.
Bizning yurtimizda ham mustaqillik yillarida ta’lim va tarbiyaga alohida e’tibor qarata boshlandi. Turli ta’lim muassasalari qurila boshlandi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari qayta ta’mirlanib, malakali kadrlar faoliyat yurita boshladilar. Albatta judda katta o’zgarishlar yuz berdi, ammo bundan ham yuqori va sifatli natijaga erishish uchun biz ham erta bolalikni rivojlantirish dasturini hayotga tadbiq qilishimiz zarur.
World Bank Blogs tashkiloti tomonidan qizlarning ta'limi, ko'nikmalari va ish istiqbollarini yaxshilash uchun besh qadam dasturi hayotga tadbiq qilinmoqda.
Dasturga ko’ra birinchi qadam, qizlarga erta bolalikni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishdir. Erta yoshda yuzaga kelgan kamchiliklarni tuzatish qiyin, ammo samarali erta bolalikni rivojlantirish dasturlari bunday kamchiliklardan qochishi va shu bilan yuqori natija keltirishi mumkin. Erta bolalikni rivojlantirish dasturlari texnik va xulq-atvor ko'nikmalarini rivojlantiradi, bu esa keyinchalik hayotda yuqori ko'rsatkichlarga erishishga yordam beradi. [3]
Prizidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2022- yil 3-martdagi PF-87-sonli “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida biz ayollarga juda katta imkoniyatlar va rag’batlar berildi.
Misol tariqasida 2022-yil 1-sentabrga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida ro‘yxatini shakllantirsin hamda 2022-yil 1-oktabrga qadar kontrakt to‘lovlarini qoplab berish masalasi juda katta imkoniyat yaratdi. Sababi bilimi va saviyasi yuqori talaba qizlar va ayollar imkoniyati yo’qligi sababli o’qishlarini davom ettira olmas edilar. Endilikda esa davom ettirishlari va kelajakda yetuk va to’laqonli kadrlar bo’lib yetishishadilar.[1]
Bundan tashqari oliy ma’lumotga ega bo’lmagan yoki o’qish imkoniyati yo’q xotin-qizlarni kasbga yo’naltirish, shu bilan ularni bandligi ta’minlash masalasi ham keng ko’lamda ko’rib chiqilgan va “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga asosan 2022-yilda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadigan hamda ularning muammolari bilan shug‘ullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlariga 17,1 milliard so‘m miqdoridagi grant mablag‘lari ajratildi.[4]
Bu imkoniyatlar va rag’batlar ortida xotin-qizlarni hayotini, faoliyatni yaxshilash, ularga farzandlarini tarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratib berish kabi juda ham ko’p maqsadlar ko’zlangan. Umumiy qilib olganda ayollarni ijtimoiy, iqtisodiy,siyosiy va ma’naviy qo’llab quvvatlash uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
So’z so’ngida bu maqsadlarni kelajakda to’laqonli amalga oshishi uchun qizlarimizi tu’g’ilishi bilan ularni hayotga tayyorlab borishimiz, o’z vaqtida ularga mehr-muhabbat berib o’stirishimiz va oilada ularni to’laqonli oila a’zosi sifatida shakllantirishimiz juda muhimdir. Zero sog’lom muhitda tarbiya topayotgan yoshlardan kelajakda yetuk kadrlar, asosiysi vatanparvar insonlar yetishib chiqishi mumkin.



Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling