Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон Республикаси маданият вазирлиги


Download 109.18 Kb.
bet8/13
Sana14.12.2022
Hajmi109.18 Kb.
#1006888
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6. Оқила Сегоҳ 1 гурух шўъбалари

ЧОЛҒУ БЎЛИМИ

  1. Таснифи Сегоҳ

  2. Таржеи Сегоҳ

  3. Хафифи Сегоҳ

  4. Гардуни Сегоҳ

  5. Мухаммаси Сегоҳ

  6. Мухаммаси Ажам

  7. Мухаммаси Мирзо Хаким

  8. Сақили Баста Нигор

АШУЛА БЎЛИМИ
Биринчи гурух шўъбалари:

  1. Сарахбори Сегоҳ Тарона 1,2,3,4,5,6,7

  2. Талқини Сегоҳ Тарона

  3. Насри Сегоҳ. Тарона

  4. Наврўзи Хоро. Тарона 1,2,3

  5. Наврўзи Ажам. Тарона

  6. Уфари Сегоҳ. Супориш

Иккинчи гурух шўъбалари:

  1. Муғулчаи Сегоҳ шахобчалари:

Талқинчаи Муғулчаи Сегоҳ Каримкулибеги. Қашқарча, Соқийнома, Уфар

  1. Сегоҳ мақоми асосида яратилган куй ва оҳанглар:

Мушкулоти Сегоҳ ва Уфар, Патнисаки Сегоҳ, Сайкал, Наврўзи Ажам ва тароналари, Уфари Ажам, Гиря I, II.
Жами: 45 ижро

II. БОБ. ИЖРО ДАСТУРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ВА ТАНЛАНГАН АСАРЛАРНИНГ ТАВСИФИ



    1. Shashmaqom birinchi guruh sho’balari haqida

Shashmaqomning Nasr, yani birinhi gurux sho`balari yirik turkum bo`lib, tarkibiga oltita kichik turkumlarni qamrab olgan. Uning tarkibiga asason Saraxborlar, Talqin, Nasr va Ufar kabi sho`balar kiradi. Dastlab Saraxborlar taronalari bilan ijro etilib, keying sho`balar va ularning taronalari aytiladi. Ashula bo`lmidagi bu sho`balarning biridan keyingisiga o`tishda uzulib bo`lmasligi uchun “Suporish” deb ataladigan kichik shakldagi ashula qisimlaridan foydalaniladi.


Bastakorlik an’analari qadimdan boshlab davom etib kelmoqda. Temuriylar, ayniqsa Navoiy davrida, keyinchalik XVI va XVII asrlarda bastakorlik san’ati yuksak darajada bo’ganligi qo’lyozma manbalarida ma’lum. Xozirgi kunda ham talaygina san’atkorlarimiz bastakorlik an’analarini davom ettirib, ajoyib kuy va ashullalar yaratmoqdalar. Shashmaqom o’tmishdagi bastakorlik an’analaring maxsuli sifatida, maqomchilikdagi boy tajribaga asoslangan holda yuzaga kelgan. Keyingi ikki asrdan ko’proq o’tgan davr ichida bir sozanda-xonandadan ikkinchisiga og’zaki tarzda o’tishi jarayonida, Shashmaqaom tobora katta o’zgarishlarga uchradi va bizgacha yetib keldi. Bu narsa XIX asrda tuzilgan Shashmaqom she’riy to’plamlarida berilgan maqom va sho’balar nomini she’r o’lchovlarini hozirgi maqom qismlari bilan solishtirilsa, yaqol seziladi.
Shashmaqom o’zbek xalqi musiqasida juda katta o’rin tutadi. Bu maqom turkimi cholg’u va ashula yo’llarida milliy musiqaning boy ohanglari, ritmik xususiyatlari, doira usullari, kuylarga she’r matnlarni moslab tushura bilish qoidalari bilan bog’liq qator jixatlar mujassamlangan, xalq musiqa asarlarining qaysi birini olib qaramang ular u yoki bu maqom, yoki uning sho’ba pardasi, kuy tuzilishi doira usuliga o’xshashligini bilib olish qiyin emas. Keyingi kuzatuvlar Shashmaqom xalq musiqa merosining asosini tashkil etadi deyishga imkon beradi. U 250 ga yaqin cholg’u va ashula yo’llarini o’z ichiga oladi. Ular asosida yaratilgan yuzlab xalq kuy va ashula namunalari , sunray yo’llari xisobga olinsa, maqomlarning xalq musiqasida tutgan mavqei naqadar keng ekanini yanas bir bor bilib olish mumkin. Shashmaqom tarkibidagi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlarining har biri yirik shakildagi turkimli asarlar bo’lib, 20 tadan 45 tagacha katta va kichik shakildagi maqom yo’llarini o’z ichiga oladi. Maqomlarning har biri “Mushkilot” hamda “Nasr” nomlin ashula bo’limlardan iborat. Shashmaqom shula bo’limlari 200 dan ortiq turli shakildagi shulalarni o’z ichiga oladi. Lekin ularning asosida yartilgan 100 ajoyib kuy va ashula variantlari mavjud. Shashmaqomning ashula bo’limlari anchagina murakkab shakildagi sho’balardan tarkib topgan. Ular maqomlarning cholg’u bo’limidagi qismlari birin ketin ijro etilgandan keyin turkum tarzda aytiladi. Ashula bo’limlarida tuzilish jixatidan bir biridan ajralib turadigan ikki xil sho’balar guruhi mavjud. Bulardan birinchisiga Sarahbor, Talqin, Nasr kabi sho’balar va Ufor qismi, ikkinchisiga esa asosan Savt-mo’g’ilcha shaklida tuzilgan sho’balar kiradi. Olti maqomdagi nomdosh sho’balar kuy-ohanglari jixatidan har xil bo’lsada ularning doira usullari va ashulaga tushirib aytiladigan vazn o’lchovlari bir xildir.
Shashmaqom ashula bo’limidagi sho’balarning yuzaga kelishida XV- asrda kuchaygan va hozirgi kungacha ham davom etib kelayotgan bastakorlik san’ati an’analari xal etuvchi ahamiyat kasb etadi. Maqomlar ashula bo’limining tarkibiy qismining tashkil etgan va bastakorlik an’anasining taraqiyotida muhim o’rin tutgan namudlar masalasiga bu o’rinda alohida to’xtab olish lozim. Hozirgi kungacha umuman o’rganilmagan bu masala ustida mufassalroq tushunchaga ega bo’lmay turib, maqomlar sho’balarning tuzilishini tasovvur etish mumkin emas. Namudlar XV-XVII asr musiqa risolalarida shrax etilgan kuy shakllari va osha davrdagi bastakorlik an’anasining bizgacha yetib kelgan birdan-bir jonli namunasidir. Ishoq Rajabov “Maqomlar” kitobida yozishicha “Qadimiy musiqa risollarida keltirilgan xona bozgo’y, savt, amal tushunchalarining bizning kunda aniq tasovvur etish mumkin bo’lgan ma’lum variantlaridan biri – namudlar masalasidir” deb ta’kidlaydi. Shuning uchun ham maqomlarning ashula bo’limini tashkil etgan asosiy sho’balari bilan tanishib chiqishdan avval, namudlar masalasiga to’xtalib o’tamiz.
Maqomlar ashula bo’limidagi bu sho’balarning birinchisidan ikkinchisiga o’tishda uzilish bo’lmasligi uchun “Suporish” deb ataladigan kichik shakldagi ashula qismlaridan foydalaniladi.
Suporish – topshirish demakdir. Bunda ma’lum maqom sho’basining ashula yo’li, xarakati ikkichi sho’ba yo’liga topshiriladi,ya’ni ikkinchi sho’baga o’tiladi. Suporish Saraxbor taronalaridan Talqinlarga Talqin taronalaridan Nasrlarga va ulardan Ufarlargao’tishda vosita bo’ladi. Suporishlarning yana bir vazifasi – maqom sho’balarning xotimasi, yakunlovchi qismi bo’lib ham xizmat etadi (Taronalarning) odatda yakunlovchi melodik tuzilmalari bo’lmaydi. Ular ko’pincha qandaydir bir tugallanmagan shaklda qoladi. Shuning uchun ham Suporishlarga extiyoj tug’iladi. Masalan, ma’lum bir sho’ba ijro etilib, taronalarga o’tilsa, ohirida Suporish bilan tushiriladi. Taronalarda esa, odatda ashula yo’llari sifatida muzika temasini tugallay olmagani uchun qandaydir xulosga yasashga extiyoj tug’iladi. Shunda Suporishlar “xulosalar” uchun xizmat etuvchi ashula yo’llari bo’lib keladi. Suporishlar ko’pincha maqom sho’balarining o’zidagi ma’lum melodik qurilmalaridan olinib, u yoki bu sho’bani xulosalash bilan birga maqom ashula yo’llarining biridan ikkinchisiga ravon o’tishini ham ta’minlaydi. Ba’zan esa bunday suporishlar taronalar deb ham hisoblanaveradi.
Maqomlarning birinchi qismidagi sho’balari – Saraxborlar, Talqinlar, Nasrlar va ularning taronalari hamda Ufarlar birin-ketin ijro etiladi. Dastlab Saraxborlar taronalari bilan ijro etilib, Talqinlarga va ularning taronalariga o’tiladi. Keyin Naasr yo’llari taronalari bilan o’qilib, Ufarlar ijro etiladi. Shu bilan oxirgi suporish orqali Shashmaqom ashula bo’limining birinchi qismi tugallanadi.



    1. Download 109.18 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling