Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги жиззах давлат педагогика институти республика илмий – амалий конференциясига хуш келибсиз


Download 1.4 Mb.
bet3/4
Sana08.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1464339
1   2   3   4
Bog'liq
pedagogika nazariyasi tarixi

Oliy ta’limdan keyingi ta;lim

  • Oliv o'quv yurtidan keyingi ta'lim jamivatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim — kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad'yunktura va doktoranturada ta'lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo'lish huququni beradi .

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

  • Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e'tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko'nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo'nalishda faoliyat yurituvchi ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o'qish natijalariga ko'ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo'ladilar.

Maktabdan tashqari ta’lim

  • Maktabdan tashqari ta'lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda yo'lga qo'yilib, bolalar hamda o'smirlarning taiimga bo'lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.
  • Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling