¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
G+G
p
p
bu erda G-quduq xususiy og’irligi G p - quduq beriluvchi qo’shimcha kuchlanish;
K
- 1,15 botirilishidagi ish sharoitini hisobga oluvchi koeffitsienti. «Tushiriladigan quduqlar» massiv yoki yupqa devorli bo’lishi mumkin. Massiv quduqlar chuqur qo’yiluvchi poydevorlarni barpo qilishda ko’p qo’llaniladi. YUpqa devorli quduqlar xo’jalik maqsadida qo’llaniluvchi er ostida joylashgan bino va inshootlarni barpo qilishda qo’llaniladi. Massiv quduqlar gravitatsion yo’l bilan o’rnatilib, o’z og’irligi ta’sirida botiriladi. YUpqa devorli quduqlar tiksotrop ko’ylakda yoki bosish usuli bilan botiriladi. «Tushiriladigan quduq»lar yaxlit, yig’ma va yig’ma-yaxlit temir-betondan barpo qilinadi. «Tushiriladigan quduq»larni barpo etish ishlari quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- qurilish maydonini va botirish moslamalarini tayyorlash; - quduq devorini qurish; - gruntni kovlash va quduqni botirma; - quduq yonlarini beton bilan to’ldirish yoki asosini qurish. «Tushiriladigan quduq»ni botirish ishlari boshlanguncha tayyorgarlik ishlari bajariladi. Bunga kirish handaqini qurish kiradi. Handaq osti er osti suvlari sathidan 0,5-1m yuqorida joylashishi kerak. «Tushiriladigan quduq»ning asosiy o’qlari joyda ixotalar yordamida mahkamlanadi. Inshootning har to’rt tomoniga ikkitadan ixota o’rnatiladi. Ixota grunt to’kilish zonasidan tashqarida o’rnatilishi kerak. Betonlash yoki montaj ishlari boshlanmasdan oldin quduq birinchi yarusidan grunt yuzasiga beriladigan bosimni kamaytirish yoki teng taqsimlash maqsadida quduq pichoqli qismi ostiga qum shag’alli prizma, yog’och yoki temir-beton taglik, temir-beton yaxlit yoki yig’ma halqa ko’rinishida vaqtinchalik asos tayyorlanadi (3.3.-rasm). Taglik uzunligi tushiriluvchi quduq devori qalinligi v d ga bog’liq bo’ladi: l Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling