§1.8.Qoziq o’rnatish ishlarini majmuali mexanizatsiyalash
sxemalarini tanlash uslubi.
Qoziq o’rnatish ishlarini mexanizatsiyalashgan texnologiyasini ishlab
chiqishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilish kerak:
1. Berilganlarni aniqlash (tabiiy iqlim, muhandislik-geologik va sotsial-
iqtisodiy omillar). Ob’ekt nol davridagi omillar tavsifi.
2. Qurilish amallarini va poydevor qurish usulini tanlash.
3. Qoziqli poydevor turini va konstruktiv tavsifini aniqlash.
4. Qoziq qurish ishlarini texnologik jamlanmalarni variantlarini texnikaviy-
iqtisodiy taqqoslash.
5. Qoziq qurish ishlari samarador texnologiyasini tanlash. Qoziq qurish
usullarini va texnologik operatsiyalar tarkibini o’rnatish.
6. Qoziq qurish ishlarini bajarish uchun mashinalar manzilgohi bor
bo’lgan mexanizatsiya moslamalarini guruhlar bo’yicha tanlash to’qmoqlar, kran-
ekskavatorlar, yuklagichlar, qoziq qoquvchi to’qmoqlar va yuklagichlar, burg’ilash
qurilmasi, beton aralashtirgich, beton yoygich va betononasoslar, zichlagichlar va
titratib zichlovchilar, qoziqlarni kesish va yordamchi ishlar uchun mashinalar,
texnologik uskuna (konduktorlar, kallaklar) qoziqni sinovchi qurilmalar.
7. Jamlanmadan mashinalarni texnologik to’g’ri kelishi va ishonchligini
tekshirish;
8. Qoziq qurish ishlari uchun me’yoriy jamlanmalarini tanlash;
9. Qurilish jarayonlarini majmuali mexanizatsiyalash, qoziq qurish ishlari
texnologiyasi va mexanizatsiyasi texnologik sxemalari variantlash;
10. Qoziq qurish ishlarini bajarish uchun tanlangan variantini texnikaviy
iqtisodiy jihatdan asoslash;
11. Qoziq qurish ishlarini bajarish uchun texnologik jarayonlarni majmuali
mexanizatsiyalashni hisobga olgan holda texnologik harakatlar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |