¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana09.01.2022
Hajmi1.27 Mb.
#260354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 

 

 

 

§1.11. Quyma va burab quyiladigan qoziqlar  

   texnologiyasining yaxshi tomonlari  

    va kamchiliklar 

Quyma  qoziqlarning  turlarining  ko’pligi,  ularni  qurish  usullari  bilan  ajralib 

turadi:  ya’ni  quduqlarni  qurish,  beton  qorishmasini  joylashtirish  va  zichlash 

quduqlar burg’ilash, zarbali, titrama, shnekli va so’ruvchi uskunalar bilan quriladi. 

Quduq  devorlarini  grunt buzilishidan mustahkamlash qoqib, bosib, titratib yuklab 

yoki  burab  o’rnatilgan  tushiriluvchi  quvurlar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Beton 

qorishmasini  zichlab  yoki  zichlamasdan  ko’ndalang  burash,  ko’tarib,  tushirib, 

pnevmatik  bosib  chuqurlik  vibratorlari  bilan  titratish  yo’li  bilan  tushiriladigan 

quvurlar orqali bajariladi.  

Burab quyiladigan qoziqlarning ijobiy tomonlariga quyidagilar kiradi: 

- er va beton ishlari hajmini qisqarishi: 

- mexanizmlar va transportga bo’lgan talabni qisqarishi; 

- umumiy va notekis cho’kishlarni kamayishi hisobiga inshoot ishonchliligini 

oshishi: 

- ishlarni tez bajarilishiga va sifatiga qish davrini ta’siri kamligi: 

-  katta  chuqurligida  joylashgan  mustahkam  gruntlarni,  asos  sifatida  qo’llash 

mumkinligi: 

- bir qoziqqa katta diapazondagi yuklarni uzatish mumkinligi: 

-  katta  diametrli  qoziqlarni  qurish  mumkinligi  (qoqiladigan  qoziqlarga 

qaraganda),  bu  holat  ularni  gorizontal  yuklar  ta’siriga  ishlashini  sezilarli 

yaxshilaydi: 

-  qoziqlarni  armaturalamasdan  qurish  mumkinligi,  bu  metall  va  betondan 

katta iqtisod qilishga olib keladi: 



- ishlarni bajarish jarayonida tebranish va silkinishlarning yo’qligi. 

  Quyma va burab quyilgan qoziqlarning kamchiliklari quyidagilar: 

-  qo’l  mehnatining  ko’pligi  va  ustuvor  bo’lmagan  gruntlarda  ularni  qurish 

texnologiyasining murakkabligi: 

-  qoziqni  tayyorlash  jarayonida  qoziq  atrofidagi  grunt  zichlanmaganligi 

hisobiga qoqiladigan qoziqlarga qaraganda beton sarfining ko’pligi: 

- qoziqni tayyorlashda nazorat qilishning murakkabligi: 

-  bir  xil  grunt  sharoitidagi  bir  xil  o’lchamdagi  qoziqlarning  yuk  ko’tarishi 

qobiliyatlarining turli tumanligi (20-Z0% gacha), bu holatda qoziqlarni loyihalash 

jarayonida  hisobiy  yuklarni  aniq  hisoblab  bo’lmasligini  va  quyma  qoziqli 

poydevorlarning yuk ko’tarish qobiliyatini oldindan aytishni qiyinlashtiradi.  

  Qoziq  qurish  ishlarini  bajarishning  oqilona  texnologiyasini    tanlashda 

qurilish  maydonining  haqiqiy  sharoitidan  kelib  chiqish  kerak.  Texnologik  echim 

tanlash algoritmining blok-sxemasi 9-rasmda keltirilgan.    

 2-Bob. QOZIQLI POYDEVORLARNI BARPO                                ETILISHINI 

NAZORAT QILISH VA                                    BOSHQARISH. 




Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling