«Tushiriladigan quduqlar» chuqur qo’yiluvchi poydevorlarni va turli xildagi er
ostida joylashgan inshootlar (nasos stansiyalar, garajlar, vagon tushiriladigan joylar,
ko’prik tayanchlari va h.k.)ni barpo qilishda qo’llaniladi.
«Tushiriladigan quduqlar»ning rejadagi shakli doira, ellips, to’g’ri to’rtburchak
bo’ladi, vertikal bo’yicha silindr va prizmasimon, konussimon va zinasimon
shakllarda bo’ladi. Quduqning ostki qismiga pichoq o’rnatilgan. Pichoq kesuvchi
milki po’lat burchak yoki list bilan pardozlangan.
«Tushiriladigan quduq»ning mohiyati shundan iboratki, oldin konstruksiya er
yuzasida o’rnatiladi yoki betonlanadi, keyin uning ichidagi grunt markazdan
pichoqqa tomon kovlanadi. Quduq qobig’i pichoq yordamida grunt qarshiligini
yo’qotib, o’z og’irligi bilan tusha boshlaydi. Bunda qolib ketgan grunt pichoq bilan
kesilib quduq ichiga yig’iladi.
Tushiriladigan quduqni gruntga botirish grunt bilan quduq orasidagi
ishqalanish o’z og’irligi bilan yoki quduqqa qo’shimcha yuklanish berish hisobiga
amalga oshiriladi.
Quduqni yaxshi o’rnatilishini amalga oshirish uchun quyidagi shart bajarilishi
kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: