Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус
Kelajakning bugunga ta’siri deganda, ob’ektning kelgusi rivojlanish
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv
Kelajakning bugunga ta’siri deganda, ob’ektning kelgusi rivojlanish
istiqbolini va yuqori samaradorlikka erishishini ko‘zlab bugun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar qiladigan harakatlar majmui tushuniladi. Yuqorida keltirilgan tavsiyalardan ko‘rinib turibdiki, sinergetik samaraga erishish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning individual harakatiga asoslangan faoliyatiga nisbatan birgalikda faoliyat olib borishi samaraliroqdir. Agar ularning har biri yakka tartibda faoliyat ko‘rsatganda edi, ular o‘zaro raqobat sharoitida ma’lum bir qismi, inqirozga uchrab bankrot bo‘lishi mumkin edi. Ushbu holat
70 bozor munosabatlari tamoyillariga o‘zimizga xos tarzda yondoshish zaruratini tug‘diradi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yakka tartibda faoliyat ko‘rsatishiga ko‘ra hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun tegishli tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish va ulardan amaliyotda keng foydalanish tadbirlarini yo‘lga qo‘yishga erishish lozimligini taqozo qiladi. Bunday ishni muvofiqlashtirish masalasini hozirgi paytlarda tajriba tariqasida bevosita mahalliy hokimiyatlar rahbarligida savdo-sanoat palatasi va boshqa uyushmalar (xoldinglar shaklida) tomonidan amalga oshirish, agar u haqiqiy sinergetik samara bersa, uni mamlakat miqyosida joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiyotimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashgan holda
rivojlanishi kelajakda yanada kuchayib va chuqurlashib borishi ma’lum darajada raqobat muhitining shakllanishini va takomillashib borishini taqozo qiladi. Bu esa har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshligini ta’minlash zaruratini vujudga keltiradi. Bizning iqtisodiyotimizda raqobatning saqlanib qolishi bilan birgalikda hamkorlikda faoliyat ko‘rsatshi ham muttasil rivojlanib boraverishi hozirgi sinergetik samara va yuqori sinergetik samaradorlikka erishishining asosiy yo‘llaridan biriga aylanadi. Bulardan xulosa, “sinergetika” so‘ziga o‘zimizga mos ravishda, unga mazmuni jihatidan qaraydigan bo‘lsak, “hamkorlik” yoki “birlashtirish”, deb atash mumkin. Bularning hozirgi mavjud shakllari: turli uyushma, kooperatsiya, birlashma, assotsiatsiya, xolding kabilarda namoyon bo‘lmoqda. Birorta samaraga erishishda, uni tez va soz bajarishda kuchlarni birlashtirishning bir martalik jarayoni, bizda qadimdan, hashar shaklida qo‘llanilib kelinganini hozir ham ko‘rish mumkin. Bunday ishlar qadriyatlarimizning tiklanishida ham katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ko‘rinib turibdiki, sinergetika bizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning ajralmas qismi sifatida qadrlanib kelingan va kelajakda ham ushbu hamkorlik sinergetik samaraga erishishning yo‘llaridan biri sifatida saqlanib qoladi.
71 Shuningdek, mahsulotlarni saqlash va sotish jarayonida sinergetik samara va sinergetik samaradorlik usullaridan foydalanish masalalari ham muhimligidan kelib chiqib, bu borada tegishli tajribalar o‘tkazildi.
Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling