Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/53
Sana05.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#232681
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
kichik bisnesning rivojlanish imkoniyatlariga tizimli yondashuv

 

 

 

 

 

                                       

24

 Статистическое обозрение Республики Узбекистан за 2006 год. Государственнқй Комитет Республики



 

Узбекистан 

по статистике. Ташкент-2014, с 38.

 



 

 

 



 

 

 



 

 

80 



XULOSA VA TAKLIFLAR 

 

 

Tadqiqot  ishida  kichik  bisnesning  rivojlanish  imkoniyatlariga  tizimli 



yondashuvini nazariy va amaliy jixatdan tadqiq qilib quyidagi xulosalarga kelindi: 

1.  Kichik  biznesning  asosiy  xususiyati  bo‘lgan  tadbirkorlik  faoliyati  xavf-xatar, 

noaniqlik,  nobarqarorlik  va  ochiqlik  kabi  tushunchalarni  o‘zida  ifoda  etishi 

xamda  kichik  biznesni  qo‘llab  –  quvvatlash  tizimi  ko‘plab  elementlardan 

tashkil  topganligi,  doimiy  o‘zgarish  hamda  dinamikadagi  murakkab  tizim 

ekanligi  uni  sinergetik  yondashuv  yordamida  tahlil  qilish  iqtisodiy  samaraga 

erishishga imkon beradi. 

2.  Sinergetik  yondashuv  jihatdan,  kichik  biznes  bu  muayan  davlat  va  tarmoqga 

xos  mezonlar  orqali  aniqlanadigan,  murakkab,  dinamik  holatda  bo‘lgan 

iqtisodiy  tizim  bo‘lib,  tovar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarish,  almashinuv, 

taqsimlash  va  iste’mol  qilish  jarayonlarini  qamrab  oladi.  Ushbu  jarayonlar 

maksimal  iqtisodiy  samara  olish  maqsadida  shaxsiy,  tashkiliy,  tizimli 

yangilanish    va  yangi  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  hamda  amaldagi 

korxonalarni rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalarni yaratish orqali o‘zini – o‘zi 

tashkil etish va rivojlantirish jarayonlaridan iborat. 

Bitiruv  ishida  kichik  biznesni  qo‘llab  –  quvvatlash  tizimini 

takomillashtirishga  qaratilgan  quyidagi  ilmiy  taklif  va  amaliy  tavsiyalar 

ishlab chiqildi: 

1.  Cinergetik  yondashuv  asosida  kichik  biznesni  qo‘llab-quvvatlash  tizimini 

rivojlantirishga  qaratilgan  barcha  choralar  va  mexanizmlar  amalga  oshirilganda 

kichik biznesning o‘zini – o‘zi tashkil etish mexanizmi ishga tushishi lozim, unga 

erishish  uchun  kichik  biznesni  qo‘llab  –  quvvatlash  choaralari  tizimliligi  va 

kompleksliligi  hamda  qo‘llab-quvvatlash  tizimi  komponentlarning  uzaro 

boglikligini  ta’minlash;  daviat  tomonidan  amalga  oshiriladigan  qo’llab-

quvvatlash  siyosati  mamlakatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  xayotida  ro’y  beradigan 

o’zgarishlarga mos bo’lishi mazkur choralar o’z vaqtida bajarilishi; interaktivlikni 




 

 

 



 

 

 



 

 

81 



ta’minlash;  ya’ni  kichik  biznesni  rivojlantirish  jarayonlarini  bozor  signallari  va 

qo’llab-quvvatlash tizimiga mos keladigan o’zgarishlar kompleksi tizimi sifatida 

qabul qilinishi; kichik biznes sub’ektlari boshqaruv tizimining boshqa elementlari 

bilan ham aloqa o’rnatishlari; davlat kichik biznesni qo’llab-quvvatlashni amalga 

oshirganida  rivojlanishning  yangi  pog’onasiga  olib  chiquvchi  iqtisodiy 

sub’ektlarga tayanishi lozim. 

2.    Kichik biznes sub’ektlarini moliyalashtirishini takomillashtirish uchun moliyaviy 

resurslarni  cheklangan  tadbirkorlik  loyixalarini  moliyalashtirishga  emas,  balki, 

hududdagi  ijtimoiy  iqtisodiy  holatni  yaxshilashga  qodir  bo‘lgan  yo‘nalishlarga 

ajratish,  multiplikatsiya  va  sinergetika  tamoyillariga  rioya  etgan  holda,  kuchli 

saloxiyatga  ega  bo‘lgan,  prinsipial  jixatdan  yangi  faoliyat  turlariga  o‘tish, 

moliyaviy qo‘llab-quvvatlash institutlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 

3.    Respublikamizda  axolining  60  foizdan  kuproq  qismi  qishloqlarda  istiqomat 

qilishini  xisobga  olib,  axoli  bandligini  oshirish  uchun  kuproq  e’tiborni  qishloq 

mexnat resurslarini ish bilan ta’minlashga qaratish lozim.  

4.    Respublikamizda  axoli  bandligi  va  farovonligini  yuksaltirishning  asosiy 

yunalishlaridan  biri  xizmat  sohalarini  rivojlantirishdir.  Bu  bo’yicha  quyidagi 

amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: 

  Respublikamizning  shahar  va  qishloqlarida  xizmat  sohalarida  tadbirkorlik 

faoliyatining  mahaliy,  an-a’naviy  va  shaharbop  ko’rinishlarini  tiklash  va 

rag’batlantirish  maqsadida  xotin  –  qizlar  va  onalarning  obro’  –  e’tiborini 

oshirish, ularga g’amxo’rlik qilish borasida davlat dasturlarini ishlab chiqish 

lozim.  Ularning  oilalar  ijtimoiy-iqtisodiy  farovonligini  ta’minlashdagi 

beqiyos  ulushini  hisobga  olib,  ularning  tadbirkorlik  faoliyatlarini 

rivojlantirish  borasida  to’g’ridan  to’g’ri  moliyalashtirish  vositalaridan  va 

qo’shimcha  imtiyozlar  berish  maqsadga  muvofiqdir.  Xususan,  oilalarining 

kreditlar  olish  imkoniyatlarini  kengaytirish  va  yosh  oilalarga  uy-joy  sotib 

olish va iste’mol kreditlari salmog’ini yanada kengaytirish zarur.  




 

 

 



 

 

 



 

 

82 



  Uzoq  va  olis  tumanlarda,  borish  qiyin  va  ish  topishga  talab  haddan  ortiq 

ko’p bo’lgan  qishloq  punktlari  aholisiga har qanday  xizmat  ko’rsatayotgan 

tadbirkorlarga  1–3  yilgacha  soliqlarning  bir  qismidan  ozod  qilish.  Bu  esa 

tadbirkorlarning  o’z  aylanma  mablag’larini  kengaytirishga  imkon  beradi. 

Soliqdan  imtiyozlar  berish  hozirgi  davrda  juda  muximdir.  Chunki, 

ko’pchilik  tadbirkorlar  bozor  qonuniyatlariga  yetarlicha  ko’nikma  hosil 

qilmaganlar. Bu holat, albatta tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Shu  sababli,  tadbirkorlik  bilan  shug’ullanuvchi  oilalarga  soliq  stavkasini 

pasaytirish  hamda,  byudjetdan  tashqari  jamg’armalarga  to’lanadigan 

majburiy ajratmalarni kamaytirish maqsadga muvofiqdir. 

  xizmat  turlarini  kengaytirish,  ayrim  bugungi  kun  talabiga  javob  beradigan, 

ammo  unitilib  ketilgan  xizmat  turlarini  izlab  topish  va  ularni  tiklashni 

rag’batlantirish  maqsadida,  milliy  hunarmandchilikni  rivojlantirish 

yo’nalishidagi  kichik  korxonalarni  imtiyozli  kreditlar  bilan  ta’minlashni 

yo’lga qo’yish lozim. 

  Tadbirkorlik  subyektlariga  kadrlar  tayorlash,  kasbi  bo’lmagan  shaxslarga 

bozor  talabiga  mos  kasblar  o’rgatish,  xususan  xizmat  sohalariga  mos 

mutaxassislar tayorlashga yordam berish markazlarini ochish.  

 

 

 



 


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling