KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarning xozirgi boskichida xizmat kursatish, servis, kasanachilik va
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik soxalarini rivojlantirishga ustuvor yunalish
sifatida karalmokda. Xususan ushbu soxada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlanishi, eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni ya’ni, aholi farovonligini
ta’minlash va ish bilan bandlik masalalarini hal qilish imkoniyatini yaratadi. Shu
bois, ushbu sohani taraqqiy ettirish respublika hukumatining doimo diqqat
e’tiborida bo’lib kelmoqda.
Shu maqsadda, keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir
qator qonunlar va me’yoriy hujjatlarda, jumladan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor
qaratilgan.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida ushbu dolzarb vazifani hal qilish
borasida salmoqli, ijobiy natijalarga erishildi. Ammo, hozirda ham tadbirkorlikni
rivojlantirishning huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarini takomillashtirish, uni pul
mablag’lari bilan ta’minlash muammolari o’z yechimini kutmoqda.
Tadqiqotning
dolzarbligi
respublikada
kichik
biznes
va
xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi yetarlicha ilmiy tadqiq etilmaganligi va bu
borada bir qator muammolar mavjud ekanligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |