2.6. Tikuv mashinalarining klassi /sinfi/
Har bir guruh ichida bahya tuzilishi va konstruktiv xususiyatlariga ko’ra
mashinalar bir - biridan farq qiladilar.
Mashinaning texnologik tavsifi (qo’llanilishi, ignalar soni, iplar soni, bahya
turi, mashina o’lchami va boshqalar) juda keng. Shuning uchun tayyorlovchi zavod
o’zining tavsifini qo’llaydi. Bunda mashinalar sinf va variantlarga bo’linadi.
Tayyorlangan zavod tomonidan har bir sinfdagi mashinaga tartib raqami
belgilanadi. Mashina sinfi varinatlarga ajratiladi. Bular bir sinfdagi mashinaga
biror bir o’zgartirish kiritilganini ko’rsatadi.
Masalan: M.I. Kalinin nomidagi Podolьsk mexanika zavodi ichki kiyim
tikish uchun 208 klasli overlok, ustki trikotaj buyumlarini tikish uchun esa 208 – A
klasli overloklarini ishlab chiqargan. Bu mashinalar uncha katta bo’lmagan
konstruktiv o’zgarishlar bilan bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |