5.2. Moki bahyali tikuv mashinalarda bahya hosil qilish jarayonlari
Trikotaj mahsulotlarini (buyumlarini) tikishda eng ko’p qo’llaniladigan
halqali bahya mashinalari bo’lib, trikotaj buyumlarini kam cho’ziladigan qismlarini
tikishda mokili bahya hosil qilish mashinalari qo’llaniladi. Mokili bahya
mashinalarida hlqali bahya mashinalari singari bahya hosil qilish jarayoni 10
laxzadan iborat bo’lib ularning 3 jarayoni halqali bahya mashinalaridagidek bir xil
ketma-ketlikda bajariladi.
Mokili tikuv mashinalarida bahya hosil qilish jarayoni quyidagi asosiy
operatsiyalarni o’z ichiga oladi:
1. Matoni igna bilan teshish jarayoni;
2. Igna ipini mato orasidan o’tish jarayoni;
3. Igna ipidan halqa hosil qilish jarayoni;
4. Igna halqasiga moki burunchasini kiritish jarayoni
5. Moki bilan igna halqasini kengaytirish jarayoni
6. Ignani matodan qaytib chiqish jarayoni
7. Igna halqasini qisqartirish jarayoni
8. Moki moslamasidan igna halqasini chiqish jarayoni
9. Bahyani tortilish jarayoni
10. Tikilayotgan matoni surish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |