Њзбекистон республикаси олий ва њрта
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li - o‘zbek modeli
Download 0.71 Mb.
|
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li - o‘zbek modeli
Biz qanday jamiyat barpo etmoqlamiz, degan masala Prezidenti-mizning «O‘zbekiston XX1 asrga intilmoqda» (1997), «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» (2002), «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» (2005) kabi asarlarida ayniqsa o‘zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish milliy istiqlol g‘oyasining pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga yetishga xizmat qiladi. Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko‘pmulkchilikka va ular o‘rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo‘lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi. Ko‘pmulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish orqali yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat'iy nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarni ta'minlash - davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling