Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Download 0.71 Mb.
bet115/188
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#212622
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   188
Bog'liq
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

5.12-chizma.
Istiqlol mafkurasining

milliy xususiyatlari



Xalqimiz hayotida jamoa bo‘lib yashash ruhining ustuvorligi




Oila, mahalla, el-yurt muqaddasligi










Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat-e'tibor



Millatning o‘lmas

ruhi-ona tiliga muhabbat











Kattaga - hurmat, kichikka - izzat




Ayol zotiga ehtirom










Sabr-qanoat, mehnatsevarlik




Halollik va mehr-oqibat



3. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari

Istiqlol mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma'naviy mezon hamdir.

Milliy istiqlol mafkurasining yurtimizda yashovchi har bir fuqaro uchun qadrliligi shundaki, uning mohiyatida umuminsoniy tamoyillar yotadi.

Milliy istiqlol mafkurasi manfaatlar tizimi bilan uyg‘un bog‘langan bo‘lib, u quyidagi holatlar bilan ifodalanadi:

1. Mamlakat hududiy yaxlitligi va mustaqilligini saqlab, chegara-larimiz butunligi va daxlsizligini ta'min etishga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda bu yurtimizning fazo va vaqtdagi umumiy birligini ta'minlovchi manfaat.

2. Yurtning tinchligi va osoyishtaligi, ya'ni davlatimizning harbiy, iqtisodiy (energetik), ekologik, informatsion va g‘oyaviy tahdidlardan muhofazalanganligi.

3. Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta'minlash manfaati.

4. Har bir oila va butun xalqning farovonligini ta'minlash, ya'ni badavlatlilik manfaati.

5. Jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyilini ta'minlanishi.

«Milliy istiqlol mafkurasi turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen - ijtimoiy hodisadir. Bu mafkurada biron-bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylan-tirilmaydi». Balki, u o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, millat va qavmlar, guruh va qatlamlarning yuqorida qayd etilgan umumiy manfaat-larini ifodalaydi.

Har qanday mafkura singari milliy istiqlol mafkurasi ham o‘ziga xos amal qilish tamoyillariga ega. Bu tamoyillar, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligi, xalqaro andoza va talablarga moslik, xalqning barcha qatlamlari maqsad-muddolarini o‘zida ifoda etish bilan tavsiflanadi. Ular bir-birini taqozo etadi, o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikda namoyon bo‘ladi.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling