Њзбекистон республикаси олий ва њрта
Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mezoni
Download 0.71 Mb.
|
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari
4. Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mezoni
Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlariga mos ravishda quyidagicha turkumlashtirish mumkin: 1. Oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo‘ladi. 2. Mahalla muhim ijtimoiy institut hisoblanadi. 3. Mehnat jamoalari, ta'lim-tarbiya tizimi muhim rol o‘ynaydi. Milliy g‘oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirishni takomil-lashtirishning umumiy qonuniyatlari, talablari quyidagilardan iborat: Milliy va umuminsoniy manfaatlar birligi. Ijtimoiy faoliyat erkinliklarining ustuvorligi. Umuminsoniyat ma'naviy merosiga tayanib, milliy-ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirish. Madaniy sohani erkinlashtirish. Foyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlarini hisobga olish. Foyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish. Ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish jarayoni davlat tizimidagi «qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o‘zaro muvozanati va mutano-sibligini ta'minlash bilan bog‘liq (Karimov I.A. Asarlar. T.10. 322-bet). O‘zbekistonda milliy g‘oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish jarayonlarida davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarda ko‘rinadi: 1) Ma'naviy-madaniy hayotni, g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tash-killashtirish, boshqarish va nazorat qilishning siyosiy institutlari tizimi-ni, mukammal mexanizmlarini, vositalarini vujudga keltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda. 2) Demokratik konstitutsionalizmga asoslangan amaldagi qonuniy-huquqiy asoslarning takomillashtirilishi, milliy g‘oyani rivojlantirish manfaatlariga mos kelishi, islohotchilik roli samaradorligini belgi-laydigan mezonlardan biridir. 3) Davlatning xalqaro ma'naviy-madaniy, g‘oyaviy-mafkuraviy munosa-batlarni erkinlashtirish siyosati milliy manfaatlarga va umuminsoniy demokratik tamoyillarga mos kelmoqda. 4) Foyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish milliy davlatchilikning mavjudligi va demokratik rivojlanishini ta'minlaydigan omilligi anglanib, siyosiy faoliyatga asos bo‘lmoqda. Umuman, g‘oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini cheklashda demokratik tamoyillarning qaror topishi: - ziddiyatga olib keluvchi inqilobiy o‘zgarishlardan, siyosiy qarash-lardagi radikalizmdan voz kechish va umuminsoniyat manfaatlari ustu-vorligini e'tirof qilish orqali; - g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni demokratlashtirish, bu sohada inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni, xalqaro huquq me'yorlariga qat'iy rioya etish tufayli; - millatlararo ma'naviy-madaniy, g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi, madaniyatlararo tolerantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruh va millatlarning mas'uliyat va imkoniyatlari tengligini ta'minlash natijasida; - g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil g‘oyalarning mavqyelarini e'tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon bo‘ladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling