Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Aholi turli qatlamlarini g‘oyaviy qurollantirish omillari


Download 0.71 Mb.
bet179/188
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#212622
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   188
Bog'liq
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

2. Aholi turli qatlamlarini g‘oyaviy qurollantirish omillari,

yondashuvlar va ijtimoiy reklamalar

Fuqaro tarbiyasini tashkil etish. Ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo - saodat - yo falokat masalasidir» deganlarida avvalo farzand tarbiyasini, avlod tarbiyasini, qolaversa millat tarbiyasini nazarda tutib aytgan edi.

Milliy istiqlol g‘oyasini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - zamon talablariga mos insonni tarbiyalashdan iborat. Buning uchun fuqarolarda quyidagi sifatlarni shakllantirish, qadriyatlarni singdirish kerak:

1) Faol insonni tarbiyalashga e'tibor berish.

2) Shaxsning salohiyatini maksimal yuzaga chiqarish.

3) Har bir bola iqtidorini rivojlantirish.

4) Manfaatdorlikka ishontirish.

5) Muammolarni hal qilishga yo‘naltirish.

6) Shaxs ijodiy fikrlashini yuksaltirish.

7) Nazariy fikrlarga amaliy shakllar berish.

8) Bilimlarni harakatga aylantirish.

9) Pragmativ fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash.

10) Mehnatga ishtiyoq uyg‘otish, tirishqoq va serg‘ayrat shaxsni tarbiyalash.

11) Shaxsni o‘z ustida qunt bilan ishlashga o‘rgatish.

12) O‘z ishonchini qaror toptirishdan manfaatdorlikka undash.

13) Milliy g‘ururi baland, mas'uliyatli, intizomli shaxsni rivojlantirish.

14) Kelajakka ishonch uyg‘otish.

15) Milliy istiqlol mafkurasini yurakka yaqin g‘oyalar orqali singdirish va h.k.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlar»ga alohida e'tibor berilgan. Yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashki-liy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta'minlanadi61. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma'rifiy ishlar takomillashtirilib boriladi.

Milliy istiqlol g‘oyasini ommaga tushunarli tarzda yetkazish, qurollantirish, shakllantirish, to‘g‘ri idrok qilish malakasini hosil qilish uchun quyidagi omillarga e'tibor bermoq zarur:

1. Yoshlarga e'tiborni yanada kuchaytirish kerak. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish» g‘oyasi qat'iy tizim doirasida amalga oshishini taqozo etadi. Tarbiya muassasalari deb nomlanuvchi ko‘plab jamoat tashkilotlari xususan, «Kamolot», «Mahalla», «Oila» jamoatchilik markazi va boshqalar ta'lim muassasalaridan ajralib qolgan. Xamkorlik, hamjihat-likni ta'minlash kerak.

2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi bo‘yicha o‘qitish texnologiyasi o‘zgartirilishi lozim.

3. Darsliklar, xususan mafkura tarbiyalovchi darsliklar (falsafa, tarix, sotsiologiya, dinshunoslik, siyosatshunoslik, «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti», madaniyatshunoslik, psixologiya, pedagogika va boshqalar) talaba yoshlari qiziqtira olmayapti. Ba'zi darsliklarda qaytaruvlar ko‘p.

4. Ilg‘or ma'rifatchilar armiyasi kerak. Ular o‘sha qishloq o‘qituv-chisidan tortib, akademik va rahbarlardir. Ular tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi, maxsus mashg‘ulotlar yordamida metodik tayyorgarlikdan xabardor bo‘lishi, nima haqida, qanday gapirishligini bilishi lozim.

5. Aholi zich joylashgan hudud, mahallalar, ta'lim-tarbiya muassasa-larida e'tibor bilan ishlar tashkil etilsa, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, odamlar bir-biridan ta'sirlanib, sog‘lom, yangi fikrlarni qabul qilaveradi.

6. Odatlarning shakllanish muddati va bartaraf etish vositalariga, masalan, vahhobiylik, hizbut-tahrirlikka moyil odamlar to‘plangan joylar-ning odat, ko‘nikmalarini bilish.

7. Yangi odatlarning odamlar hayot sharoitlari va turmush darajasiga mosligi.

8. Yangi g‘oyalarning odamlar tabiati va ruhiyatiga mosligi62.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling