Њзбекистон республикаси олий ва њрта
-chizma O‘quv fanining predmeti
Download 0.71 Mb.
|
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rganiladigan tushuncha va mavzular O‘rganiladigan asosiy g‘oyalar
- 1.2-chizma Milliy istiqlol mafkurasining vazifalari
- 1.3-chizma Fanning maqsad va vazifalari
- Foya tushunchasi: Foya
1.1-chizma
O‘quv fanining predmeti
Bu orzu-umidlar va intilishlarni amalga oshirish ushbu fanni o‘qitishda bir qator talablarga ahamiyat berishni zaruratga aylantiradi. 1.2-chizma Milliy istiqlol mafkurasining vazifalari
Barcha ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar uchun umumiy bo‘lgan falsafiy metodlar: bu fan uchun ham asosiy metod hisoblanadi. Bular: Dialektik metod. Qiyoslash va taqqoslash metodi (eski metod) Nazariy metod (fikrlash, abstraktlashdan konkretlik sari o‘tish) Axloqiy metod. Izohlash metodi. Siyosiy prognozlash metodi (ijtimoiy to‘qnashuvlar oldini olish). Axborotlash metodi yoki integratsiyalash metodi ham deyiladi, ya'ni umumlashtirish metodi: fan yutuqlaridan foydalanish. Eksperiment metodi. Kuzatish metodi. Empirik sotsiologik metodlar (so‘rov, anketa, matematik model). Statistik umumlashtirish metodi. Umummantiqiy metod (analiz, sintez, abstraktlash, umumiylik va h.k.). 1.3-chizma Fanning maqsad va vazifalari Œšuv fanining maqsadi - milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini yosh avlod qalbi va ongiga singdirish O‘quv fanining asosiy vazifalari
Foya tushunchasi: Foya - inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta'sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g‘oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Foya - inson tafakkuri mahsuli, milliy g‘oya esa millat tafakkurining mahsulidir. Foya - ob'ektiv voqyelik hodisalarining inson tafakkurida aks etishidir. Foyalar dunyoni o‘rganishga va amaliy o‘zgaruviga xizmat qiladi. Foya - mafkura - ijtimoiy ong formalaridan biri bo‘lib, u har qanday jamiyatning ustqurmasida o‘z ifodasini topadi. Foya - mafkura falsafiy tushuncha bo‘lib, ma'lum maqsadga qaratilgan inson aql-zakovatini ifoda etuvchi g‘oyalar va qarashlar yig‘indisidir. Ammo, har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. Foya inson ongida paydo bo‘lsada inson va jamiyat ruhiyatiga singib boradi. U odamning ichki dunyosiga kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, yetaklovchi kuchga aylanadi. Xo‘sh, mafkura nima, u qanday g‘oyalar asosida shakllanadi va qay tarzda jamiyatni harakatga keltiradi? Nega ayrim mafkuralar ba'zi millatlarning, yuksalishiga sabab bo‘lsa, ayrimlari butun-butun xalqlarni inqiroz va tanazzulga duchor etadi? «Milliy istiqlol g‘oyasi» bo‘yicha mazkur ma'ruza matnlari aynan shu va shu kabi masalalar talqiniga bag‘ishlangan. «Milliy istiqlol g‘oyasi»ning predmetini quyidagi 1-chizma asosida izohlash ham mumkin. Umuman, g‘oya - bu tadqiqot maqsadini, uning yo‘nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. Foya o‘z tabiatiga ko‘ra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo‘lib, borliqning to‘g‘ri yoki xato in'ikosidir. Ilmiy bilishda g‘oya muhim rol o‘ynaydi. Foyalar tabiatiga ko‘ra: a) ilmiy g‘oyalar; b) badiiy g‘oyalarga bo‘linadi. Foyalar xarakteriga ko‘ra: a) borliqning to‘g‘ri, real in'ikosidan iborat g‘oyalar, b) borliqning xato yoki fantastik in'ikosidan iborat g‘oyalar. Shuningdek, g‘oyalar: a) progressiv va b) reaksion g‘oyalarga ham bo‘linadi. Progressiv g‘oyalar ilmiy bilishni rivojlantirishga xizmat qilsa, reaksion g‘oyalar unga to‘sqinlik qiladi. Inson - ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo‘lish mumkin: birinchisi, insonning ruhiy olami: ikkinchisi - fikriy olam, ya'ni tafakkur olamidir. Ruhiy olam (bu sohani ruhshunoslik ilmi - psixologiya tadqiq etadi) o‘z tarkibiga sezgilar, idrok, tasavvur, kechinma, his-hayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, hukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya'ni mantiq fani o‘rganadi). Falsafaning oltin qoidalaridan biri - til va tafakkur birligidir. Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli - tushunchadir. Tushunchalar bir yoki bir necha so‘zlar bilan ifoda-lanadi; ammo har qanday so‘z ham tushuncha bo‘la olmaydi. So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deb atalishini biz boshlang‘ich sinflardanoq bil-ganmiz. Inson tafakkuri voqyelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta'limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta'sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin. Foyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. Foya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi. Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta'sir ko‘rsatgan nazariya, ta'limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste'dod va teran tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Sokrat va Platon, Konfutsiy va Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling