1) Birinchi sababi - mustamlakachilik va yangi mustamlakachilik, buyuk davlatchilik shovinizmi.
2) Xalqaro munosabatlarda musulmonlarga qarshi zo‘rovonlik, musulmon davlatlarining Farb mamlakatlaridan kuchayib ketmasligiga erishish niyati, «parchalab tashla va hukmronlik qil» degan ko‘p sinalgan siyosatni davom ettirish.
3) Uchinchi sabab - iqtisodiy kamsitishlar, kalondimog‘lik. Boshqa madaniyat, boshqa sivilizatsiyaning, xususan, ko‘p asrlik ildizlariga ega Sharq falsafasining bir qismi bo‘lgan islom sivilizatsiyasining fazilatlarini, umuman, islomning o‘zini yaxshi bilmaslik, tushunmaslik hollari kabi sabablarni ham ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |