Zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Siemens S7-300 Dasturlanadigan mantiqiy kontrolleri
Download 1.32 Mb.
|
simatic s7
Siemens S7-300 Dasturlanadigan mantiqiy kontrolleri:
Siemens S7-300 Dasturlanadigan mantiqiy kontrolleri – kichik va o’rtacha murakkablik darajasi bo’yicha avtomatlashtirish tizimlarini qurish uchun mo’ljallangan. Siemens S7-300 Dasturlanadigan mantiqiy kontrolleri quyidagi elementlardan tashkil topgan Markaziy protsessor CPU. Kontrollerlarga topshiriqlarning murakkablik darajasi bo’yicha markaziy protsessorlarni turlarga bo’lish mumkin. Misol uchun xotirasiga, ishlash unumdorligi (tez ishlashi) ga, kirish – chiqishlarning soniga, hamda kommunikatsion interfeyslarning tipi va soniga ko’ra sinflanadi. Manba bloki – kontrollerga manba berish uchun mo’ljallangan, ya’ni tarmoqdan o’zgaruvchan tokni 120/230 V yoki 24/48/60/110 V ni beradi. Signal modullari SM – turli xildagi elektr hamda vaqt parametrli analog va diskretli kirish va chiqish uchun mo’ljallangan. Aloqa modullari - PROFIBUS, Industrial Ethernet, AS-Interface yoki PtP (point to point) interfeysi orqali tarmoqqa ulash imkoniyatini beradi. Qo’llanish sohalari: Mazsus mashinalarning boshqarish tizimlarida; Tekstil mashinalarining boshqarish tizimlarida; Qadoqlash dastgohlarining boshqarish tizimlarida; Mashinasozlik dastgohlarining boshqarish tizimlarida; Elektrotexnik qurilmalar va ishlab chiqarishning texnik vositalari uchun jihozlarni boshqarish tizimlarida; Avtomatik rostlash tizimlarini qurishda; O’lchash qurilmalarini boshqarish tizimlarida; STEP 7 - bu SIMATIC dasturlanadigan mantiqiy kontrollerni dasturlash va joylanishi uchun foydalanilayotgan standart dasturiy paketidir. SIMATIC STEP 7 dasturiy ta’minoti sanoatning bir qismi hisoblanadi. STEP 7 standart paketlarining quyidagi versiyalari navjud: SIMATIC S7 – 200 da nisbatan oddiy avtonom ilovalari uchun STEP 7 Micro/DOS va STEP 7 Micro/Win; SIMATIC C7 – 620 va SIMATIC S7 – 300 da nisbatan oddiy avtonom ilovalari uchun STEP 7 Mini; SIMATIC S7 – 300/ S7 – 400, SIMATIC M7 – 300/ M7 – 400 va SIMATIC C7 keng tanlovli funksiyalardagi ilovasi uchun STEP 7. SIMATIC dasturiy ta’minotlarni sanoatda mavjud bo’lgan dasturlarni tanlash bo’yicha kengaytirish mumkin; Kommunikatsion protsessorlar va funksional modullarning parametrlarini tanlash imkoniyati ; Ko’p protsessorli va majburiy rejimli; Global ma’lumotlar orqali aloqasi; Kommunikatsion funksional blok ma’lumotlarni uzatish bilan ishlatilishi.
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling