‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti


Silliq muskullarning ultrastrukturasi va funksiyasi


Download 83.16 Kb.
bet5/6
Sana26.01.2023
Hajmi83.16 Kb.
#1125488
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yorkinoy biofizika mustaqil ta\'lim

Silliq muskullarning ultrastrukturasi va funksiyasi
Silliq muskullarning tuzilishi. Ko‘ndalang-targ‘il va yurak muskullari mezodermadan iborat bo‘lib, hujayra simplastlari hisoblanadi. Silliq muskullar esa, mezinxemadan iborat bo‘lib, alohida silliq muskul hujayralaridan tashkil topgan. Silliq muskul hujayralari tolachalari dumaloq, ovalsimon va ba'zan poligonal formalarda bo‘ladi. Silliq muskul hujayralarining o‘lchovi silliq muskullari funksional holati va turiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari silliq muskul hujayralari qalinligi 80 A ga teng bo‘lgan plazmatik membrana yoki plazmolemma bilan qoplangan bo‘ladi. Plazmolemmada maxsus sferik vezikulalar (pufakchalar) mavjudki, bular boshqa muskul hujayralarida uchramaydi, shu sababdan bularga silliq muskul hujayralari ultrastrukturasining xarakterli jihati sifatida qaraladi. Shu bilan bir qatorda silliq muskul hujayralari plazmalemmasida kaveolalar mavjud bo‘lib, ular silliq muskul hujayralari umumiy maydonini ma'lum darajada oshirishga xizmat qiladi. Kaveolalar bilan bir qatorda aktin protofibrillalari bilan bog‘lanuvchi kengligi 0.2-0.4 mkm ga teng bo‘lgan elektronlarni bir-biriga bog‘lovchi qismlar mavjud.
Ko‘ngdalang-targ‘il muskullardan farq qilib, silliq muskullarda joylashgan sarkomerlar sistemasi yo‘q va ular sarkoplazmasining asosiy qismi turli diametrdagi filomentlar (qismlar) hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Silliq muskullarning funksiyasi. Silliq muskullar qon-tomir sistemasi, ovqat hazm qilish a'zolari trakti va siydik ayirish sistemasi a'zolarining asosiy funksional truktura elementi hisoblanib, shu a'zolar va a'zolar sistemalarining normal faoliyat ko‘rsatishida asosiy rolni bajaradi. Silliq muskullar boshqa turdagi muskuldan shunisi bilan farq qiladiki, bularda qisqaruvchanlik va bo‘shashuvchanlik jarayonlari nisbatan sekinroq boradi hamda uzoq davom etadi. Aynan sekin qisqaruvchanlik oshqozon va ichaklar devoridagi silliq muskullarda, bundan tashqari, siydik pufagi va bachadon devori muskullarida ham kuzatiladi. Silliq muskullardagi qisqaruvchanlik va bo‘shashuvchanlikning bunday sekin sodir bo‘lishi shu organlarning ish faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, silliq muskullarning ritmik qisqaruvchanligi (ichaklar peristaltikasi) natijasida oshqozon-ichak traktidagi oziq-ovqatlarning bir tekis harakatini ta'minlaydi Shirinskiy, 1999).
Silliq muskullarning uzoq muddatli tonik qisqarishlari yuqorida aytib o‘tilgan a'zolarning ishlash tezliklariga bog‘liq bo‘ladi, yoki shu a'zolarda to‘plangan massaning uzoq muddat ushlab turilishi lozim bo‘lgan holatlar (masalan, o‘t pufagida yig‘ilgan o‘t suyuqligini, siydik pufagida yig‘ilgan siydikni va hokazo) asosida sodir bo‘ladi.

Download 83.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling