‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
X III bob. XV1II-X1X ASRLAR AMERIKA MATBUOTI
1-fasl. Mustamlaka davri matbuoti Amerika m atbuoti takrorlanm as va o ‘ziga xos tarixga ega. Uning o ‘tmishi m am lakatning davlatchilik tarixidan ham ancha ilgari boshlangan: «Amerika Q o‘shm a Shtatlari* degan davlat dunyo xaritasida paydo b o ‘lishidan qariyb bir asr oldin bu zaminda ilk gazeta chop etildi. Shu bois mahalliy matbuot Shim oliy Amerika mustam lakalarining 1 mustaqillik uchun kurashi, AQSH davlatiga asos solinishi va uning keyingi taraq- qiyotida m uhim rol o'ynadi. Shubhasiz, m atbuot butun tarix davomida jam iyatning ajralmas b ir bo‘lagiga, demokratiya q o ‘riqchisiga aylandi. Zero, bundan ikki asr m uqaddam AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan dastlabki o ‘nta qo'shim chaning birinchisi aynan m atbuot erkinligini kafo- latlagani ham bejiz emas. Bosma so'zning Sliimoliy Amerika mustamlakalan hayotida tutgan o ‘m i, shuningdek, ulam ing Britaniya tojiga qarshi ozodlik uchun kurashidagi ahamiyatini tahlil qilish uchun uni ikki toifaga ajratib o'rganish maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqqan holda, Amerika matbuotining XVIII asrdagi tarixini shartli ravishda mustamlaka-kolonial davri va paitizan matbuotiga, ya’ni, siyosiy matbuotga ajratamiz. Mustamlaka davri matbuoti mamlakatda ushbu soha tarixining ibtidosi bo‘ldi. Ilk matbaachilik ko'rinishlari. Amerika m atbuotining paydo boHislii uchun zamin ilk yevropaliklar Shimoliy Amerikaga kelgan davrdayoq yara- tilgan edi. Yangi Angliya2, Amerika matbaachiligini boshlab berdi. Uning yirik manzilgohi hisoblangan Boston hududi esa Amerika jurnalistikasining beshigiga aylandi. * Uzoq sarzaminda muayyan manzilgohlarda istiqomat qilayotgan, lekin o z mamlakati bilan doim iy aloqada bo‘lgan muhojirlar guruhi. masalan, Shimoliy Amerikadagi mustamlaka-hududlar-koloniyalar aholosi Britaniya ftiqarolaridan tarkib topgan va to‘laligicha Britaniya tasarrufida edi. 2 «Yangi Angliya* jug‘rofiy tushuncha bo‘lib, AQSH ning shimoli-sharqida joylashgan oltita sh u tn i o ‘z ichiga oladi. ulardan eng yirigi hozirgi Massachusets shtati, Boston uning m arkazi hisoblanadi. Uzoq 1620-yildayoq Plimausga kelib qo‘ngan birinchi yevropalik kelgindilar — piligrimlar (darvishlar). tarkibidagi ikki kishi — Uilyam Bryuster va Edvard Uilsonning asli kasbi noshir cdi. Ko‘p o ‘tm ay Boston va uning atrofidagi mustamlakalarda bosma dastgohlar isliga tushdi, Harvard universitetiga asos solindi, kitob ishlab chiqarish y o ig a q o ‘yildi. Biroq, shunga qaramay, tom ma’nodagi davriy gazetaning dunyoga kelishi uchun salkam bir asr vaqt kerak bo‘ldi. Buning ayrim obyektiv sabablari bor edi, albatta. G ap shundaki, hudud aholisi uzoq vaqt davomida Yevropadan, xususan, Angliyadan keltiriladigan gazetalar bilan qanoatlanib yurishgan. Bu esa dastlabki o‘n yilliklar davomida ulam ing axborotga bo‘lgan chanqog‘ini qondirib turgan b o ‘lishi ehtimol. Chunki ular hati bu paytda o ‘zlarini Britaniya qirolligining fuqarolari hisoblashardi. Vaqt o ‘tishi bilan mustamlakalar kengayib, aholi soni ortib bordi va uning mahalliy axborotga nisbatan ehtiyoji ham o ‘sdi. Faqatgina to'rtinchi avlod zamoniga kelib Amerika zaminida mahalliy gazetalar paydo bo‘la boshtadi. «Pablik okkyorensiz» - Shimoliy Amerikadagi birinchi gazeta. Shun- day qilib, Amerikadagi ilk gazeta 1690-yil 25-sentabrda Bostonda chop etildi. Davriy nashr deb hisoblash birm uncha ziddiyatli sanalgan bu gazeta paydo bo'lishining o'ziyoq o ‘sha davr uchun katta voqea edi. «Publick occerrences, Both Foreign and Domestick* (Pablik okkyorensiz bos form end domestik) deb nomlangan ushbu gazetaning noshiri angliyalik m uhojir Benyamin H arris bo'ldi. 0 ‘z yurtida ishlari yurishmagach, u 1686-yili oilasi bilan Bostonga safar qiladi. Aslida kitobfurush bo‘lgan B. Harris Londonda noshirlik faoliyati bilan ham shug‘ullanib, 1679-yili o ‘zining shaxsiy gazetasini chiqara boshlaydi. Ammo u paytlarda qirollik hokimiyati bosma nashrlar ustidan qat’iy nazorat o ‘rnatib, o ‘zi uchun nom aqbul noshirlar va jum aüstlam i ta ’qib qilar edi. Oradan ko‘p o ‘tm ay B. Harris qirollik hokimiyatiga qarshi adabiyotlarni saqlaganlikda ayblanib, hibsga oliiiadi. Oqibatda, u ikki yil umrini London qamoqxonasida o ‘tkazadi. Ozodlikka chiqqach, yana o'zining eski ishini davom ettiradi. Biroq bu gal ham omadi chopmaydi. To‘xtab qolgan ishlari endi yurishayotgan bir paytda, 1686-yili Harrisning korxonasida yana tintuv o ‘tkaziladi. Shundan so‘ng u Angliyani tark etishga m ajbur b o ‘lib, yangi umidlar bilan Boston sari yo‘l oladi. Bu yerda kitob do‘koni ochib, uning tarkibida qahvaxona 1 ham tashkil etadi. Garchand shaharda yana yettita kitob do4koni va bir qator qahvaxonalar mavjud bo‘lsa-da, Harrisning do‘koni tez orada boston- liklaming sevimli joyiga ayianadi. U yerda shahar ziyolilari, o'qim ishli kishilar va keng kitobsevarlar ommasi to ‘planishardi. Nihoyat, mijozlar e ’tiborini qozonib, raqobatchilaridan ancha ilgarilab ketgan B. H arris eski mashg'uloti — gazeta noshirligini boshlashga qaror qiladi. Shu tariqa o ‘zi sezmagan holda Amerikadagi ilk gazeta noshiriga ayianadi. 1 Bu zamonaviy qahvaxona kafedan farq qilib, ko‘proq sharkona chayxonani cslatar edi. «Pablik okkyorensiz* 15x20 sm hajmdagi to ‘rt betdan iborat gazeta bp'lib, so‘nggi beti bo‘sh qoldirilib chiqarildi. Bundan o'quvchining o ‘zi bilgan yangiliklami qo'lda yozib, gazetani boshqalarga oshirishi ko‘zda tutilgan edi. Gazetaning birinclii ustunida nashrning maqsadi bayon etilgan bo‘lib, u n d a noshir fuqarolarga ro ‘y berayotgan voqealar to ‘g‘risidagi bor haqiqatni aytishga, tarqatilayotgan turli yolg'on xabarlam i «haqqoniy yangilikiar bilan davolash»ga v a’da berdi. U, shuningdek, o ‘quvchilami diniy yangiliklami, jum ladan, Oliy Yaratuvchi haqidagi d a’vatlami ham berib borishga ishontirdi. C hunki, markazi Bostonda joylaslîgan Massa- chusetsda va Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi boshqa mus- tam laka hududlarida asosan puritanlar, ya’ni, um rini xristian dinining tozaligi yo‘lida baxshida etgan d in d o r aholi istiqomat qîlardi. Gazeta ushbu qatlam manfaatlarini inobatga olmasdan iloji yo‘q edi. N ihoyat, Harris fuqarolarni ichki va tashqi siyosat hamda iqtisodiyotni «tushunishga yordamlashadigan axborotlar bilan ta ’minlashga» ham so‘z beradi. Ana shu ulug‘ maqsadlar va um idlar bilan Ben Harris «Pablik okkyorensiz»ni nashr etishga kirishdi. H aqiqatan ham gazeta c h o p etilgan zahotiyoq shov-shuvga sabab b o ‘lib, qo‘lm a-qo‘l bo'lib ketdi. Ammo tezda Harrisning barcha umidlari sarobga aylandi: gazetaning ilk soni uning so‘nggi soni bo'lib qoldi. To‘rt kundan so‘ng, ya’ni, 1690-yil 29-sentabrda Massachusets qirollik guber- natorining gazetani taqiqlash va uning keyingi faoliyatini to ‘xtatish haqidagi farmoni chiqdi. Shunday qilib, Amerikaning birinchi gazetasi o ‘zining hali boshlanib ulgurm agan faoliyatiga yakun yasadi. Shundan keyin Am erika jurnalistikasi taraqqiyotida birmuncha b o ‘shliq hosil bo‘ldi. N avbatdagi gazeta yuzini ko'rish uchun mamlakat ahli roppa-rosa 14-yil kutdi. Faqatgina 1704-yilga kelib yangi gazeta chop etildi. X o‘sh, «Pablik okkyorensiz* nima uchun yopildi? Buning qator sabablari bor. Birinchisi — b u huquqiy muammolar bilan bog‘liq: Ben H arris gazetani rasman litsenziya olmasdan chop etishga kirishgan. Bu esa Buyuk Britaniya qonunlariga zid edi. Bundan tashqari, 1662-yili Massa chusets Bosh sudi litsenziyalashtirish haqidagi ingliz qonuniga binoan, bosm axonalar faoliyatini cheklash maqsadida qabul qilgan rasmiy qaror ham gazetani yopishga asos b o ‘ldi. Ushbu qonun (ingliz-sakson huquq tizim ida sud qarori qonun bilan tenglashtiriladi) mahalliy hukumatga bosm a nashrlar ustidan keng miqyosda senzura o ‘m atish va tarqatilayotgan adabiyotlam i nazorat qilish huquqini berar edi. Shu boisdan ham, gubernatom ing gazetani taqiqlash haqidagi farmonida aynan bitta sabab — uning litsenziyaga ega emasligi qayd etildi. Biroq, agar m uam m o faqatgina litsenziyada bo‘lganida, uni tezda b artaraf etish, ehtimo!, H arrisga katta qiyinchilik tug‘dirmagan bo‘lardi. Aslida esa, masala ancha m urakkab edi. Ko‘pgina tadqiqochilar fikricha, birinchi gazeta taqiqlanishining asl sababi o ‘sha paytlarda Angliyaning Fransiyaga qarshi olib borayotgan urushiga nisbatan unda bildirilgan ayrim tanqidiy fikrlar bo'lgan. Tabiiyki, Britaniya tojdori tomonidan tayinlangan Massachusets gubem atori,va Boston shahri rahbariyatiga bunday ruhdagi tanqidlar yoqmas edi. Shuningdek, gazetadan Fransiya qiroli Lui X IV bilan ketini o ‘rtasidagi ishqiy m ojarolar haqidagi m a’lumot ham jo y olgandi. B. Harrisning zamondoshi sudya Syuolning yozishicha, ushbu ma’lumot puritan taqvodorlami ancha darg'azab qilgan. Ular bunday xabaming Boston jamoatchiligiga yetkazilishini axloqiy m e’yorlaiga zid d eb baholashgan1. «Boston iy a s letter» - ilk davriy nashr. 1694-yili Angliyada litsen- ziyalashtlrish haqidagi qonun bekor qilinganidan so'ng, bosma m ateriallar mazmunini oldindan nazorat qilish am aliyoti, ya’ni senzura to'xtatildi. Buning aks-sadosi okean oitida ham eshitila boshiadi. 1692-yili Shimoliy Amerika mustamlakalarida pochta xizmati rasm an joriy qilindi. Yuzaga kelgan sharoit hududda gazeta chiqarish va tarqatishga keng imkoniyat yaratdi. 1704-yilning 24-aprelida pochta xizmatchisi Jon Kempbell Amerikaning birinchi davriy nashri «Boston News Letter» (Boston nyus letter)ni chop eta boshiadi. J. Kempbell Boston pochta xizmatining bosh- lig'i bo‘lib, ushbu lavozimga 1700-yilda qirollik tom onidan tayinlangan edi. Gazeta hajm jihatidan kichik bo'lib, ikki betlik varaqadan iborat edi. 0 ‘z xarakteriga ko‘ra rasmiy nashmi eslatuvchi bu gazetaning tuhm atga nishon bo'lmasligmi istab, J. Kempbell c h o p etilayotgan materiaUami gubem ator bilan oldindan maslahatlashib olish yo‘lidan boidt. Shuning uchun ham uning mazmun-mundarijasi ko‘proq axborot uslubida, ya’ni, asosan ikki-uch satrlik xabarlardan iborat boMardi. Yirikroq hajmdagi m ateriallami esa London gazetalaridan ko'chirib bosilgan maqoialar tashkil etardi. Bundan tashqari, diniy mavzudagi xabariar ham gazetaning anchagina qismini ishg‘ol qilardi. Shuni ta ’kidlash kerakki, mazkur gazeta Amerika jumalistikasida reklamani boshlab beigan nashr boMdi. Uning ilk sonidayoq reklama mazmunidagi xabar bosildi. «Boston nyus letter» 1719-yilgacha, ya’ni, taxm inan 15-yil davomida Britaniyaning Amerika qit’asidagi m ustamlaka hududlarida yagona gazeta bo(lib qoldi. Shunga qaramasdan, noshir J. Kempbell hayotligida uning adadi hech qachon 300 nusxadan oshgan em as. Bunga gazetaning erkin va mustaqil emasligi sabab edi. Shunga qaram ay, «Nyus letter» Amerika matbuoti tarixida eng uzoq «umr ko'rgan» nashrlardan bin hisoblanadi. Uning faoliyati 1776-yiida — AQSH inqilobi dastlabki g'alabalami qo'lga kiritib, Britaniya qiroliigining Shimoliy Amerikadagi asosiy suyanchig'i bo'lm ish Tori paitiyasi hokimiyatdan ketgach to ‘xtadi. Ytngi juraalistikaning Ug‘ilishi. 1719-yilning oxiriga kelib Bostonda yana bir gazeta «The Boston Gazette» (Boston gazett) chop etila boshiadi. Shunday qilib, Amerika matbuoti tarixida ilk b o r gazetalar raqobati yuzaga 1 Michael Emery, Edwin Emery. The Press a n d America1, an interpretive history o f the mass media. 8th edition. 23-6. N eedham Heights, MA, A Simon & Schuster Company, 1996. keldi. Lekin «Boston gazett* ham «Boston nyus letter*ga o*jöhab yarim rasmiy nashr cdi. O radan ikki yil o ‘tgach, 1721-yih bu shaharda uchinchi lekin mustaqil nashr - «The New England Courant* (N yu ingland kurant) ga asos solindi. G a zeta amerikalik mashhur siyosat aibobi va junialist Benyamin Franklinning akasi Jeyms Franklin tom om dan ch,^ d >- Yang gazetaning oldingilardan asosiy farqi shunda ediki, u «muxohflik ingliz gazetalariga o'xshagan erkin va tikanh nashr * 1 sifatida mashhm b o id i. Yangicha yo‘nalishdagi bu gazetaning maydonga chiqishi b an shiinoliy m ustam lakalar matbuotida plyuralizm - fikrlar xilma-xilligi 1 ) 05111 Bo?-yo‘g‘i besh yarim yil um r ko‘rganiga qaramay, ingland kurant* ommaviylik bobida o ‘z raqobatchilandan ancha ilganlab ketdi. Uning sahifalarida siyosiy va diniy mavzudagi o tkir satira matenaHandan tashqari, «Katoz letters*. «Kraftsmen*, «Independent vig* kabi radikal ingliz gazetalaridan ko‘chirib bosilgan maqolalar ham katta hajmni tashkil Jeyms Franklinning radikal ingüz gazetalanga taqlid qilishdan ко z- lagan maqsadi, k o ‘pgina tadqiqotchilam ing fikncha, n a s h r ommaviyjigini oshirib, o ‘z darom adlarini ko'paytirishdan iborat edi Amalda esa, bunmg aksi bo‘ldi: gazeta iqtisodiy jihatdan emas, g‘oyaviy jihatdan kuehh nashrga aylandi. U m ustam lakachi hokimiyatga qarehi kurashgan о tkir siyosiy nashr sifatida obro‘ qozondi. Bu o ‘sha davr uchun katta dovyurakhk edi. J. Franklin o ‘z gazetasida mahalliy hokimiyat, qolaversa mgüz qiro hk hukumatining m ansabdorlari orasidagi korrupsiyam keskm tanqid q^hb ulaming kirdikorlarini fosh qiladigan qator m a q o l a l a m i chop etdi. QiroU.k gubernatori bo‘lgan Shyutaning Massachusets mustamlakasidan sharm an- dala.cha haydalishida aynan «Nyu ingland kurant* asosiy rol о ynadi . Gazeta faoliyati B ostonda o ‘tkir yuqumli k a s a l l i k epidemiyasi avjolib, uning atrofidagi vahim a kuchaygan bir paytga to g n keldt. Shunmg uchun bu kasallik gazetaning eng asosiy mavzusiga aylandi. J- M m Ä kasallik bahonasida m ahalliy hokimiyatm va aymqsa P«ritan « * ™ lar' boshlig‘i Inkriz M azer va uning o ‘g‘li Kotton M azem i keskin tanqid ostig oldi G ap shundaki, Inkriz M azer kasallikka qarshi emlash uchun che- chakdan tuzalgan yoki shu kasallikka chalingan bem orm ng qomdan olin- gan kichik m iqdordagi plazm ani hali kasailanib ulgurmaganlar orgamzmiga S i s h n i tak ü f qildi. M azer bu borada shahardag, barcha vrach a r,a murojaat qildi. 1721-yüning iyun oyiga kclib doktor Zäbcliel Boylston o o 'g 'li va ikki qulini M azer takhf qilgan usulda emladi. Shahar ahoüsi ikkiga: emlashni qo'llab-quw atlovchilar va unga qarshi bo lganlai^a^ajraldi. «Nyus letter* va «Gazett» asosan birinchi toifadagilami qo Hab- quw atlashdi, qirollik hukum ati ham em lashm yoqlab chiqdi. Ikkmchi toifadagilar esa «N yu ingland kurant* atrofida birlashdilar. Gazeta Mazer, 1 Encyclopedia o f A merican History. New York, 1976. 944-bet 2 Иванян Э. A , Or Джорджа Вашингтона до Джорджа Буша. Белый дом и пресса. М., 1991. 7-с. Boylston va emlashni yoqlagan boshqa yetakchilami «qaysar kishilar», emlashning o'zini esa «fuqarolaming o ‘z joniga qasd qilishi va qQtillik » 1 deb baholadi. Albatta, bir yildan so‘ng emlash tajribasi o ‘zining anch a samarasini bergani ma'lum bo'ldi. A m m o masalaning biz uchun m uhim jihati shundaki, «Nyu ingland kurant» Amerika jumalistikasida ilk b o r ijtimoiy va siyosiy mavzulardagi bahsni boshiab berdi. Qolaversa, shu paytga qadar hali hech kim diniy ulam olar rahbariga nisbatan om m aviy tarcda qarshi fikr uyg'otishga jazm etm agan edi. Biroq J. Franklinning jumalistlik faoliyati uzoqqa bormadi. 1723-yilI mustamlaka liokimiyati uni barcha og‘ir gunohlarda ayblab, qam oqqa oldi. Unga qo'yilgan ayblovlar orasida «H azrati Oliyalari hokimiyatini haqorat qilish», «dinga nisbatan hurmatsizlik», «Bibliyani buzib talqin qilish», «tinchlik va xotirjamlikni buzish* kabi qonunbuzarliklar ham ko‘rsatilgan edi. J. Franklin bir oy umrini panjara oitida o'tkazdi, lekin uning jazosi shu bilan chegaralanmadi. Sud qaroriga ko‘ra, unga gazeta chiqarish va barcha turdagi noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlab qo'yiidi. M uhim huquqidan mahrum bo‘lgan Jeym s qonunni chetlab o 'tish va shu yo‘l bilan «Kurant»ni saqlab qolish m aqsadida gazetaga rahbarlik ishlarini birinchi shogirdi bo'igan ukasi Benyam in Franklin q o iig a rasm an topshirdi. Hali endigina o ‘n yetti bahorni qarshilagan Ben Franklin «Ku- rant»ning noshiri va muharririga aylandi. Jeyms noshirlik huquqini yo'qotgan bo‘Isa-da, gazeta faoliyatini zimdan nazorat qilishni davom ettirdi. Biroq bu paytga kelib gazetaning «otashi» ancha pasaygan, o'tkir tanqid esa o ‘z o 'rn in i birmuncha «betaraf» xabarlarga bo'shatib beigan edi. C hunki J. Franklin endi hukum at bilan qattiq ziddiyatga borishni xohlamasdi. Ammo shunga qaram asdan, B. Franklin akasidan yashirin tarzda «Saylens Doggud» (Xotiijam Doggud) taxallusi ostida o'zining ilk tanqidiy esseiarini nashr qilishga ulgurdi. Shundan keyin akasining nuqtayi nazari o ‘zgarib qolganidan norozi bo'igan Ben Pennsilvaniyaning yirik shahri bo'igan Filadelfiyaga qochib ketdi. Natijada, gazeta tez sur’atlarda o ‘z ommaviyligini yo‘qota boshladi. 1726-yili Jeyms Franklin uni nashr qilishni to ‘xtatdi. «Nyu ingland kurant» garchand qisqa u m r ko‘rgan bo‘lsa-da, Amerika jumalistikasi tarixida munosib iz qoldirdi. U gazeta ijtimoiy aham iyatga molik m unozaralam i keng jam oatchilik e ’tiboriga havola qilishi m um - kinligini va shu yo‘l bilan jamiyatda erkin munozaralaming kuchayishiga ko'maklashish imkoniyatiga ega ekanligini amalda ko'rsatdi. N afaqat siyosiy-ijtimoiy jumalistikani rivojlantirishga, balki mustamlaka hududla- rida dunyoviy adabiyotning keng targ‘ib qilinishiga ham munosib hissa qo'shdi. Xususan, Daniel Defoning «Robinzon Kruzo» asari gazetada chop etilishi o‘z davri uchun katta voqeaga aylandi. Buning ikki sababi bor edi. Birinchidan, asar diniy mavzu bilan m utlaqo bog‘Iiq emasdi, ikkinchidan, u mazm unan Britaniya tojiga qarshi o ‘ziga xos norozilik t im soli edi. 1 Lloyd Chiasson Jr. Three centuries o f American Media. Englewood, C O . Morton Publishing company, 1999. 22-bet. Benyamin Franklin - jum alist va tadbirkor. Bir chaqasiz, nochor ahvolda Benyamin Franklin Fifcdelfiyaga yetib kelganidan keyin o w n in g tim m siz m ehnati tufayü besh yU k h id a shahardagi eng badavlat kishilardan biriga aylandi. Ben to m m a ’noda o ‘z baxtini jum alistikada topdi. Uni am erikaliklar ko‘pincha L eonardo da Vinchi, M ikelanjelo yoki m ashhur ingliz oüm i va faylasufi R ojer Bekonga 0 ‘xshatishadi. Franklin Filadelfiyada paydo bo‘lgan chog‘Iarida bu erda Endryu Bredfonlning «American W eekly Mercury» (Amerikan uikli merkyjin) gazetasi chop etilar edi. 1719-yil 22 -dekabidan chiqa boshlagan •M er- kyuri» Bostondan tashqarida c h o p etilgan birinchi m ustamlaka gazeta edi. Franklin ushbu gazeta bilan raqobatlashishga qaror qiidi. U Samuel K aym er ismli badavlatroq kishiga o ‘z maqsadini bildirdi. Kaymer 1728-yih «Pennsylvania G azette» (ileHcejiBaHHfl ra3eTr)ga asos soldi. Shunday qilib, Filadelfiyada «M erkyuri»ga raqobatchi nashr paydo bo‘ldi. «Pcnsil- vaniya gazett» tez orada o ‘z muxlislarini topa boshladi. Ayniqsa, ingliz tilining qomusiy lug‘atini c h o p etishni boshlaganidan keyin lining ixlos- m andlari soni kun sayin o rta bordi. Biroq, tez orada «Merkyuri*da «Ga- zetU ga qarshi qaratilgan turkum tanqidiy materiallar chop etila boshlagani uning rivojlani&hini keskin to ‘xtatdi. Xo‘sh, buning sababi nim ada edi? G ap shundaki, K aym er qom usiy lug‘atni chop etish jarayom da kicmK bir xatoga yo‘l qo‘yadi: u inglizclia «abortion», ya’ni «abort» so zinrng m a ’nosini kelishtirib bera olm adi, qolaversa, «abortion» so zidan keyin «abound», ya’ni, «to‘kinchilik» so‘zining berilishi «Merkyun»dagi tanqidiy m aqolalar muallifiga ju d a q o ‘l keldi. U Kaymemi ayollam i haqorat qilaanlikda ayblab chiqdi. S hundan so‘ng «Pensilvamya gazett» qanday tezlikda ommaviylashgan bo‘lsa, shunday tezlikda o ‘z muxlislanm yo qota boshladi va inqirozga yuz tutdi. Pamfletchi o ‘z maqsadiga enshdi. Pam fletlar muaUifi esa Benyam in Franklin edi. Kaymer singan gazetani sotishga majbur bo*ldi. Fursatdan foyda- langan B. Franklin uni arzo n bahoga sotib oldi. 12 yoshligidan gazetachihk sir-asrorlarini suvday o'zlashtirgan uning uchun aftodahol gazetani jonlantirish qiyin ish em asdi. Qolaversa, u L o n d o n d a bu borada ta lim h am olib qaytgan edi. Asosiy maqsadiga erishgach, Ben keyingi muam m o- qanday qilib gazeta u chun hukum at subsidryasini olish muammosi ustida bosh qotira boshladi. Bu Franklinga rasmiy noshir m aqom im berar va biznes uchun keng yo‘l o c h a r edi. Shu paytgacha shahardagi faqat bir gazeta - «Merkyuri»ning noshiri Endryu Bredford b u n d a y subsidiyadan bahram and boUib kelaidi. Bu keyingi muhim vazifa E. Bredfordga qarshi kurash olib borishdan iborat ekanligini bildirardi. Franklin birinchi navbatda gazetadagi mavzular xilma-xilligiga kuchli e ’tib o r qaratib, uni m azm unan va shaklan yangilashga kirishdi. U snahar parlam enti va hukum atiga oid siyosiy xabarlar hajmim ko‘paytinsh bilan biraa, «oqibatli yangiüklar»ga ham gazeta sahifalaridan keng o n n bera boshladi. Ushbu rukn yangiliklarini turli hodisalar, fojia, falokat, o jim haqidagi xabarlar, jinoyatchilik va umuman, inson taq d in bilan bog Uq yangiliklar tashkii etar edi. Franklin, shuningdek, gazetadagi reklama hajmini ham oshirdi. Hukumatni tanqid qilishda keskinlik emas, yengil hajv va hazil uslubidan foydalandi. Natijada, «П енселвания газетг» tez orada «Merkyuri»ni ortda qoldirdi. Endi subsidiya olish uchun qulay payt kelgan edi. Tadbirkor m uharrir buning eng samaraii y o ‘lini topdi. U parla- mentning har bir a ’zosi va shahar meriga «G azett»ning har kungi sonini o ‘z hisobidan bepul jo 'n a ta boshladi. K o'p o ‘tm ay gazeta shahar faollari, siyosatchilar hamda deputatlam ing eng sevimli nashriga Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling