‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

bet19/36
Sana15.02.2017
Hajmi
#472
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
1-fasl.  Mamlakatdagi  siyosiy vaziyat  va jum alistika
XVII 
asrga  kelib  zamonaviy  ingliz  jamiyati  va  davlati  shakllana 
boshladi,  Angliyaning  dunyodagi  mavqeyi  o ‘zgardi.  M asalan,  tadqiqotchi 
Xilli  1603—1714-yillardagi  Angliyani  keskin  farqlar  m am lakati,  deb 
ta ’riflaydi. 
1603-yildagi  Angliya 
Yevropaning  ikkinchi 
darajali  bLr 
mamlakati  edi,  1714-yilgi  Buyuk  Britaniya  esa  iqtisodiy  va  harbiy  kuch 
jihatidan  dunyoning  qudratli  davlatiga  aylandi.  Bundan  tashqari,  1603- 
yilda  Angliyaning  butun  aholisi  ingliz  davlat  cherkovining  rasmiy  qavmlari 
hisoblangan  bo‘lsa,  1714-yilga  kelib  davlatda  vijdon  erkinligi  prinsipi  qaror 
topdi,  jamiyatda  mutaassiblik  bilan  birga  ratsionalizm,  deizm   va  hatto 
ateizm  kabi  oqimlar  yoyildi.  1603-yildagi  Angliyada  qirolga  xoinlikda 
ayblanganlar  qiynoqlarga  solinardi.  1714-yilga  kelganda  esa  tanqid  qilish 
huquqi  qonun  bilan  himoyalanadigan  bo‘ldi.
1640-yilga  qadar qirol  «Xudoning amriga  ko‘ra»  hukm ronlik qilardi  va 
cherkovning  desyatina-ushr  solig'ini  «xudo  bergan  huquqqa»  asosan 
yig‘ishardi.  XVII  asr  oxiriga  kelib  pariament  mustaqil  bo 'ld i,  diniy 
afsonalar o ‘m ini  siyosiy falsafa va  demokratik  tartibotlar egalladi.
XVII 
asrdagi o '^ a rish la r  iqtisodiyot,  din,  ijtimoiy fikr bobidagi  siyosiy 
to'ntarish  yoki  inqilobdan  ko‘ra  ulkanroq  voqea  bo'lib,  hayotning  barcha 
sohalariga daxl qildi.  Bu yerda  tam addunning  ikki  xil  konsepsiyasi  to ‘qnash 
keldi.  Ulardan  biri  fransuz  absolutizmini  gavdalantirsa,  ikkinchisi  ispan 
davlatiga  qarshi  chiquvchi  Niderlandiya  respublikasini  ifodalardi.  Butun  asr 
mobaynida  davom  etgan  bunday  keskin  farqlar  ingliz  buijua  inqilobi  ta ’siri 
ostida  yuz  bergan  voqealarning jadal  rivoji  va  almashuvi  bilan  izohlanardi. 
Bu  inqilobning  rivojlanish tarixidan  ba’zi  misollarni  keltiramiz.

Inqilob  1640-yilda  boshlanib,  qishloq  va  shaharlarda  g ‘alayonlar 
bo  layotgan  bir  vaziyatda  hokim iyat  pariament  qo‘liga  o ‘tdi.  1642-yilda 
qirol  bilan  pariam ent  o ‘itasida  - ajralish  yuz  berib,  fuqarolar  urushi 
boshlanib  ketishiga  sabab  bo‘ldi.  D ehqonlar,  fermerlar,  hunarm andlar  va 
m ayda  savdogarlardan  tashkil  topgan  pariament  armiyasi  inqilobiy  harakat 
m arkaziga  aylandi.  1647-yili  independentlar  partiyasi  rahbarligidagi  armiya 
parlam entni  hokimiyatdan  ag‘dardi.  Inqilobiy  kuchlar  talabiga  ko‘ra  qirol 
„ 
ciatlJ etl!dl  ( ^ 4 9 -y il  30-yanvar)  va  1649-yil  19-mayda  respublika 
e  Ion  qiundi,  biroq  1653-yilda  Kromvelning  harbiy  diktaturasi  («pro- 
tektorati»)  o ‘m atildi.  1660-yilda  buijuaziya  va  «yangi  dvoryanlik*  m onar- 
xiyam -K arl  II  timsolida  Styuartlar  hukmronligini  qayta  tiklashga  (1660— 
1760-yillar  oralig‘ida)  kirishdi.  1688-yilda  davlat  to ‘ntarishi  amalga  oshi- 
!  ’  - 
V  Styuait  taxtdan  tushirildi.  1689-yilda  qabul  qilingan  huquqlar 
to'g'risidagi  Bill  absolutizm  ustidan  qozonilgan  g'alabani  mustahkamlab 
berdi.
Ingliz  burjua  inqUobming  x arak teri.  InqUob awaliga  diniy shaklga  eca 
edi.  Qirolga  m uxolif  kuchlar  harakatga  keltiigan  omma  go‘yo  daijolga 
xom  xukm dorga  qarshi  kurashardi.  Chunki  uni  turli  «bo‘hron!ar*ga  aybdor 
deb  bilishardi,  har  xil  m ushkulotlar,  iqtisodiyot  va  hayotdagi  m uam m olar 
qirolm ng  m am lakatni  boshqarishdagi  n o ‘noqügi,  xalq  manfaatlariga 
xiyonati  oqibatida  kehb  chiqqan,  deb  hisoblashardi.  Jamiyatning  taraq- 
qiyparvar  qismi  dunyo  qurilishi  va  davlat  boshqaruvini  yangicha  tushu- 
nishm  qabul  qilganügi,  inson  huquqlari  e ’tirof etilganligi  bunga  qo‘shimcha 
b o ld i. 
Lekin 
voqealar  nvojlanib, 
buijuaziya  talablarining  asoslari 
chuqurlasha  borgani  sari  ingliz  inqilobi  sof siyosiy  tarixning  to r  doirasidan 
tashqari  chiqib,  G ‘arbning  buyuk  inqiloblaridan  biriga  aylandi.  Ingliz- 
am ing  Karl  I  ga  qarshi  isyoni  liberal  siyosiy  taitib-qoidalar  vujudjza 
kelishiga  ko‘p jihatdan  yordam  berdi.
U  MjXVi l M Srdagl  ingliz  bu* “  
Yevropa  miqyosidagi  ilk  inqilob
b o ld i.  XVI  asr  oxirida  Angliyada  kapitalistik  tartib  shakllanib,  iqtiso- 
diyotda  buijuaziya  yetakchi  mavqega  ega  b o ld i.  Biroq  u  siyosiy  jihatdan 
huquqsiz  edi.  Shu  boisdan  butun  XVII  asr  buijua  inqilobi,  tadbirkorlar 
tom om dan  siyosiy  hokimiyatni  egallash  asri  bo‘ldi.  Bu  inqilob  Yevropada 
. . .   .°
4
t
8
an   mqiloblam ing  um um iy  jihatlarini  o ‘zida  mujassamlashtirdi: 
hokim iyatning  monarxlar  q o lid a   jam lanishi  kuchayib  boravotganligiga 
qarsh
1
  yo'naUirilib,  a n ’anaviy  tabaqachilik  imtiyozlari  va  mahalliy  erkin- 
liklar  him oya  qilindi.  U nda  turli  ijtim oiy  qatlamlar,  partiya  va  harakatlar 
qatnashd1.  Burjuaziyaning  absolutizmga  muxoüfligi  puritanlikda,  cherkovni 
isloh  qihsh  talablanda  o ‘z  ifodasini  topdi.  Puritanlar savdo-sanoat  faoliya- 
tim ,  iqtisodiyot  bobidagi  sa’y-harakatlam i  ijobiy  va  Xudoga  maqbul  ish 
deb  bilardilar.  «Nasl-nasabiga  ko‘ra  huquqi*  jiliatdan  davlatdagi  imtiyozli 
mavqem  egallagan  dvoiyanlar  o ‘rni  anch a  g‘ayiatU,  biümli  hamda  siyosat 
va  x o ja ü k   hayoti  sohasidagi  ishlam i  yaxshiroq  tushunadigan  ishbilar- 
m onlar,  savdogarlar,  tadbirkorlar  bilan  almashtirilishi  kerak,  deb  hisobla­
shardi.

Mohiyat  e ’tibori  bilan  ingliz  kalvinizmi  hisoblangan  puritanizm 
tarkiban  bir  xil  ijtimoiy  oqim  ejnasdi.  XVI  asr  oxiriga  kelib  unda  ikkita 
yirik  yo‘naüsh,  o ‘ziga  xos  partiyalar:  m o'tadii  paitiya-presviterianlar  va 
ancha  radikal  partiya-independentlar  (mustaqillar)  ko‘zga  tashlandi.  Ingliz 
tadbirkorlarining  turli  qatlamlari  shu  partiyalar  atroftda  uyushdi.  Har  qaysi 
ijtimoiy  guruh,  paitiya  davlat  qurilishi  to ‘g‘risida  o ‘zining  muayyan 
g'oyalari,  qarashlarini  himoya  qilib,  yoyishga  intilardi.  Ayni  shu  hol 
jumalistika  va  publitsistika  rivojlanishiga  ham ta ’sir ko'rsatdi.
Bu  davrdagi  siyosiy  faoliyat  mamlakatda  b o iib   o ‘tayotgan  voqealar 
murakkabligini,  yetakchi  partiyalar  almashuvini,  keskin  g‘oyaviy  kurashni 
ziyraklik  bilan  aks  ettirib  turdi.  H ar  qaysi  partiya  o ‘z  mafkurachilari  va 
publitsisttarini  yetishtirib  chiqardi.  M atbuot  kuchi  ular  tomonidan  ilk  bora 
siyosiy  kurashdagi  ta ’sirchan qurol  sifatida  foydalanildi.  Davriy  nashrlar  va 
siyosiy  pamfletlar  inqilob  larafdorlari  hamda  uning  raqiblari  nom idan 
yozilardi  va  tarqatilardi.  Inqilob  arafasida  Karl  I  parlamentga  yoilagan 
ko'plab  maktublarda  qirollik  hokîmiyati  va  davlatning  kelib  chiqishiga  oid 
rasmiy  nuqtaî  nazar  o ‘z  ifodasini  topdi.  Karl  I  va  uning  tarafdorlari  bu 
hokimiyat  ilohiy  asoslaqza  ega  ekanligi  to ‘g ‘risidagi  g ‘oyani  qattiq  himoya 
qilardilar.  Burjuaziya  tarafdorlari  esa,  qirol  hokim iyati  va  feodallardan 
siyosiy  mustaqiUikni  talab  qilishdan  iborat  nuqtayi  nazarlarini  asoslab 
berishdi.  Ular  o ‘z  dalillarini  XVII  asrdagi  dastlabki  siyosiy  risolalardan 
olib,  o'sha  davrdagi  falsaíly  nazariyalarga  ishora  qilardüar.  Absolutizm 
raqiblari orasida  qirol  bilan  «xalq»  o ‘rtasidagi  ijtimoiy shartnoma  nazariyasi 
keng  yoyilib,  qirol  davlatda  shunga  yarasha  hokimiyatga  ega  bo'ldi.  Bu 
bilan  hokimiyatning  ilohiy  kelib  chiqishiga oid  g‘oya  ham   inkor etildi.
«Pamfletlar  urushi»  va  siyosiy  publitsistika.  Parlamentda  absolutizm 
tarafdorlari  va  muxoliflari  o'rtasida  avj  olib  ketgan  kurash  matbuot 
nashrlari,  asosan  siyosiy  pamfletlar  sahifalariga  toshib  chiqib,  «pamfletlar 
umshi»ga  aylanib  ketdi.  Bu davrda  pam fletlar jurnalistikaning  asosiy  shakli 
bo*lib  qoldi.  1640— 1663-yillarda  asosan  mustaqil  ravishda  15  mingga  yaqin 
pamflet  paydo  bo‘ldi.  Qirol  va  parlament  o ‘rtasidagi  keskin  siyosat  davom 
etgan  1642-yilning  o ‘zida  2  mingga  yaqin  pamflet  tarqatildi.  U  davrda 
pamfletlar vaqtli  nashilarga nisbatan  hoziijavoblik  bilan  chiqariiardi.
Siyosiy  nashrlar  tezkorligiga esa  bir qator sabablar  xatat berardi.  1641- 
yilda  cliiqarilgan  m atbuot  to ‘g‘risidagi  qonun  ichki  mavzularda  axborot 
berishni  umum an  taqiqlab  qo‘ydi.  Bosma  m ashinalam ing egalari,  noshirlar 
ko‘pi  bilan  oyiga  ikki  marta axborot sotib olar edilar.  Inqilobgacha  chiqqan 
gazetalar asosiy  maqsadî  moddiy foyda  ko‘rishdangina  iborat bo‘lgan tijoriy 
korxonalami  tashkil  qilardi.  Inqilob  boshlanishi  bilan  matbuot  siyosiy 
kurashning  faol  ishtirokchisiga  aylandi.  T ijorat  o ‘z  ahamiyatini  yo‘q o t- 
magan  holda,  boshqa  bir  vazifaga-siyosiy  m unozaraga  nisbatan  ikkinchi 
marraga  o ‘tib  qoldi.  Inqilob  vaqtli  m atbuotni  tashkil  etish  jarayonini 
jadallashtirib yu(x>rdi.
Shunday bir vaziyatda siyosiy publitsistika  asarlari  ancha  hayotiyligini, 
siyosiy  munozaralam ing  qulayroq  shakli  ekanligini  ko'rsatdi.  A ynan 
pamfletlar  sahifalaridan  davlat  hokim iyatining  kelib  chiqishi,  siyosiy

erkinlikiar:  vijdon  erkinligi,  fikr,  mulk,  so‘z  erkinliklari  to ‘g‘risidagi  masa- 
lalar tushmadi.
Buijuaziya  féodal jam iyat  bilan  o‘z  hayotiy  manfaatlari  uchun  kurash 
olib  borgan  davrida  «matbuot  erkinligi*  shiorini  ilgari  surdi.  Ingliz  pub- 
litsistlari  ayrim   siyosiy  arboblami  ham da  jamiyatning  turli  maishiy 
m e’yorlari,  tartib-qoidalarini  keskin  tanqid  qildilar.  Bu  esa  tanqidiy 
publitsistika  vujudga  kelishi  va  rivojlanishiga  t a ’sir  ko‘rsatdi.  Ingliz  inqilobi 
demokratik jurnalistikaga  asos  soldi,  siyosiy pam fletlar va  davriy matbuotni 
o ‘z ehtiyojlariga  b o ‘ysundirdi.
M am lakatda  X V III  asrda  kundalik  siyosiy  gazeta  paydo  bo‘lib,  ilgari 
iqtisodiy  m avzularda  faqat  sharhsiz, 
izohsiz  axborot  berib  kelgan 
publitsistika  va  k o ‘p   sonli  axborotnomalarning  talaygina  jihatlarini  o ‘zida 
mujassamlashtirdi.
1640-yiIlar  atro ñ d a  Londonda  haftaliklar  chiqarila  boshladi,  ulaming 
ayrimlari  siyosiy  m unozaralaiga  kirishdilar.  Masalan,  Mirgmonu  Nidxem
1643-yildan  1646-yilgacha  nashr  etgan  «Mercuris  Britanikus*  (Britaniya 
axborotnomasi)  gazetasida  awaliga  xalqqa  qarshi  qaratilgan  tanqidiy 
maqolalar  e ’lon  qilganligi  uchun  qirol  qatl  etilganidan  keyin  Kromvel 
tom onidan  sud  qilindi.  Nidxem  1650-yilda  «Mercurius  Politicus*  (Siyosiy 
axborotnoma)  gazetasini  nashr  etishga  kirishib,  uni  1660-yiIgacha  chiqarib 
turdi.  G eneral  T.  Ferfaks  nomidan  «A  Perfect  Diurnal*  'yoki  «Journal* 
nashr  etildi.  M obbot  tom onidan  nashri  yo‘lga  q o ‘yilgan  «Moderate*  level- 
lerlar qarashlarini  ifodalar edi.
Pamflet  publitsistikasi  juda  ko'plab  nom lar  va  ismlarni  mamlakatga 
tanishtirdi.  M asalan,  M.  Nidxem  gazetalar  nashr  etish  barobarida  pamflet 
yozish  ijodi  bilan  ham   shug'ullandi.  Qirol  qatlidan  keyin  u  «Ingliz 
respublikasi  ¡shining  himoyasi*  pamfletini  e ’lon  qildi.  Huquqshunos, 
independentlar  partiyasi  vakili,  qirol  bilan  parlam ent  o ‘rtasidagi  bahs- 
munozaraning  faol  ishtirokchisi  Henri  Parker  jum alistika  bobida  Tomas 
Gobbsnning  (absolut  monarxiya  tarafdori,  royalist)  davomchisi  bo‘ldi. 
Parker  1649-yiIga  qadar'  qirolning  parlamentga  maktublariga  o ‘z  javob- 
landa 
parlam ent 
yetakchilarining  jamiyat 
siyosiy 
qurilishiga 
doir 
qarashlarini  ifodalab  keldi.  Gobbs  singari  u  ham  mavjud  munosabatlarga
o  z  tushuntirishlarini  tabiiy  huquq  va  shartnoma  daviati  nuqtayi  nazaridan 
kelib  chiqib  bayon  qildi,  biroq  ayni  paytda  monarxiya  tarafdori  bo‘lib 
qolaverdi.  X V II-X V III  asrlarda  aynan  tabiiy  huquq  va  ijtimoiy  shartnoma 
nazariyasi  keng  om m alashib  ketdi.  U  birinchi  burjua  inqiloblarining  naza- 
riy negizi  b o iib   qoldi.
Ingliz  va  fransuz  inqiloblarini  yuz  yildan  ko‘proq  vaqt  ajratib  turadi. 
Shu  davr  m obaynida  tabiiy  huquq  va  shartnoma  daviati  nazariyasida  ayrim
o  zgarishlar  yuz  berdi.  1642-yilda  u  1789-yildagiga  qaraganda  boshqa- 
charoq  izohlanardi,  biroq  uning  asoslari  o ‘zgarishsiz  qoldi.  Ingliz  faylasufi 
Tomas  Gobbsni  ushbu  nazariyaning  asoschilaridan  hisoblashadi.  Gobbs 
fikricha,  davlat  insonlam ing  o ‘zaro  tuzgan  shartnom alari  natijasida  tashkil 
topib,  kimlargadir  hokim iyat,  boshqalarga  (aksariyat  ko‘pchilikka)-davlat 
masliinasi  yordam ida  ta ’m inlab  turiladigan  xavfsizlik  va  tartib  ato  etadi.

Gobbs  kuchli  davlat  hokimiyati-monarxiya  tarafdori  edi.  U ning  «Fuqaro 
tug‘risida»gi  risolasi  qirol  hokimiyatining  hipioyasi  uchun  yozilgan  b o ‘lsa- 
da,  m uallif xohishiga  zid  ravishda  dem okratiya  rivojiga  xizmat  qildi.
Angliyada  monarxiya  qayta  tiklanganligiga  va  XVIII  asm ing  so‘nggi 
o ‘n   yilligiga  qadar  Yevropa  davlatlari  qirollar  sulolalarining  cheklanm agan 
hokimiyati  orqall  boshqarib  keiinganligiga  qaramasdan,  shartnom a  davlati 
nazariyasi  g‘oyat  keng  tarqaldi.  Jahonga  mashhur  «Ijtimoiy  shartnom a 
to ‘g‘risida  yoxud  siyosiy  huquq  prlnsiplari*  risolasining  muallifi  Jan   Jak 
Russo  ushbu  nazariyani  rivojlantirishga  ulkan  hissa  qo’shdi.
2-fasl. Yetakchi  publitsistlar
Ingliz  pamflet jumalistikasining  eng  yorqin,  ajoyib  vakillari  monarxiya 
muxoliflari  orasida  boiishdi.  U larning  ijodi  AQSH,  Fransiya  va  boshqa 
mamlakatlarda  ilg‘or  fikrlar  ravnaqiga  kuchli  ta ’sir  ko'rsatdi.  Jon  M ilton, 
Jon  Lilbem,  Jerard  Uinstenli  publitsistik  faoliyati  alohida  e ’tiborga  m o- 
likdir.
M tlton  ingliz  burjua  inqilobining  eng  taniqli  publitsistlaridan  edi. 
Ingliz  shoiri,  keng  mashhur  bo‘lgan  «Boy  berilgan  jannat*,  «Qayta  tik- 
langan  jannat»  asarlari,  «Pahlavon  Samson»  fojeasi  va  boshqa  asarlar 
muallifi  Jon  M ilton  o ‘z  xalqining  o 'g io n i  o'laroq  Angfiyada  avj  oiayotgan 
voqealarga  befarq  turolmas  edi.  Shu  voqealar  ta ’sirida  u  «Angliya  cher- 
kovlarining  islohotlari  va  unga  m onelik  qilgan  sabablar  xususida*  (1641), 
«Episkoplik  haqida»  (1641),  «R em onstrantni  Smektimnuusdan  him oya 
qilishga qarshi  e ’tiroz»  (1641),  «Cherkov qurilishining  mazmuni»  (1642)  va 
boshqa bir qator risolalar,  pamfletlar yaratdi.  Pamfletlaridan birida o ‘z vatanida 
avj  olib  ketgan  ozodlik  kurashidan  chetda  bo'lishi  qiyin  ekanligini  yozgan  edi. 
U  mavjud  cherkov  tartiblarmi  to ‘liq  inkor  qilib,  oliy  ruhoniylami  puri- 
tanlaming ta ’qib etilishida aybladi,  cherkov erkinligini  madh qildi.
«Cherkov  qurilishining  mazmuni*  pamfletida  cherkovning  davlatdan 
ajratilishini  yoqlab  chiqdi. 
0
‘sha  davr  bahs-m unozara  adabiyotida  qabul 
qilingan  taomilga  binoan  M ilton  o ‘z  daiil-isbotlarida  Bibliya,  Injil, 
«Avliyolar  hayoti»  diniy  kitoblaridan  kelib  chiqib  fikr  yuritdi.  Cherkovning 
episkoplikdan  (oliy  darajadagi  ruhoniylardan)  mustaqilligini,  presviterian- 
laming  o ‘z  cherkov  (qirolga  b o ‘ysunuvchi  va  davlat  ishiga  aralashish 
huquqiga  ega  bo‘lgan  hukmron  ingliz  cherkovidan  farq  qiluvchi)  tash- 
kilotiga  ega  bo‘lish  huquqini  him oya  qilish  Miltonni  um um an  vijdon 
erkinligini  mudofaa  etishga  boshlab  keldi. 
0
‘z  risolalari,  pamfletlarida  u 
insonlarning  qonun  oldida  baravarligini  himoya  qildi.
Qirol  qatl  etilganidan  keyin  ingliz  dem okratik  harakati  yetakchilariga 
royalistlar,  qirol  zotining  daxlsizllgi  tarafdorlari  hamla  qila  boshladilar, 
independenttam i  ayblovchi  bir  q ato r  pam fletlar  paydo  b o id i.  Yevropa 
mamlakatlari  Angliyaga  harbiy  yurish  tashkil  qilish,  qirolni  qatl  etganligi 
uchun  jazolash  talabini  ilgari  surishdi.  Natijada,  publitsistlar  oldida  go‘yo 
azob-uqubatlarga  giriftor  etilgan  qirolning  «muqaddas*  tim solini  fosh 
qilish,  xalqning  haqligini  ko'rsatish vazifasi  ko‘ndalang turdi.

M iltonning  «Qirollar  va  hukumatlarning  burchlari*  pamfleti  1649-yil 
fevralda  qirol  qatl  etilishi  bilanoq  e ’lon  qilindi.  So‘ngra  uning  «Butparast 
kurashchi»  (1649),  «Ingliz  xalqining  himoyasi*  (1650),  «Ingliz  xalqining 
ikkinchi  himoyasi»  (1654),  «Respubiika  o ‘matishning  tez  va  oson  yo‘li* 
(1660),  « 0 ‘z-o‘zingni  him oya  qilish»  (1655)  singari  pamfletlari  ommaga 
yetib  bordi.
Ularda  Milton  qirollik  hokimiyatining  kelib  chiqishi,  podshohlar  va 
hukum atlar  huquqi,  Karl  Ining  qilmishlari  to ‘g‘risidagi  Yevropa  jam oat- 
chiligini  qiziqtirgan  m asalalar  xususida javob  berdi.  «Qirollar  va  hukumat­
larning  burchiari»  pam fletida  publitsist  Milton:  «Barcha  odamlar  erkin 
tu g ‘ilganligini  inkor  qiladigan  darajada  esi  past  bo‘lgan  inson  yo‘q*.  deb 
yozdi.  Davlatning  shartnom a  nazariyasi  xususida  u:  «Odamlar  hokimiyatni 
bitim   asosida berishgan.  Q irol  va  hokimiyat  ishonib  topshirilgan  barcha  uni 
suiiste’mol  qilar ekan,  xalq  bunday  hokimiyatga  tobelikda  qolmaslik  kerak, 
deb  hisoblashi  mumkin»,  deya  ko'rsatgan  edi.
«Butparast  kurashchi»  pamfleti  xususida  gap  ketar  ekan,  Milton  uni 
o ‘z 
mamlakatini 
respublika  dushmanlaridan 
mudofalash 
maqsadida 
yaratganligini,  chunki  «Qirol  Haqiqat  uning  uchun  Karl  Idan  muhimroq« 
ekanligini  yozdi.  Tarixiy  esse  shaklida  yaratilgan  bu  pamfletda  qirol  qatl 
etilishigacha  bo‘lib  o 'tgan  barcha  voqealar,  uning  ingliz  xalqiga  qarshi 
shafqatsizligi  va jinoyatlari  boshdan-oyoq  kuzatib chiqiladi.  -
Afsuski,  1660-yili  qirollik  hokimiyati  qayta  tiklangandan  keyin 
jam oatchilik  palatasi  M iltonning  «Ingliz  xalqini  himoya  qilish»  va 
«Butparast  kurashchi»  kitoblarini  yoqish  va  unga  qarshi  sud  ishi  qo‘zg*atish 
to ‘g ‘risida  qaror  chiqardi.  1660-yil  27-avgustda  uning  kitoblari  yoqib 
tashlandi.
M iltonning  aksilepiskoplik  risolalaridan,  monarxiyani  chegaralash 
t o ‘g ‘risidagi  talablaridan  tortib  yorqin  siyosiy  pamfletlarigacha,  xalq  ho­
kimiyati  qonuniyligining  tasdiqlanishigacha  bo'lgan  siyosiy  qarashlarining 
tadrijiy  rivojlanishi  qonuniy  asosga  ega  bo'lib,  ularda  o'sha  davr  shart- 
sharoitlari  ham  publitsistning  shaxs  sifatidagi  xususiyatlari  ham,  o ’z  aksini 
topdi.
Jo n   Miltonning  *Areopagetika*si.  «Areopagetika»  (Angliya  parla- 
m entiga  matbuot  erkinligi  to ‘g‘risida  nutq  shaklidagi  ochiq  xat,  1644) 
risolasi  M iltonning  eng  ajoyib  publitsistik  asari  hisoblanadi.  Bunday 
pam fletni  yozish  fikri  unda  1633—1639-yilIarda  Italiyada  bo‘lib  turgan 
paytlaridayoq  tug'ilgandi.  M ilton  o'zining  aksilepiskoplik  pamfletlarida 
so‘z  erkinligi  talablarini  ilgari  sura  boshlagan  edi.  «-Ajralish  haqida*gi 
pam fletini  nashr  etganligi  u chun  uning  ustidan  bo‘lib  o ‘tgan  sud  jarayoni 
ushbu  pamfletni  yozishiga  ham   sabab  bo'ldi.  Kitobfurushlar  kompaniyasi 
uni  oldindan  senzura  qildirib  olish  to ‘g‘risidagi  qonunni  bu^anlikda 
aybladi.
M ilton  aynan  parlam ent  a ’zolariga  qaratilgan  nutq  shaklida  yozilgan 
«Areopagetika»da  matbuot  erkinligi  talabini  birinchi  bor  aniq  va  ravshan 
ifodalab,  asoslab  bergan  edi.  M uallif  grek  notig'ining  Afina  qonun  chi- 
qaruvchi  oliy  organiga  (areopag-M ilton  o ‘zi  murojaatini  yo'naltirgan

parlam entni  grekcha  shunday  atagan)  qarata  so'zlagan  nutqini  nam una 
sifatida  oldi.
«Areopagetika*da  senzuraga  qarshi  uchta  asosiy  dalil  ajratib  k o ‘r- 
satilgan:
1)  u   inkvizitsiya,  ya’ni,  Yevropa  Reformatsiyasi  tom onidan  rad  etilib, 
o ‘z davrini  yashab bo‘lgan;
2
)  senzura  befoyda  bo‘lishga  m ahkum ,  zero,  so‘z  kuchliroqdir,  uni 
taqiqlash esa  faqat  muvaqqat va  shartli  bo‘lishi  mumkin;
3)  yomonlik  mag'lub  etilmagan  sharoitda  senzura  qanday  b o ‘lmasin, 
fanga,  haqiqat  va  hatto  hokimiyatga  o'nglab  bo‘lmas  darajada  zarar 
yetkazishga  qodirdir.
M ilton  taklif  qilgan  muqobillik-jazosizJik  emas,  boshboshdoqlik 
(anarxiya)  emas,  balki  qat’iy,  biroq  oqilona  jazolovchi  qonun  b o ‘lmog‘i 
lozim.  M atbuot erkinligi-bu  ma’suliyat  degani  hamdir,  biroq  so‘zni  o ‘zicha 
erkin  am r  qilish  darajasida  izohlashga  ustam on  hukum at  va  cherkov 
senzori  oldidagi emas,  balki  qonun  va  sud  oldidagi  mas’uliyatdir.
Pamflet-risolaning  vazifasi  Parlam ent  oldindan  senzura  qilish  to ‘g ‘- 
risida chiqargan  qonunnmg bekor qilinishiga  erishishdan  iborat  edi.  M ilton 
1856-yildayoq  Yulduzlar  palatasi  chiqargan  matbuot  haqidagi  qonunni 
P arlam ent 
qayta tiklamasligi  kerak,  deb  ta ’kidlagandi.
M ilton  «Areopagetika»da  m atbuot  erkinligi  huquqi  «qo'pol  matbuot* 
vakillariga  emas,  balki  «eng  yaxshi,  eng  qobiliyatli  kishilarga*  kafolatlanishi 
kerak,  deya  yozgan  edi.  Saylovda  qatnashish  huquqiga  ega  xalq  deganda,  u 
birorta  mulkiga  ega  bo'Igan  ham da  joylarda  va  grafliklarda  ovoz  berishda 
qatnashgan  kishilami  nazarda  tutardi.  Uydirmalardan  iborat  kitoblam i 
taqiqlash  huquqini, jamiyatning eng  yaxshi  a ’zolari  ta ’rifini  bir q ad ar o'ziga 
xos  ravishda  tushuntirganligiga  qaram asdan,  um um an  olganda,  M iltonning 
matbuot  erkinligiga  oid  chiqishlari  tarixiy  ahamiyatiga  ega  bo'ldi.  M asalan, 
graf  Mirabo  «Areopagetika»ni  fransuz  tiliga  taijim a  qilib,  Parijda  nashr 
ettirdi.  Jan  Pol  Marat  esa  Milton  g*oyalarini  yanada  rivojlantirib,  aytilgan 
barcha  fikrlar va axborotni  muallifning  yutug‘i  deb  bildi.
Jon  Lilbem  ingliz  buijua  inqilobi  demokratik  kuchlari  fikrlarining 
ifodachisi,  in d e p e n d e n ts  partiyasi  so ‘l  qanotining  yetakchisi,  otashin 
kurashchi  va  cheklanmagan  monarxiya  raqibi,  parlament  tarafdori  edi.  Ilk 
pamfletlarini  u  l638—\640-yillarda  Flit  qamoqxonasida  yotganida  yozdi. 
Publitsist  «Jon  Lilbemga  nisbatan  vahshiyona  qilmishlar*,  «Kambag‘al 
kishilar  yig‘isU,  «Qamoqxona  nazoratchisiga  ochiq  xat*,  «Xalqqa  m uro- 
jaat*  va  boshqa  pamfletlarida  ayrim   shaxslarga  nisbatan  adolatsizlik  qilin- 
gan  hollar  haqida  yozdi,  fuqaro  huquqlariga  doir  m asalalami  ko‘tarib 
chiqdi.
Lilbernning  yangi  turkumni  tashkil  etuvchi  «Xoh  qirol  b o isin ,  xoh 
parlament  yoki  yana  kim  bo‘lishidan  q a t’i  nazar,  Angliyada  buyuk  zo‘ra- 
vonlikka  qarshi  qaratilgan  tug'm a  huquq  himoyasi»,  «Aybsizlik  va  haqiqat* 
(1645),  «Erkin  kishiga  erkinlik»,  «Angliyaning  yangi  zanjirlari»  (1643) 
singari  asarlari  «Leveller  pamfletlari*  nom ini  oldi.  Bu  yerda  muallifning 
ismi  ikkinchi  marraga  o ‘tib  qolgan.  Lilbem   ularda  imtiyozga  ega  b o ‘l-

m agan qatlam iam ing  davlatni  boshqarish  va  monarxiyaga  qarshi  qatnashish 
h uquqi  uchun  qirol  ham da  cherkov  bilan  kurash  olib  borganlar  nomidan 
fikr bildiradi.
Lilbem ning  pam fletlari  dastlab  royalistlar partiyasini  q o ‘rqitgan  bo'lsa, 
keyinchalik  boshida  uni  q o ilab -q u w atlab   turgan  presviterianlar  va 
independentlar  qalbiga  ham   g ‘ulg‘ula  soladigan  b o ld i.  Xalq  hurligining 
sobitqadam   tarafdorlaridan  bo 'lg an   Lilbem  hokimiyat  tepasiga  kelishi  bilan 
xalq  oldidagi  o ‘z  m ajburiyatlarini  unutib  qo‘yadigan  parlam entni  dadil 
tanqid  qildi.  Bir  tom ondan,  u   barchaning  qonun  oldida  tengligini,  xususiy 
m ulkni,  tadbirkorlik  faoliyatida  teng  huquqlilikni  him oya  qildi,  biroq, 
boshqa  tom ondan,  xizm atkorlar,  xayr-sadaqa  hisobiga  kun  ko‘radiganlar 
h am d a  qirolga  qurol  bilan  xizm at  qiladiganlami saylov  huquqidan  màhrum 
etish n i taklif qildi.
Lilbern  aytgan  va  yozgan  so‘zlari  uchun  butun  um ri  davomida  ta ’qib 
ostida  bo'ldi:  puritanlar  pam fletlarini  tarqatgani  uchun  qirol  hokimiyati 
to m o n id an ,  «Angliyaning  yangi  zanjirlari»  va  «Yangi  zanjirlarning  ikkinchi 
qism i»  pamfletlarini  yozgani  va  tarqatgani  uchun  presviterianlar  va 
independentlar parlam enti tom onidan  ta’qib  qilindi.
Yersiz  dehqonlar  m anfaatlarini  himoya  qiluvchi  Jerard  Uinstenli 
inqilobning  eng  radikal  oqimi-diggerlar  harakatining  boshida  turdi.  U 
nafaqat  m onarx  hokim iyatini,  balki  loidlar  va  yer  egalari  hukmdorligini 
ham   rad  etardi.  Faqat  ijtimoiy  tenglik emas,  balki  shu  bilan  birga  iqtisodiy 
tenglik  ham   b o iish in i  talab  qilganligi  uchun  uni  sotsial-utopist  sifatida 
ta'riflashadi.
Uinstenlining  «Yangi  adolat  qoidalari*,  «Haqiqiy  leveller  m anifesto, 
«Angliyaning  kam bag'al,  ezilgan  xalqi  deklaratsiyasi»  va  boshqa  eng 
salm oqli  asarlari  respublika  e ’lon  qilingan  va  diggerlar  harakati  faollashgan 
1649-yilda  paydo  b o id i.  U   o ‘z  pamfletlarida  xususiy  mulkchilikni  qat’iy 
rad  etib,  kam  yerli  dehqonning jam o a  yerini  erkin  tasarruf qilish  huquqini 
him oya  qilib  chiqdi.  Dalil  sifatida  u  azaldan  Xudo  barcha  oldida  baravar 
boiganligiga asoslandi.  Yer barcha  uchun:  «hayvonlar uchun  ham ,  insonlar 
u ch u n   ham   um um iy xazina  b o ‘lishini  ko‘zlab  yaratilgan»  deb  hisoblardi  u.
U instenli  yerga  xususiy  mulkchilikning  paydo  b o iish in i  norm an- 
diyaliklar  Angliyani  bosib  olgan  (1066-yilga  nisbat  berardi.  Kromvelning 
q o ilab -q u w atlash ig a  um idvor  b o ‘lgan  publitsist  unga  «Erkinlik  qonuni* 
pam fletini  bag‘ishladi.  Ayni  bir  paytda  u  o ‘z  pamfletlarida  diggerlar  «qurol 
kuchi  bilan  em as,  ishontirish,  Angliyaning barcha  halol  kishilariga  namuna 
bo “lib  xizm at  qiladigan  jam oa  xo‘jaligini  tashkil  qilish  y o ii  bilan  harakat 
qilishganini»  ta ’kidlardi.  Uinstenli  g ‘oyalari  Buyuk  fransuz  inqilobi  davrida 
G .B abyof tom onidan  rivojlantirildi.
M atb u o t  erkinligiga  inglizcha  nuqtayi  nazar.  Burjua  inqilobi  Angliya 
m atbuoti  rivojlanishiga  turtki  berdi.  Yulduzlar  palatasi  (sud)  deb  nomlan- 
gan  tashkilot  bekor  qilindi.  Dastlabki  paytlarda  bu  m atbuot  nashrtari 
ustidan  davlat  nazoratini  tugatishga  ko'maklashdi. 
0
‘z   fikrlarini  keng 
om m aga  yetkazish  istagida  bo'lgan  mualliflar  soni  keskin  oshib  bordi, 
jam iyatda  ijtimoiy-siyosiy  muam m olarga  qiziqish  uyg'ondi.  1641-yildan

1663-yilga  qadar  umumiy  hisobda  22255  nomdagi  m atbuot  nashilari 
(kitob,  gazeta, jurnallar) chiqib  turdi.
Inqi lob  rivojlanib  borgani  sari  ingliz  matbuotini  senzuraning  qat'iy 
qoliplariga  solgan  bir  qator  chora-tadbirlar  ko‘rildi.  Inqilobning  birinchi 
bosqjchi  1641-yil  12-mayda  qirolning  bosh  maslahatchisi  StarfTordm  qatl 
etish  bilan  yakun  topdi, 
22
-iyulda  esa  parlamentning  quyi  palatasi 
tom onidan  matbuot  haqidagi  birinchi  qonun  hujjati-«Obshchinalar  palata- 
sining  pariam ent  majlislari  haqidagi  hisobotlarini  e ’lon  qilish  to ‘g'risidagi 
qarori»  chiqarildi.  1643-yil  14-iyulda,  tashabbus  hali  qirol  q o ‘lida  bo'lgan 
birinchi  fuqarolar  urushi  paytida,  pariam ent  matbuot  erkinligiga  yangi 
cheklovni  joriy  etdi.  Bu  qonun  talabchan  senzuraiu  kiritib,  uni  buzganlik 
uchun javobgariik  chorasini  belgiladi:  «Birotta  kitob,  risota  yoki  varaqa  oidin- 
dan  buning  uchun  tayinlab  qo'yilgan  kishilar yoki  hech  bo‘lmaganda  ulaming 
biri tomonidan  ko‘rib chiqilmasidan bosishga berilishi  mumkin emas».
(647-yiIda  Uzoq  parlamentning  yangi  ordonansi  chiqdi,  unga  binoan 
biror  narsani  chop  etishga  oldindan  ruxsat  olish,  muallif  va  bosm axona 
egasining  ¡smini  albatta  ko‘rsatish  lozim  edi.  Parlament  kitob  chop  etish 
bo‘yicha  komissiya  zimmasiga  maxsus  ruxsatnomasiz  adabiyotlar  chiqara- 
yotgan  har  bir  bosmaxonani  izlab  topib,  dastgohlari  va  qoiyozm alarini 
yo‘q  qilib  tashlash,  bosmaxona  egasini  esa  qamoqqa  olish  majburiyatini 
yukladi.
1649-yiida  pariament  oldingi  taqiqlarni  yanada  qat'iylashtiruvchi 
«Ruxsat  etilmagan  va  g'azabni  keltiradigan  kitoblar  ham da  pam fletlar 
hamda  kitob  chop  etishni  yaxshiroq  tartibga  solish  to ‘g‘risida  hu]jat»ni 
chiqardi.
Bu  qonunlar  bir  jihatdan  royalistlarga  qarshi  kurashga  qaratilgan 
bo‘lsa-da,  ular  parlamentni  xalq  omm asiga  eng  yaqin  turuvchi  so 'l  qanot 
(Lilbem  va  Uinstenli)  ta ’siridan  him oya  qilniasiigi  kerak  edi.  Hokim iyat 
senzura  talablariga  to ‘liq  rioya  etilishini  nazorat  qila  olm ay  qoladigan 
ijtimoiy  larzalar davrida senzuraga qarshi  kurash  keskinlashib  ketardi.
Bu  kurashda  Jon  Milton  haqli  ravishda  matbuot  erkinligi  naza- 
riyasining  asoschisi  hisoblanadi.  Levellerlar  demokratik  harakatining  rah- 
namosi  Jon  Lilbem  uning  matbuot  erkinligi  to ‘g‘risidagi  g‘oyasini  yanada 
rivojlantirdi.  Masalan,  u  matbuot  erkinligi  talabini  savdo,  ishlab  chiqarish, 
va’zlar  aytish  va  boshqa  sohalardagi  monopoliyalami  yo‘q   qilish  talabi 
bilan  bir  qatorga  qo‘ydi.  Lilbem  presviterianlar  hokimiyatini  alm ashtirgan 
independentlar  o ‘z  va’dalarini  bajarmayotganliklarini  ko'rgan  zahoti 
«Angliyaning  yangi  zanjirlari*  pamfleti  orqali  hukumatga  m unosabatni 
o'zgartirish  talabi bilan  chiqdi.
Ingliz  burjua  inqilobining  aham iyati  shundaki,  u  ijtimoiy  fikr  oldida 
bir  qator  muhim  siyosiy  masalalarni  ko‘ndalang  qo‘ydi.  Uning  yo‘Ibosh- 
chilari  esa  so‘z,  matbuot  erkinligi,  davlat  qurilishining  yangi  nazariyasi 
ishlab  chiqilishiga  asos  soldilar.  M am lakat  siyosiy  yo‘lining  o'zgarishi  bilan 
gazetalar soni  va  adadi  ham jadal  o 'sa   boshladi.  1688-yüi  i?iyosiy to 'ittan sh  
natijasida  Styuartlar  sulolasi  ag'darilib,  mamlakat  hayotida  liberallashtirish 
boshlandi.  Xullas,  ingliz  inqilobi  m atbuotning  ham  son,  ham  sifat jihatidan 
rivoj topishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.


Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling