Zbekiston respublikasi oliy va o‘


Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi ro`li


Download 0.57 Mb.
bet4/18
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1123429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Sherkulov Sh 1- KURS DASTURI

11.

Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi ro`li.

4

2023 yil avgust oyi




11.1

Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi.

11.2

Soliq tizimi va uning vazifalari. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari.




12.

Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy ro`li.

4

2023 yil avgust oyi




12.1

Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.

12.2

Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash. Davlatning ijtimoiy siyosati




II.

IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

13.

“Iqtisodiy ta`limotlar tarixi” faniga kirish. Fanning predmeti va o‘rganish usullari

2

2023 yil sentabr oyi




14.

Qadimgi dunyo iqtisodiy g‘oyalari

2

2023 yil sentabr oyi




15.

O‘rta Osiyodagi temuriylar davrigacha bo‘lgan iqtisodiy g‘oyalar

2

2023 yil sentabr oyi




16.

Amir Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy siyosat

4

2023 yil sentabr oyi




17.

Bozor iqtisodiyotiga muholif - sotsialistik yo‘nalish mohiyati va uning tarixiy tadbiri

2

2023 yil oktabr oyi




18.

Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari evolyusiyasi. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining g‘oyalari.

2

2023 yil oktabr oyi




19.

Jahon xo‘jaligi to‘g‘risidagi iqtisodiy g‘oyalar.
O‘tish davrining mohiyati va ahamiyati

2

2023 yil oktabr oyi




20.

O‘zbekiston Respublikasidagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tish davri konsepsiyasi

2

2023 yil oktabr oyi




III.

ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI

1.

Ilmiy tadqiqot jarayoning o‘ziga xos metodologik xususiyatlari

2

2023 yil mart oyi




2.

Ilmiy tadqiqotni tizimli amalga oshirishning usul va vositalari

2




3.

Asosiy metodologik yondoshuvlar va tamoyillar

2




4.

Ilmiy tadqiqotda dalillarning roli

2




5.

Ilmiy tadqiqot metodlariga axborot va axborot texnologiyalarining ta’siri

2




IV.

EKONOMETRIKA

I.

Ekonometrika – Stata
Asosiy iqtisodiy-statistik tushunchalar va Stata ga kirish



30 soat

15.01.2023





Bir va ikkita kategorik o‘zgaruvchilarning tavsifiy statistikasi va grafikasi

20.01.2023





Oraliqlarni baholash va farazlarni sinash

22.01.2023





Kovariatsiya, variatsiya va korrelyasiya

27.01.2023





Qarama-qarshi modellar tahlili

29.01.2023





Oddiy chiziqli va murakkab ko‘p omilli regressiyalar

31.01.2023





O‘lchov, ishonchlilik va kuchlilik

03.02.2023





Endogenlik va natijaviy xulosa

05.02.2023





Logistik regressiya

07.02.2023





Yo‘qotilgan qiymatlar bilan ishlaydigan tanlov modeli

10.02.2023





Taqqoslashda modellashtirish

12.02.2023





Farqlashdagi farqlar identifikatsiyasi

14.02.2023




JAMI

100









Ilmiy rahbar: i.f.n. dots. B.E. Mamaraximov
Kafedra mudiri: i.f.n. dots. B.E. Mamaraximov


KIRISH

“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi 1-bosqich stajor tadqiqotchisi (PhD) Raximova Mohinur Dilshod qizi uchun ilmiy rahbar i.f.n. dots. Mamaraximov Bekzod Erkinovich tomonidan ishlab chiqilgan mazkur nazariy-metodologik kurs dasturi dissertatsiya mavzusining xususiyatidan kelib chiqib, 4 ta fanni o‘z ichiga qamrab olgan. Tanlab olingan mavzular bo‘yicha izlanuvchi o‘z bilimlarini chuqurlashtirishi va qo‘shimcha ravishda mavzuga yaqin bo‘lgan Scopus, Web of Science, Science Direct ma’lumotlar bazasidan ilmiy maqolalarni o‘rganishi va ularni qiyosiy tahlil qilishi lozim bo‘ladi.


Ishlab chiqilgan ushbu dasturda “Makroiqtisodiyot”, “Yashil iqtisodiyot”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Ekonometrika”, fanlarida mavjud bo‘lgan mavzular tanlab olingan bo‘lib, ushbu mavzular dissertatsiya mavzusi bo‘yicha “Raqamli iqtisodiyotga o’tish davrida YaIMda innovatsion xizmatlar ulushini o’stirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”ga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama hamda jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Shu kabi masalalar ketma-ketligini “2020-2021-yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori o‘zida mujassamlashtirgan. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon imzolandi. Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022—2026 yillarga mo’ljallangan O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mamlakatimiz zabt etishi nazarda tutilgan ulkan marralar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berildi va uning ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida muhim ahamiyatga ega yirik konsepsiya hisoblanadi. Undan ilmiy izlanishlar olib borishda, maqola, risola o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqishda va boshqa turdagi tadqiqotlarda samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, ya’ni innovatsiyalar orqali rivojlantirish, uning ko‘lamini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda Iqtisodiyot nazariyasi alohida o`rin tutadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani fundamental umumiqtisodiy fan sifatida jamiyatning iqtisodiy negizi, uning tarkibiy qismlari, umumiqtisodiy qonunlar va kategoriyala r, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning amal qilish qonuniyatlari, bozor iqtisodiyotining tarkib topish xususiyatlari, o’tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari, iqtisodiy o’sish va unga ta’sir etuvchi omillar, jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendentsiyalari kabi masalalarni qamrab olgan.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani talabalarni jamiyatda ro’y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi. Shuningdek, bu fan jamiyatning har bir a’zosini g’oyaviy jihatdan yo’naltirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
“Iqtisodiy ta`limotlar tarixi” fanini talabalarga o‘qitishning asosiy vazifalari iqtisodiy ta’limotlarning xususiyatlari, iqtisodiy rivojlanish bosqichlari, dastlabki iqtisodiy maktablarning yuzaga kelishi va rivojlanishi va uning asosiy yo‘nalishlari, bu boradagi nazariy qarashlar, uning asoslari va manbalari kabi bilimlar bilan talabalarni tanishtirish, O‘zbekiston Respublikasidagi Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijasida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlashdan iborat.
Vatanimizda bozor munosabatlarini rivojlantirish, ko‘p mulkchilikka asoslangan milliy iqtisodiyotni barpo etish va yuksaltirish yo‘lida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan ko‘p qirrali iqtisodiy islohotlar ilmiy izlanuvchilar oldiga beqiyos ulkan talablarni qo‘ydiki, ularga to‘la javob bera oladigan, har taraflama etuk va chuqur bilimli doktorantlarni tayyorlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu vazifani ilmiy asosda echish uchun doktoranturada ekonometrika va boshqa iqtisodiy fanlar o‘quv kurslarini tubdan takomillashtirish va qayta qurish bilan chegaralanib bo‘lmaydi. O‘quv jarayonlarining barcha jabhalarini isloh qilish, yangi talablarga monand ravishda yo‘l tutish zaruriyatini talab etadi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling