„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “iqtisodiyot” fakulteti
I- bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarni
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xojalik yerlaridan samarali foydalanish yollari mirishkor tumani turdialibobo fermer xojaligi misolida
I- bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarni
rivojlantirishning nazariy asoslari 1.1.Xalqaro amaliyotda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ilmiy- nazariy asoslari Sivilizatsiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xo‗jalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga ko‗ra rivojlanadi, ular xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor bo‗lishini shartlaydi. Ehtiyojlarning doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslarning juda kamligi va olisdaligi nafaqat alohida olingan davlat ichidagi hududlar o‗rtasida, balki turli davlatlar va jahon mintaqalari o‗rtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash vositalarini talab etadi. Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy rivojlanish va aholining o‗sishi notekis yuz beradi, bu ham xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zaruratini yuzaga keltiradi; ushbu jarayonlar yangi bozorlarni (tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, moliya va boshqa bozorlarni) rivojlantirishga, xom ashyoni olib kirishga, texnologiya va axborotlarni ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, madaniy va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalarga imkon yaratadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy, zakovat boyliklarining mamlakatlar o‗rtasidagi almashinishining turli yo‗nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo‗lib, o‗z rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi. O‗zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishishi va bozor munosabatlariga o‗tishi, sobiq Ittifoq parchalanganidan so‗ng O‘zbekiston geosiyosiy holatining birdan o‗zgarishi, bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha ko‗tardi. O‘zbekiston uchun nafaqat uzoq xorij, balki yaqin qo‗shnilar bilan ham xo‗jalik va savdo alokalari tashqi iqtisodiy aloqalarga aylandi. Shu munosabat bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyati keskin oshdi. Ayni vaqtda ham ayrim xo‗jalik subyektlarining, ham davlatning umuman tashqi iqtisodiy faoliyati mohiyati son va sifat jihatidan tubdan o‗zgardi. Tashqi iqtisodiy omilning kuchayishi amalga oshirilayotgan bozor o‗zgarishlari, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotida ichki bozorning tashqi bozor bilan hamkorligining shakllanayotgan butunlay yangi asoslari talablaridan kelib chiqadi. O‘zbekistonda ko‗plab korxona va birlashmalar, korporatsiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqdalar, xalqaro ishlab chiqarish hamkorligini butun choralar bilan kengaytirmokdalar va chuqurlashtirmokdalar. Tashqi iqtisodiy alokalarning ushbu shakllari milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta‘sir ko‗rsatadi. Ana shu ta‘sir natijalarining tahlili va xalqaro mehnat taksimotida ishtirok etishni hisobga olgan holda iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini belgilash tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchalarining mazmuni to‗g‗risidagi anik tasavvurga asoslanishi kerak. Tashqi iqtisodiy aloqalar — bu xalqaro xo‗jalik, savdo, axborot munosabatlari bo‗lib, mazkur munosabatlar tovar ayirboshlash, iqtisodiy va ilmiy- texnik hamkorlikning turli shakllari, ixtisoslashuv, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, qo‗shma tadbirkorlik, xizmat ko‗rsatish, valyuta va moliya-kredit operatsiyalarini amalga oshirishni ta‘minlaydi 3 . Shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalar — bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat esa tashqi iqtisodiy aloqalarni ro‗yobga chiqarish jarayonidir 4 . Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari shitob bilan rivojlanib borayotgan xozirgi davrda mamlakatda samarali tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiyotning yetakchi ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish tarmoqlarida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, raqobatbardosh milliy maxsulotlari, turli ko‗rinishdagi xizmatlari bilan dunyo bozorlarini zabt etish har bir davlatning bosh maqsadi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va fanni ixtisoslashtirish, xo‗jalik xayotini baynalminallashtirish jarayonidan obyektiv ravishda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi alohida olingan mamlakatlarning o‗zaro aloqalari va bir-biriga bog‗liqligining kuchayishi bilan belgilanadi. Dunyodagi turli mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish notekis yuz berganligi sababli xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zarurati yuzaga keladi, ya‘ni mamlakatlar orasida turli tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, xom ashyo, texnika-texnologiyalar ayirboshlash, madaniy va boshqa hamkorliklarni
3 "Прокушев Е.Ф. Внешнеэкономическая деятельность. Учебник. М.: Издательско- торговая корпорация «Дашковик и К°» 2006, 5-бет.
4 Hamedov I.A., Alimov A.M. O‗zbekiston Respublikasi tashki iqtisodiy faoliyati asoslari. T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi «Adabiyot jamg‗armasi» nashriyoti, 2001, 7-bet .
amalga oshirish ehtiyoji paydo bo‗ladi. O‘z navbatida har bir davlat o‗z milliy, iqtisodiy, siyosiy manfaatlarini ko‗zlagan holda mazkur jarayonlarda ishtirok etadi. Shunday qilib, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari turli sohalarda: tashqi savdo, faoliyatning ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, valyuta-moliya va kredit, axborot, madaniy va sport turlari, mehnat resurslarini olib o‗tishda o‗rnatiladn. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ana shu barcha turlarini quyidagi shakllarga birlashtirish mumkin: savdo (tovarlarni ayirboshlash, xizmatlar ko‗rsatish), qo‗shma tadbirkorlik, hamkorlikning boshqa turlari. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlar amaliyotida ayniqsa keng tarqalgan. Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar sivilizatsiya mahsuloti hisoblanadi. Ular davlatlar paydo bo‗lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi. Natural xo‗jalikdan tovar-pul munosabatlariga o‗tilishi alohida davlatlarning milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayirboshlashida keskin sakrashni tug‗dirdi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida baynalmilal aloqalar va xalqaro ayirboshlash kengayishi va chuqurlashiga olib keldi. Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy subyektlari o‗rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish - iqtisodiy munosabatlar tizimini tashqil etadi. Ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo uning ishlab chiqarish, savdo, investitsiyaga oid va moliyaviy faoliyatini qamrab oladi. Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarning mohiyati uning funksiyalarida aniqlanadi. Quyidagilar anna shunday funksiyalar hisoblandi: tabiiy resurslar hamda ularning ashyoviy va qiymat shaklidagi mehnat natijalari bilan xalqaro ayirboshlashning tashqil etish va xizmat ko‗rsatish; xalqaro mehnat taqsimoti mahsulotlari iste‘mol qiymatining xalqaro miqyosdagi e‘tirofi; xalqaro pul muomalasini tashqil etish.
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling