„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “iqtisodiyot” fakulteti
Viloyatning joriy yildagi iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish ko„rsatkichlari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xojalik yerlaridan samarali foydalanish yollari mirishkor tumani turdialibobo fermer xojaligi misolida
Viloyatning joriy yildagi iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish ko„rsatkichlari.
2014 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi oldingi yilga nisbatan 107,9 foizga, sanoat mahsulotlari hajmi 106,7 foizga, xalq iste‘moli mollari ishlab chiqarish 105,8 foizga, qishloq xo‗jaligi yalpi mahsuloti 106,2 foizga, pudrat ishlari 120,1 foizga, chakana savdo aylanmasi 116,2 foizga, pulli xizmatlar 111,7 foizga, jami xizmatlar 118,1 foizga oshgan. Tashqi savdo operatsiyalarida eksport hajmi 323,5 mln dollarini tashqil etmoqda. 2014 yilda bilan aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 3,6 mln so‗mni, sanoat mahsulotlari 2,2 mln so‗mni, xalq iste‘moli mollari ishlab chiqarish 380 ming so‗mni, jami ko‗rsatilgan xizmatlar 1,5 mln so‗mni, pullik xizmat ko‗rsatish 439,5 ming so‗mni, chakana tovar aylanmasi 1,5 mln so‗mni tashqil etdi. Barcha manbalar hisobidan 3,9 trln so‗mlik kapital mablag‗lar o‗zlashtirildi. 2014 yilda 281 ta sanoat korxonasi ishga tushirilib, ularning faoliyatini tashqil etish uchun 61,8 mlrd so‗m investitsiyalar jalb etildi. 2014-2016 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga asosan 7 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalar tomonidan 2014 yilda 10 mlrd so‗m miqdorida mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki belgilangan prognoz (1,7 mln so‗m) ko‗rsatkich 6 marta ko‗pga bajarildi. Misol uchun, Qarshi tumanidagi ―Santexyig‗majihoz‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyatning polimer-marmar vannalar ishlab chiqarish loyihasi bo‗yicha 1900 dona 475,8 mln so‗mlik, Qarshi shahridagi ―NASAF TOZA SIFAT‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyatning sintetik yuvish moslamalari loyihasi bo‗yicha 128 tonna 397 mln so‗mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. 2014 yilda mahalliylashtirish loyihalari tomonidan 41,2 mln dollar miqdorida erkin ayirboshlanadigan valyuta iqtisod qilib qolindi hamda 24,3 mln dollar miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Viloyatda xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish dasturida belgilangan ko‗rsatkichlarni amalga oshirilishi natijasida ko‗rsatilgan xizmatlar hajmi 4,5 trln so‗mga yetdi. Jami xizmatlarning qishloq joylardagi ulushi 1,5 trln so‗mni (32,1 foiz) tashqil etdi. 2014 yilda 1147 ta xizmat ko‗rsatish va servis shoxobchalari tashqil etildi va ularning 544 tasi qishloq joylarida faoliyat ko‗rsatmoqda. Xususan, 315 tasi chakana savdo va umumiy ovqatlanish, 52 ta moliya xizmatlari, 124 ta tikuvchilik, 123 ta sartaroshxona va go‗zallik salonlari, 29 ta suratxona, 55 ta poyafzal ta‘mirlash, 17 ta maishiy texnikalarni ta‘mirlash, 63 ta avtomobil va boshqa texnikalarni ta‘mirlash ustaxonalari, 7 ta ta‘lim va 10 ta sog‗liqni saqlash xizmatlari ko‗rsatuvchi subyektlar tashqil etildi. Shuningdek, viloyatda 36 ta sun‘iy qoplamali stadionlar foydalanishga topshirildi. (Qarshi shahrida 21 ta, Shaxrisabz tumanida 7 ta, Muborak, Koson, G‗uzor tumanida 2 tadan, Qarshi, Nishon tumanlarida 1 tadan). Yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalangan holda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash yuzasidan ko‗rilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2014 yilda kichik biznesning 1578 ta yangi subyektlarini tashqil etishga ko‗maklashdi hamda ularning jami soni 17492 taga yetdi. Ularning 15808 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko‗rsatmoqda. Kichik biznes subyektlari tomonidan 1,1 trln so‗mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilidi, 551 mlrd so‗mlik qurilish ishlari bajarildi. Tijorat banklari tomonidan 10535 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 500 mlrd so‗m kredit mablag‗lari ajratildi. Natijada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoat mahsulot-laridagi ulushi 2013 yildagi 10,1 foizdan 16,9 foizga (6,8 bandga), qurilish ishlaridagi ulushi 73,9 foizdan 74,9 foiz (1,0 bandga) o‗sishga erishildi. 2014 yil viloyat qishloq xo‗jaligi uchun ijobiy natijalar yili bo‗ldi. Qishloq xo‗jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida viloyatda joriy yilda 1035,4 ming tonna g‗alla, 421,5 ming tonnadan ortiq paxta yoki 2013 yilga nisbatan 27,8 ming tonna ko‗p g‗alla hosili yetishtirildi. Hosildorlik g‗allachilikda suvli maydonlarda 54,4 sentnerni, paxtachilikda 26,3 sentnerni tashqil etib, 2013 yilga nisbatan mos ravishda 2,4 sentner va 0,7 sentnerga ortdi. 2013 yilda g‗alla va paxta yetishtirishdan 171,6 mlrd so‗m foyda olingan bo‗lsa, 2014 yilda 215,6 mlrd so‗m foyda olinmoqda. Bundan tashqari, 2014 yilda 110,7 ming tonna meva, 467,3 ming tonna sabzavot, 150,2 ming tonna kartoshka, 130,6 ming tonna poliz mahsulotlari ishlab chiqarildi, ushbu mahsulotlarning yetishtirish ko‗rsatkichi o‗tgan yilga nisbatan 10- 15 foizga ko‗paydi.
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling