Shartnomaviy narx - sotuvchi va xaridor o'rtasida kelishilgan va
shartnomada ko'rsatilgan aniq baho;
Odatda u yetkazib beruvchi taklif etgan bahodan past bo'lib, tijorat siri
sifatida hech qayerda oshkor etilmaydi.
Ma'lumot beruvchi narxlar maxsus nashrlarda, byulletenlarda,
davriy adabiyotlarda, kompyuter ma'lumot kanallarida e'lon qilinadigan sotuvchi
bahosi bo'lib, qoidaga ko'ra, ular ancha balandroq va kam harakatchan bo'ladi.
Mazkur tovar bozorda yuzaga kelgan umumiy dinamika va tendentsiyani
ifodalaydi.
Birja narxlari - birja orqali sotiladigan tovarlar bahosini aks ettiradi.
Bu asosan xomashyo tovarlari va yarim fabrikatlar bo'ladi. Birja savdosiga
qo'yilgan tovarning bozordagi konyunkturasini o'zida ifodalaydi, ko'p hollarda
noiqtisodiy omillar ta'siriga tushib qoladi; kelishuv chog'ida tovarning birja
kotirovkasining, tovarni yetkazib berishni, to'lovni va boshqalarni o'zida ifoda
ettirmaydi, kotirovka bahosi maxsus byulletenlarda bosib chiqariladi. Alohida
tovarlar turlarining kotirovka narxlari ko'pincha ayrim birjalarda tarkib topgan narx
darajasi va dinamikasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |