KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va
zakovat boyliklarining mamlakatlar o‗rtasida almashinishining turli yo‗nalishlari,
shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat
iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo‗lib, o‗z rivojlanishi uchun atroflicha
yondashishni taqozo etadi. O‗zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishishi va
bozor munosabatlariga o‗tishi, bosqichma - bosqich iqtisodiy islohotlarning amalga
oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy alokalarning rolini ancha
ko‗tardi. O‗zbekiston uchun nafaqat uzok xorij, balki yaqin qo‗shnilar bilan ham
xo‗jalik va savdo aloqalari tashqi iqtisodiy aloqalarga aylandi. Shu munosabat
bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyati
keskin oshdi. Ayni vaqtda ayrim xo‗jalik subyektlarining ham davlatning umuman
tashqi iqtisodiy faoliyati mohiyati son va sifat jihatidan tubdan o‗zgardi.
Tashqi iqtisodiy omilning kuchayishi amalga oshirilayotgan bozor
o‗zgarishlari, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti, ichki bozorning tashqi
bozor bilan hamkorligining shakllanayotgan butunlay yangi asoslari talablaridan
kelib chiqadi. Prezidentimiz. I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, "O‗zbekistonning
milliy manfaatlariga mos keladigan ko‗p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga
oshirish - davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni
bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‗oyat muhim
vositasidir
1
".
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy hayotida tashqi iqtisodiy
aloqalarning o‗rni beqiyosdir. Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bu-
investitsion faoliyatni rag‗batlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash,
ijtimoiy infrastrukturani kengaytirish, jahon bozorida salmoqli o‗ringa ega bo‗lish,
yangi texnologiyalar hamda erkin muomaladagi valyutaning kirib kelishini
ta‘minlash demakdir.
Hozirgi bosqichda tashqi iqtisodiy aloqalarning son va sifat jihatidan o‗sishi
bu jarayonlarni har tomonlama chuqur o‗rganishga yanada yuksak talablar
qo‗ymokda. Turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarning ishlab chiqarish, ilmiy -
texnikaviy, valyuta - moliya, xorijiy sheriklar bilan savdo - iqtisodiy aloqalarni
amalga oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari
hisoblangan eksportga mahsulot ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish, turizmni
rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarida ma‘lum bir
muammolar mavjud bo‗lib, ularning hal etilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi
1
I.A.Karimov O‗zbekiston buyuk kelajak sari. T.: "O‗zbekiston" 1998 y. 22-bet.
hisoblanadi. Bularning barchasi bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlash uchun
asos bo‗lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: