„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi vaqtda mafkuraviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo„lmoqda
2.Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari. "Mafkuraviy taxdid" muayyan millat, jamiyat, davlatning tinch-ligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsi-on tuzumni zaiflashtirish hamda buzishga yo‗naltirilgan, shaxs va jamiyat xavfsizligi, ma‘naviy, mafkuraviy, ruhiy dunyosiga tajovuz qiladigan g‗oyaviy-nazariy qarashlar va ularga asoslangan amaliyot majmuini ifodalaydigan tushunchadir. Uning mazmun-mo-hiyati, zararli oqibatlari va unga qarshi kurashish zarurligi O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma‘naviyat — yengilmas kuch» asarida har tomonlama va ishonchli dalillar asosida ko‗rsatib berilgan. Ushbu asarda ta‘kidlanganidek, tili, dini, e‘tiqodi-dan qat‘i nazar, har qaysi odamning tom ma‘nodagi erkin bo‗lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‗zda tutadigan mafkuraviy, g‗oyaviy va in- formatsion xurujlar bu boradagi tahdid va tajovuz hisoblanadi. Mafkuraviy tahdid va tajovuz vayronkor kuchlarning o‗z mod-diy, siyosiy manfaatlarini ko‗zlagan holda har xil markazlar tomonidan biron-bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki tashqa-ridan turib, bevosita amalga oshiriladigan buzg‗unchilikning muayyan shaklidir. Ular o‗z maqsadlariga erishish uchun har qan-day usullardan, odamlarning ruhiy hissiyotlari, milliy tuy- g‗ulari, har qanday jamiyatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy mu-ammolardan, shuningdek, zamonaviy texnologiya, telekommunika-siya, OAV, Internetdan noxolislik bilan foydalanishga hara-kat qiladi. Hozirgi davrda mafkuraviy tahdid deganda, aholining ayrim qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbiga ta‘sir qilib, ular-ning qarashlarini o‗zlariga ma‘qul yo‗nalishda o‗zgartirish, di- niy ekstremizm, vayronkorlik, buzg‗unchilik, axloqsizlik g‗oyala-rini zimdan targ‗ib-tashviq etib, singdirish kabi g‗arazli maq-sadlar ham anglanadi. Ma‘naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz, tahdid o‗z-o‗zidan mamlakatning milliy manfaatlari, jismonan va ma‘nan sog‗lom avlod kelajagini ta‘minlash yo‗li-dagi jiddiy xatarlardan biridir. Mafkuraviy tahdid shakllari xilma-xil. Zero, tahdidchi-lar ko‗pincha turli niqoblar, jozibali shior va g‗oyalar niqobi ortida ish ko‗radi, turli-tuman usullardan foydalanadi. Bundai kuchlar ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy resurslar va imkoniyatlar mavjud bo‗lib, ular puxta o‗ylangan hamda da-vomli maqsadlarga xizmat qilmoqda. Hozirgi davrda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta yo‗qotishlar yuz bermoqda, millatlarning ma‘naviy qadriyatla-ri, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqmoqda, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolmoqda. Eng yomoni, bunday mafkuraviy xurujlarning pirovard maqsadi odamni o‗zi tug‗ilib o‗sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‗ularidan mahrum etishga, hamma narsaga loqayd bo‗lgan shaxsga aylantirishga qaratilgan. Xudbinlik va loqaydlik, mahalliychilik, korrupsiya va man-faatparastlik, boshqalarni mensimaslik, hasad, sotqinlik singa-ri illatlar ham ma‘naviy tahdid va tajovuzlar tarkibiga kiradi. Prezidentimiz ogohlantirgani kabi, hozirgi davrda turli eski va yangi goyalar kurashi har qachongidan ham ko‗ra shiddatli tus olmoqsa. Rang-barang, ba‘zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o‗rtasidagi fikr tala-shuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib, qonli to‗qnashuv-lar, ommaviy qirg‗inlarga sabab bo‗lmoqsa, odamlar boshiga behisob qayg‗u-kulfatlar solmoqda. Bu tortishuvlardan ko‗zlangan asosiy maqsad — inson, avvalambor, yoshlar qalbini egallash, muayyan mam-lakat yoki mintaqadagi biror xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg‗ula-riga ta‘sir o‗tkazish, uni o‗z dunyoqarashiga bo‗ysundirish, mafku-raviy jihatdan zaif va tobe qilishdan iborat. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi o‗z vaqtida qat‘iyat va iz-chillik bilan kurash olib borilmasa, turli zararli oqimlar O‗zbekistonga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarni o‗z girdobiga tortib ketishi, oqibatda ular ota-ona, el-yurt oldi-dagi burchi va mas‘uliyatini o‗ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan egoist-xudbinlarga aylanib qolishi mum-kin. Bizga mafkuraviy tahdid solishi mumkin bo‗lgan ayrim tash-kilotlar o‗rta asrlarda mavjud bo‗lgan musulmon xalifaligini tiklash yo‗lida faoliyat ko‗rsatmoqda. Albatta, bundan o‗n to‗rt asr burungi voqelikni bugun amalda qayta tiklab bo‗lmasligi ayon. Lekin ularning niyati — yagona mafkuraviy makon barpo etib, islom dinini siyosiylashtirish va shu asosda hokimiyatni qo‗lga kiritib, hukmronlik qilishdan iborat. Hozirgi davrdagi "erkin demokratiya" va turli "ochiq jamiyat modellari"ni eksport qilish, jamiyat va davlat qurilishi-ning "universal loyiha"larini tashqaridan tiqishtirish yo‗li-dagi urinishlar ham mafkuraviy tahdid va tajovuz sifatida baholanmog‗i lozim. Aslida, insoniyat tarixida barchaga birdek ma‘qul bo‗ladigan boshqaruv modeli hech qachon bo‗lmagan. Mafkuraviy tahdidning "ommaviy madaniyat" niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zo‗ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‗oyalarini tarqatish, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlar-ning necha ming yillik an‘ana va qadriyatlari, turmush tarzi-ning mafkuraviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‗porishga qaratilgan shakllari ham mavjud. Hozirgi vaqtda axloqsizlik-ni madaniyat deb bilish va aksincha, asl mafkuraviy qadriyatlar-ni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‗liq holat-lar taraqqiyot va yoshlar tarbiyasiga tajovuz qilmoqda. Mafkuraviy tahdid shakllarining aksariyati informatsion xu-ruj va uydirmalarni tarqatish orqali yuz bermoqda. Bugungi kunda tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‗lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etil-gan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan mafkuraviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Har birimiz mafkuraviy tah-didlarga nisbatan loqaydlik, beparvolik va beg‗amlik illatidan xalos bo‗lishimiz, xar bir fuqaro yurtimizda, jahonda sodir bo‗la-yotgan har qanday voqea, hodisa, jarayonlar menga, mening taqdi-rimga bevosita daxldor deb hisoblamog‗i darkor. Prezidentimiz ta‘-kidlaganidek, "Hozirgi o‗ta murakkab bir zamonda xalqaro maydon-da sodir bo‗layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‗lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo‗lmaydi" Mafkuraviy tahdid o‗z mohiyatidan kelib chiqib, eng avvalo, inson ongiga, tafakkuri va xulq-atvoriga xavf-xatar solmoqda. Inson ongi va qalbini vayronkor hamda buzg‗unchi g‗oyalar bilan izdan chiqarishga harakat qilish mafkuraviy taxdidning eng aso-siy mazmun-mohiyatini belgilaydi. Mafkuraviy tahdid muayyan jamiyat a‘zolarini yagona maqsad va muddaolardan chalg‗itib, mil-liy mentalitetga mos kelmaydigan begona g‗oyalar, fikrlar, maq-sadlar va qarashlarni chetdan turib eksport qilish jarayonida o‗zini yanada aniqroq namoyon qiladi. Hozirgi vaqtda mafkuraviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo„lmoqda: yurtimizdagi demokratiya qadriyatlari va demokratik ta-raqqiyot imkoniyatlariga nisbatan shubha bilan qarash holatini vujudga keltirish; odamlarni ezgu g‗oyalardan chalg‗itish, xayoliy farovon tur-mush tarzini va‘da qilish; jamiyat a‘zolari, ayniqsa, yoshlar tafakkurida milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‗ularini zaiflashtirish; —- xalqimiz urf-odatlari, milliy mentalitetiga begona odatlarni kiritishga intilish; ekstremistik ruhdagi diniy g‗oyalarni tiqishtirishga in-tilish; aholi o‗rtasida milliy taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‗otish; — jamoaparvarlik, ijtimoiy hamkorlik ruhini inkor etib, individualizm g‗oyalarini sun‘iy ravishda tiqishtirish. Mafkuraviy tahdidlarning nihoyatda keng qamrovli ekanligidan kelib chiqib, ularni quyidagicha toifalash mumkin: Birinchidan, jamiyatimiz a‘zolarining ongi va tafakkuriga ta‘sir qilishga qaratilgan xurujlar. Ma‘lumki, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy ongi va dunyoqara-shida hamda xulq-atvor normalarida ota-onaga, o‗zi yashayotgan mahalla jamoasiga, katta yoshdagi kishilarga chuqur hurmat bi-lan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik, mulohaza va andisha bilan munosabatda bo‗lish, jamoa fikriga nisbatan alo-hida ehtirom ko‗rsatish kabi xislatlar ustuvorlik qiladi. Qolaversa, aynan mana shu qadriyatlar jamiyatimiz ma‘naviyatining tamal toshini tashkil qiladi. Bunday vaziyatni yaxshi o‗rgangan g‗animlarimiz bizga qarshi ma‘naviy xurujlarni amalga oshirishda xalqimizning mana shun-day ulug‗vor qadriyatlariga mutlaqo teskari va begona bo‗lgan, asosan «individualizm», «egoizm», «kosmopolitizm», «zo‗ravon-lik», "diniy mutaassiblik" g‗oyalarini iloji boricha chiroyli niqoblarga o‗rab, jamiyatimizga olib kirishga urinmoqda. G‗anim-larimizning xalqimiz milliy ongiga ta‘sir ko‗rsatishdan ko‗zlan-gan asosiy maqsadi Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov xulosa qilgani-dek: «O‗zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayot-gan farovon va osuda hayotni buzish, tobora kuchga kirayotgan dav-latimizni ag‗darish, tanlagan yo‗limizdan qaytarishdir. Odamla-rimizning yuragiga vahima va qo‗rquv solish hisobidan ularning ertangi kunga bo‗lgan ishonchini yo‗qotish, bir-biriga qarshi qo‗yish, yurtimizda, mintaqamizda o‗z manfaati, o‗z siyosatini o‗tka-zishdan iborat». Ikkinchidan, milliy urf-odatlarimizga bo‗layotgan xurujlar. Ma‘lumki, xalqimizda o‗ziga xos milliy odatlar, an‘analar shakllangan. Jamoa bo‗lib yashash, qarindosh-urug‗larga mehribon- lik, to‗y va ma‘rakalar, bayramlar, tarbiya masalalarida, hasharlarda ijtimoiy hamkorlikning boshqalarda uchramaydigan o‗ziga xos yuqori darajasining namoyon bo‗lishi shular jumlasi-dan. Xalqimizning bu urf-odatlari asrlar davomida jamiyat mustahkamligining asosi bo‗lib xizmat qilib kelmoqda. Davla-timiz rahbari ta‘kidlaganidek: «Xalqimizning donologi, bag‗-rikengligi, sabr-bardoshi bizni har qanday balo-qazolardan as-rab, idrokimizni, aql-zakovatimizni charxlab, yurtimizda oso-yishtalik va millatlararo, fuqarolararo tinchlikni saqlab qolishga xizmat qildi» 43 . Milliy an‘analarimiz va urf-odatlarimizning mamlakatimiz taraqqiyoti uchun naqadar ulkan ahamiyatini sezgan tahdidchilar bu borada ham muayyan xurujlarni amalga oshirmoqda. Shu maqsadga erishish uchun ular global aloqa tizimlari va boshqa vositalar orqali ma‘naviy qashshoqlikka, tarkidunyochilikka, odamlarga nis-batan oqibatsizlik va shafqatsizlikka olib keluvchi g‗oyalarni hamda urf-odat normalarini zo‗r berib targ‗ib qilmoqsa. Bular orasida, ayniqsa, odamovilik, ota-onaga nisbatan bepisand qarash, shaxsiy hayotni ulug‗lash kabi g‗oya va qarashlar ustuvorlik qilmoqda. Uchinchidan, milliy madaniyatimizga bo‗layotgan xurujlar. Sir emaski, xalqimizning milliy madaniyati o‗zining qadimiyligi, boyligi bilan alohida ajralib turadi. Markaziy Osiyo tarixida aql-idrok bilan ma‘naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bi-lan qomusiy bilimdonlikni o‗zida mujassam etgan allomalar ko‗p bo‗lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqsh-band, Xoja Ahmad Yassaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‗plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‗shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‗lib qoldilar. Ularning nomi, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‗shgan buyuk hissasi hozirgi kunda butun dunyoga ma‘lum. Ma‘naviy xuruj uyushtirayotgan kuchlar jamiyatimiz a‘zola-rini milliy madaniy boyliklar va imkoniyatlardan begonalashti-rishga harakat qilmokda. Shu maqsadda ular Internet tarmog‗idan, kinofilmlar va san‘at turlaridan foydalangan holda nihoyatda ohanrabo, lekin yengil-yelpi, inson tafakkurini rivojlantirishga emas, aksincha uning sayozlashuviga xizmat qiluvchi namunalarni jamiyatimizga olib kirishga intilmoqda. Bunday san‘at va mada-niyat namunalarida behayolik, mantiqsizlik g‗oyalarining targ‗ibo-ti yetakchilik qilmoqda. Vaholanki, bu mamlakatlarning o‗zlari millatlarni parokandalikka olib boradigan, insoniyat uchun shar- mandali vaziyatlarni demokratiya, inson huquqlari kabi oliy qad-riyatlar shiori ostida targ‗ib qilmoqsa. Mana shunday holatlardan kelib chiqib xulosa qilish mum-kinki, bugungi kunda mamlakatimizning har bir fuqarosida sa-marali va mustahkam ma‘naviy immunitetni shakllantirish ke-chiktirib bo‗lmaydigan vazifaga aylandi. Ma‘lumki, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2000 yilda «Fidokor» gazetasi muxbiri-ga bergan intervyusida mafkuraviy immunitetning mohiyati va zarurligi asoslab berilgan edi. O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: «Bir xalqni o‗ziga tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo, uni o‗zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. ...Shunga o‗xshash zararli ta‘sirlar davom etaversa, millat o‗zli-gini yo‗qotishi, ming yillik an‘analarini boy berib, olomonga aylanib qolishi ham hech gap emas. Tabiiy savol tug‗iladi: bunday mafkuraviy ta‘sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak? Buning yo‗li — odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e‘tiqodini mustahkamlash, irodasini ba-quvvat qilish, ularni o‗z mustaqil fikriga ega bo‗lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‗zligini unut- maslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror 43 Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‗z kuch-qudratimizga hamjihatligimiz va qat‘iy irodamizga bog‗liq 12- jild. - T.:"O‗zbekiston", 2004. 250-bet. toptirish. Ularning, men o‗zbek farzandiman deb, g‗urur va iftixor bilan yashashiga eri-shishdir. Bugun kuchli davlatlarning targ‗ibot va tashviqotlari natijasida uchinchi dunyo mamlakatlari o‗zlarining yuqori mala-kali mutaxassislaridan ajralmoqdalar. Oddiygina raqamlarga murojaat qilganimizda buning tasdig‗ini ko‗ramiz. G‗arb ommaviy axborot vositalarining doimiy tarzda olib boradigan targ‗ibot va tashviqotlari natijasida kambag‗al Afrika mamlakatlari uchun yuqori malakali mutaxassislarga bo‗lgan ehtiyoj yuqori bo‗lib turgan bir paytda, oliy va yuqori malakali xodimlarning har uchtasidan bittasi rivojlangan davlatlarga ketib qolmoqda. Har yili Afrikadan o‗rtacha 23 000 ilmiy xodim va o‗qituvchi chiqib ketmoqda. Keyingi besh yil mobaynida qit‘a davlatlari 60 ming-dan ortiq o‗rta va yuqori bo‗g‗indagi boshqaruv xodimlaridan mah-rum bo‗ldi. Ma‘lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilina-di. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona - Vatanga, boy tarixi- mizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‗lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta‘bir joiz bo‗lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur» . Fuqarrlar siyosiy ongi hamda milliy qadriyatlarga nisbatan xurujlar va ularni asrash zarurligi bugungi muhim masalalar-dan biridir. Albatta, bu masala barcha zamonlarda buyuk mutafak-kir, ma‘rifatparvar bobolarimizni o‗ylantirib kelgan, xalqi-miz e‘tiboridan hech qachon chetda qolmagan. Lekin bugun biz mut-laqo boshqa davrda yashamokdamiz, endi hayot talablari o‗zgacha. Bi-nobarin, o‗zini asrashni o‗ylagan har bir xalq ko‗proq kelajagi haqida qayg‗urmog‗i kerak. Xalqimizning jahon taraqqiyotiga qo‗shgan hissasi o‗tmishda qanchalik ulkan bo‗lmasin, shuning o‗zi bilangina hozirgi davrda taraqqiy etgan davlatlar orasida munosib o‗rin egallash qiyin. Fakdt milliy istiqlol g‗oyasigina millatning kuch-qudratini, salohiyatini ro‗yobga chiqarishi, xalqimizni bunyodkor-likka safarbar etishi, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarni jipslashtirishi, dunyoga hukmronlik qilishga intilayotgan, g‗arazli maqsadlarni ko‗zlayotgan kuchlar, buzg‗unchi g‗oyalar-ga qarshi ishonchli to‗siq bo‗lishi mumkin. Shu bois ham jamiyati-miz a‘zolari siyosiy ongini oshirish masalasiga sifat jihatidan butunlay yangicha asoslarda yondashish davrimizning eng asosiy mud-daosini tashkil etadi. Chunki yuqorida ta‘kidlanganidek, o‗z mil-liy manfaatlarini ta‘minlay olgan jamiyatninggina umri boqiy bo‗ladi. Bu har birimizning burchimiz va uni ta‘minlashda quyi-dagilarga e‘tibor berish maqsadga muvofiq: 1) milliy ma‘naviy qadriyatlarni avaylab-asrash; 2) yoshlarni milliy ruhda tarbiya-lash; 3) milliy manfaatlarni himoya qilish; 4) targ‗ibot ishlari-ni yanada kuchaytirish. Zero, bugungi davr voqeligi har bir masalada yangicha tamo-yillar asosida yondashishni taqozo etmoqda. Muayyan tushunchalar, g‗oyalar yoki tamoyillarni anglab olish ishning bir qismi, xolos. Shu ma‘noda, milliy ma‘naviy tahdidlarga qarshi kurashda ama-liy ishlarga e‘tibor berish asosiy masaladir. Axborot texnologiyalari orqali xurujlar avj olayotgan bu-gungi kunda ulardan saqlanish zarurati mafkuraviy tahdidlar-ni bartaraf etish borasidagi muhim masalalardan biridir. Bu-gun dunyo axborot asriga kirib ulgurdi. Eng taraqqiy etgan dav-latlarning mavqei, salohiyati ko‗plab omillar bilan birga OAV-ning nechog‗lik rivojlangani bilan ham belgilanmoqda. Taraqqi- yotning bosh belgisi esa jamiyatning axborotlashganligida o‗z ifo-dasini topmoqda. Yaqin- yaqinlargacha axborotlashuv jarayonlari faqat ommaviy axborot vositalarining faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan edi, xolos. Hozir esa manzara tamoman o‗zgacha. Endilikda axborot texnologiyalari shu qadar rang-barang tus oldiki, kecha-gi o‗lchamlar, mezonlar, tushunchalar, imkoniyat va vositalarni tubdan yangilash zarurati ko‗ndalang bo‗lmokda. Kompyuter texni-kasi, Internet tizimi, telekommunikatsiya imkoniyatlari tasav-vurimizdagi "ommaviy axborot vositasi" degan tusho‗nchani tamo-man o‗zgartirib yubormoqda. Shuni ham aytish kerakki, «zamonaviy integratsiya» tushunchasi dunyo axborot makonidan mustahkam o‗rin egallashni taqozo etmoqda. 3. “Ommaviy madaniyat”ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning zaruriyati. Globallashuv ―ommaviy madaniyat‖ni yoymoqda. U o‗zbeklarning tafakkuriga, musiqasiga, didiga, kiyinishiga, menyu, imorat qurish, o‗zaro muomala, oilasiga, oilaviy munosabatlariga, hatto orzulariga ham chang solmoqda. ―Ommaviy madaniyat‖ globallashuv davrining maxsuli bo‗lgan OAVning yangi ko‗rinishlari ta‘sirida dunyo mamlakatlarining barchasiga ―zamonaviy madaniyat‖ sifatida kirib bordi. U XX asr o‗rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli bo‗lishi natijasida shakllangan va mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo‗lgan madaniyat namunalari (ommaviy estrada musiqasi, sirk va h.k.) qadriyatlaridir. ―Ommaviy madaniyat‖ning keskin rivoji XX asrning o‗rtalariga to‗g‗ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va hujumkorlik bilan tarqala boshladi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‗p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi – globallashuv jarayoni bunga sabab bo‗ldi. Chunki globallashuv davrida har qanday jarayon dunyoning u chetidan bu chetiga tez sur‘atlar bilan ko‗chib o‗tishini inkor eta olmaymiz. Eng umumiy ma‘noda, globallashuv muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi. Globallashuv jarayonining hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sababi esa, Prezidentimiz qayd etganlaridek, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‗shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog‗lanib borayotganidadir. Biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Bu borada hind xalqining davlat arbobi Maxatma Gandiga ―Globallashuv jarayoniga qanday qaraysiz?‖ degan savolni berishganda, u shunday ma‘noda javob bergan ekan: ―Men tashqaridagi bo‗rondan qo‗rqib, derazamni yopib qo‗ya olmayman, chunki menga toza havo ham kerak. Shu bilan birga, toza havo kerak ekan, deb derazamni katta ochib ham qo‗ya olmayman, chunki uyimni chang-to‗zon bosib ketishini ham xohlamayman‖. Demak, biz o‗sha kirib kelayotgan vositalarga filtr o‗rnatishimiz kerak, xolos. Globallashuv jarayonining yana bir o‗ziga xos jihati uning mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish ko‗lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham ko‗rinadi. ―Mana shunday vaziyatda, – deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, – odam o‗z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‗tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‗lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‗lmasa, har turli ma‘naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‗rinishdagi ta‘siriga bardosh berishi amrimahol‖. Shunday ekan, biz ham ommaviy madaniyat bilan ―ommaviy madaniyat‖ning farqiga borishimiz hamda ―ommaviy madaniyat‖ning ayanchli oqibatlarining oldini olish uchun kurashishimiz lozim. Buning ayanchli oqibatlari esa ma‘lum: axloqiy buzuqlik va zo‗ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‗oyalarining keng tarqalishi. ―Ommaviy madaniyat‖ning maqsadi nima? Xizmat yuzasidan mamlakatimizning turli hududlaridagi har xil soha vakillari, jumladan, ziyolilari bilan suhbatda bo‗lamiz. Ana shunday suhbatlarda ―Ommaviy madaniyat‖ nima? degan savolga hatto aksariyat ziyolilar ham ijobiy hodisa sifatida tasnif berishadi. Albatta, tushunish mumkin og‗zaki nutqda qo‗shtirnoqqa olib gapirib bo‗lmaydi. Balki shuning uchun ular adashtirishayotgandir, deb o‗zimizga taskin berdik dastlabki so‗rovlar vaqtida. Lekin keyinchalik bu savolni yozma shaklda, ya‘ni aynan qo‗shtirnoqqa olingan holda berganimizda ham natija o‗zgarmadi. Demak, bu tushunchaning salbiy ekanligini xalq orasida targ‗ib qilish va bu bo‗yicha tushuntirish ishlari olib borish bugun shu soha vakillarining asosiy vazifalaridan biri ekan. ―Ommaviy madaniyat‖ o‗z ma‘nosida emas, balki ko‗chma ma‘noda ishlatilmoqda. Chunki u qo‗shtirnoqqa olingan. Bu tushuncha haqida ko‗plab olimlarimiz ta‘rif berishdi. Biz ham o‗z tadqiqotlarimiz tahlilidan kelib chiqib, quyidagicha ta‘rif tuzdik: Ma‘lum bo‗lishicha, ―ommaviy madaniyat‖ asosan zamonamiz vakillarining yangi-yangi ―moda‖lari asosida boyib boradi. Go‗yoki kim o‗sha ―moda‖ga amal qilsa, u madaniyatli deb topiladi. Hamma ommaviy ravishda ana shu moda asosida yashashi kerak bo‗ladi. Aks holda u zamondan orqada qolgan – madaniyatsiz deb hisoblanadi. Chunki u bugunning modasini bilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ―ommaviy madaniyat‖ bu – ommaviy ―moda‖ niyat, ya‘ni yangicha modani niyat qilish, unga erishish va uni ommaviylashtirish demakdir. Moda esa kimningdir foydasini ko‗zlagan holda ommaviylashtiriladi. Uning natijasida esa inson salomatligiga zarar yetadi. E‘tibor bering-a, ―ommaviy madaniyat‖ ham ma‘naviy saviyamizni tushirishga harakat qilib, o‗zligimizdan ayirishga intilayotir, ham sezdirmagan holda sog‗ligimizga hujum qilayotir. Chunki u jismonan nosog‗lom odam kimningdir ―muruvvati‖ga muhtoj bo‗lishini biladi-da. Bundan tashqari, ko‗rib turganingizdek, ―ommaviy madaniyat‖ axloqsizlikni targ‗ib qilmoqda va uni odamlarga madaniyat deb o‗rgatmoqda. Bu zamonaviy ma‘naviy tahdid nafaqat axloqiy buzuqlikni, balki zo‗ravonlik, individualizm va egotsentrizmni ham keng ommalashishiga xizmat qilmoqda. Chunki ―ommaviy madaniyat‖ ma‘naviy tuban odam kimgadir so‗zsiz bo‗ysunishiga ishonadi-da. Xullas, ―ommaviy madaniyat‖ning maqsadlaridan biri – odamlarni bir-biriga qarama- qarshi qo‗yib, bir-birini va shu bilan birga, o‗zini o‗zi o‗ldirishigacha olib borish. Natijada esa uning tarqatuvchilari dunyo va undagi boyliklarga yagona hukmron bo‗lib qolishni xohlaydilar. Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, ommaviy madaniyatning uchta asosiy darajasini ko‗rsatadilar: Kitch-madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati) Mid-madaniyat (―o‗rtamiyona‖ madaniyat); Art-madaniyat (ma‘lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat). ―Kitch‖ so‗zi nemislarning ―kitschen‖ olmoshidan hosil bo‗lgan va saviyasi past, arzon va jo‗n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san‘at durdonalari soyasida paydo bo‗ladigan bo‗sh, esdan tez chiqib, unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir. Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g‗oya va syujetlarni qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o‗ralashib qolgan qatlamga mo‗ljallangan madaniyat asarlarini yaratish. Mid-madaniyatning qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an‘anaviy madaniyatning ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir. Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo‗ljallangan ommaviy madaniyatdir. Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an‘anaviy madaniyat standartlariga yaqinlashtirishdan iborat. Bundan tashqari ba‘zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida turini – Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling