„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Mafkuraviy xurujlarning namoyon bo„lishi va unga qarshi himoya (profilaktika) vositalari.
- 4. Axborot kommunikatsiyalarida mafkuraviy xurujlarning namoyon bo„lishi. Internet va virtual mafkuraviy xurujlarining oqibatlari.
2. Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi. Hozirgi dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasi turli mafkuralar kurashi ostida kechmoqda. Geopolitika – tashqi siyosatda biron bir davlat yoki mintaqaning hududiy o‗rni, kommunikatsion imkoniyatlarini hisobga olib yuritiladigan qarashlar asosidagi faoliyat. U dastlab jamiyat taraqqiyotida geografik shart-sharoitlarning o‗rnini yuqori darajaga ko‗tarish tarzida namoyon bo‗ldi. Natijada ayrim davlatlarda ―tabiiy sarhadlarni kengaytirish zarurati‖ tarzida ekspansiyani asoslovchi siyosiy konsepsiya, deb qarashga olib keldi. Gegemonizm (yunoncha, gegemoniya – ―yetakchilik‖, ―boshqarish‖) — turli sohalarda, jumladan, ma‘naviy sohada ham ustunlik va o‗z hukmiga bo‗ysundirishni anglatuvchi tushuncha. Gegemonizm mohiyatan dunyo barqarorligini ta‘minlash yoki uni mustahkamlashga qaratilgan siyosatga zid hodisa bo‗lib, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat barqarorligi va xavfsizligini izdan chiqaradi 18 . Ba‘zi davlatlarning barcha sohalarda ustunlik qilish va dunyoni o‗z hukmiga buysundirishga intilishi insoniyat tarixining turli bosqichlarida salbiy oqibatlarni keltirib chiqargan. Gegemonizm biron-bir qudratli kuchning manfaatlarini ustuvor darajada, bir tomonlama ta‘minlash maqsadini ko‗zlagani sababli u boshqa tomonning manfaatlariga zid bo‗lib, ijtimoiy, siyosiy va ma‘naviy rivojlanishga putur yetkazadi. Bunday adolatsizlik yetarli imkoniyatga ega bo‗lmagan davlatlar va millatlarning xalqaro jarayonlarda to‗laqonli ishtirok eta olmasligiga sabab bo‗ladi. Natijada, tabiiy ravishda bunday mamlakatlar xalqlarida gegemonlikka intilgan davlatlar va xalqlarga nisbatan nafrat, norozilik kayfiyati paydo bo‗ladi, dunyo hamjamiyatining barqaror rivoji davlatlararo munosabatlarga salbiy ta‘sir etadi. Ilmiy-texnikaviy imkoniyat jihatdan ancha ilgarilab ketgan G‗arb mamlakatlari farovonligini saqlab qolishning birdan-bir chorasi o‗laroq Sharq mamlakatlariga nisbatan mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi. Buning natijasida insoniy intellekt, ma‘naviyat asosida shakllangan, bashariyatga behisob samara keltirgan muloqot chilparchin bo‗ldi. Tamaddunlararo munosabat rishta lari uzildi. Sharq bilan G‗arb o‗rtasidagi minglab yillik hamkorlik va aloqalar o‗rnini o‗zaro dushmanlik mafkurasi hamda siyosati egalladi. XIX asr nemis faylasufi G.Gesse ta‘biri bilan aytganda: «Insoniyat mavjudligini saqlab turgan ikki qutb — Sharq va G‗arb shu tariqa bir-biriga qarama-qarshi kuchga aylantirildi». G‗arbda Sharqqa nisbatan ustuvor Yevropotsentrizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, mustamlakachilik, hududiy- mafkuraviy ekspansionizm, imperializm, gegemonizm, mondializm va umumbashariy hakamlik sari intilish bilan bog‗liq g‗oyaviy-siyosiy amaliyot ko‗rinishlari shakllandi. Pirovardida, har ikki sivilizatsiyaga mansub xalqlar, mamlakatlar o‗rtasidagi ma‘rifiy munosabat pasayib bordi. Nisbatan qoloq xalq va mamlakatlarni mulki, aqliy salohiyati hamda ma‘naviyatidan judo etishning uslub-yo‗llari ketma-ket ishlab chiqildi. O‗sha davrlarda G‗arb geosiyosatida biron-bir 18 Ma‘naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‗ati. Q.Nazarov mas‘ul muharrir. T., ―G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2013, 50-51 betlar makonni bo‗ysundirish, qaramlikka solish uchun u ikkinchi platsdarm deb e‘lon kilindi. Ya‘ni, o‗zi uzoqda joylashgan, lekin strategik ahamiyatga ega bo‗lgan, hududga yetib olish uchun ikkinchi bir hudud ustidan qon kechib o‗tishni yoqlovchi rejalar ishlab chiqildi. Ming yillarki, Sharqu G‗arbning hayotiy ehtiyojlari tinch-totuv, bahamjihat yashashga beminnat xizmat qilib kelgan Buyuk ipak yo‗li qon kechgan lashkarlar oyog‗i ostida toptaldi. Tabiiyki, bundan bizning yurtimiz ham ko‗p zarar ko‗rdi 19 . 1997 yilda chop etilgan "AQShning keyingi asrdagi milliy xavfsizlik strategiyasi"dan quyidagi parchani keltirish bugungi kunda. dunyoda kechayotgan hodisalarni tushunish imkonini beradi: "Biz dunyodagi integratsion jarayonlarni zaruriy o‗zanga yo‗naltirish uchun, mavjud siyosiy va iqtisodiy institutlar hamda xavfsizlik tuzilmalarini o‗zgartirish uchun, shuningdek, bizning manfaatlarimiz va qadriyatlarimizni ilgari surish uchun zaruriy shart-sharoitlar yarata oladigan yangi tashkilotlarni shakllantirish uchun AQShning yetakchilik rolidan foydalana olamiz va foydalanishimiz kerak" 20 . Bundan kelib chiqadigan xulosa – istiqlolga erishgan kunimizdanoq boshlangan, ammo keyingi vaqtda kuchaygan buzg‗unchi ma‘naviy-mafkuraviy oqimlarning suverenitetimizga taxdid solayotganiga O‗zbekiston Respublikasi kimningdir qo‗lida qo‗g‗irchoq bo‗lishdan bosh tortayotgani sabab! Shu boisdan, yurtimizda demokratiya niqobi ostida gegemonizm o‗rnatmoqchi bo‗lganlarga va neokolonializmga intilayotganlarga Birinchi Prezidentimizning so‗zlari bilan javob qaytaramiz: "Biz hech qachon, hech kimga qaram bo‗lmaymiz!" 21 Jahonning istalgan nuqtasidagi har qanday ziddiyatni hal etishda AQShga teng keladigani yo‗q. Mamlakatning bunday gegemonlik siyosatiga qarshi bo‗lgan har qanday harakat Kissinjerning ta‘kidlashicha, "milliy manfaatlarga tahdiddir. Xo‗sh, Prezident G.Trumen davridayoq mukammal tarzda yo‗lga ko‗yilgan, bugun esa yanada shiddatli va andishasiz ko‗rinish kasb etayotgan bu gegemonizm nimalarda namoyon bo‗ladi? Avvalo, siyosiy sohada. Bu borada amerikalik siyosatdonlar amalga oshirishga ulgurgan ishlarga o‗nlab misollar keltirish mumkin. Buyuk davlatlar o‗z yo‗rig‗iga yurishni istamagan davlatlarga, birinchi navbatda, siyosiy jihatdan bosim o‗tkazadi. Sanksiyalar qo‗llash bilan tahdid qilish, axborot xuruji, siyosiy jihatdan yakkalash va mamlakatning xalqaro maydondagi obro‗sini tushirish kabilar shunday vositalardandir. Qolaversa, BMT, Xalqaro Valyuta Jamg‗armasi, Jahon Savdo Tashkiloti, Jahon banki singari dunyoning eng yirik xalqaro tashkilotlaridagi yetakchi mavqei ham bosim o‗tkazishda katta imkoniyat beradi. Suriya, Sudan, Shimoliy Koreya, Venesuela kabi davlatlarga nisbatan olib borilgan siyosat bunga misol bo‗la oladi. Boshqa mamlakatlardan xalqaro huquq normalariga so‗zsiz amal qilishni talab qiladigan AQShning o‗zi bu normalarni ko‗p marotaba buzgan yoki ularga umuman qo‗shilmagan. AQSH tomonidan gegemonizm siyosati iqtisodiy siyosatda ham faol qo‗llaniladi. Xech ko‗zingiz tushganmi, "Maykrosoft" korporatsiyasining mashhur kompyuter dasturlarini o‗rnatayotganingizda dastavval ekranda "Litsenziya kelishuvi" degan oyna paydo bo‗ladi. Unda shunday yozuv bor: "Siz ushbu kompyuter dasturini AQSH tomonidan cheklovlar joriy etilgan davlatlar, jumladan, Kuba, Eron, Iroq, Liviya, Shimoliy Koreya, Sudan va Suriyaga olib kirmaslik, bu davlatlar fuqarolariga vaqtinchalik foydalanish uchun bermaslik majburiyatini olasiz". Bunday cheklov AQSH Savdo vazirligining Eksport nazorati byurosi tomonidan Amerikada ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlarga belgilanadi. Ushbu taqiqning demokratiya talablariga qay darajada mos kelishi masalasini inson huquqlari himoyachilariga qoldirgan holda aytmoqchimizki, bu iqtisodiy bosim o‗tkazish yo‗llaridan biri, xolos. Gegemonizmning uchinchi asosiy ko‗rinishi madaniy siyosatda namoyon bo‗ladi. Kissinjer yozadi: "Biz bu millatni insonlarni ozod qilish uchun yaratdik, biz o‗z konsepsiyamiz va maqsadlarimiz nuqtai nazaridan olib qaraganda, Amerika bilan cheklanmaymiz va endi barcha insonlarning ozod bo‗ligli uchun harakat qilamiz. Agar bunday qilmasak, Amerikaning shon- 19 Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 86 bet. 20 Азроянц Э. Глобализация: катастрофа или путь к развитию? —М., "Новый век", 2002, Ст. 36. 21 Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 513 bet. shavkati barbod bo‗ladi, uning qudrati esa havoga uchib ketadi". Amerikanizmning mohiyatini mana shu so‗zlardan yanada mufassalroq anglab yetish mumkin. Bunday siyosat odatda "madaniyatlarni boyitish", "demokratiya an‘analarini joriy etish" yo‗llari bilan amalga oshiriladi. O‗z qadriyatlarini saqlashga urinib, bunday "madaniy uyg‗unlik"ni, "demokratiya talablari"ni qabul qilmaydigan davlatlar oldida esa ikki yo‗l turadi: yo bo‗ysunish, yo qoloqlik, xalqaro siyosatda yakkalanish, obro‗sizlanishga duchor bo‗lish 22 . Bu va yuqorida sanab o‗tilgan boshqa holatlar buyuk davlatlar tomonidan qo‗llaniladigan bosimlardan ayrim misollar xolos. Ularning bunday tashqi siyosatidan ko‗zlangan bosh maqsad - insoniyatning eng muhim tabiiy, moliyaviy, intellektual va informatsion resurslari ustidan o‗z nazoratini o‗rnatishdir. 3.Mafkuraviy xurujlarning namoyon bo„lishi va unga qarshi himoya (profilaktika) vositalari. Mafkuraviy tahdidlar keng qamrovligi va uzoqni ko‗zlovchi xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Mafkuraviy tahdidlarning bugungi kunda quyidagi ko‗rinishlari ko‗zga tashlanmoqda: milliy qadriyatlarni kamsitish, milliy axloq qoidalarini inkor qilish, mo‗tadil qarashlarni pisand qilmaslik va bularning o‗rniga muayyan mafkuraviy markaz yo‗rig‗iga yurish, kosmopolit qoidalarni maqtash, yot va begona g‗oyalarni, dunyoqarashni mutlaq haqiqat sifatida targ‗ib qilish. Diqqat qilinsa, ijtimoiy ongda zararli maqsad-muddaolarni, tuyg‗u va fikr- mulohazalarni hosil qilish mafkuraviy tahdidlarning negizini tashkil qiladi. Mafkuraviy tahdidlar ―biz uchun mutloqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo beg‗ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir‖. 23 Misol uchun, biz uchun begona dunyoqarashlardan biri – mutaassiblikdir. Unga ko‗ra, shaxs o‗z tushunchalarini mutlaq haqiqat deb qabul qiladi va o‗zga qarashlarni esa asossiz inkor etadi. Zero, biz uchun yot bo‗lgan mafkuralarda axloqsizlikni ideallashtirish va biz uchun yot bo‗lgan dunyoqarashlarda esa mutassiblik, aqidaparastlikni tiqishtirish ko‗zga tashlanadi. Bir so‗z bilan aytganda, yot mafkuralarda ma‘naviyatni zaiflashtirib gegemonlik qilish va yot dunyoqarashlarda esa dogmatik fikrlar vositasida shaxs ongini diniylashtirish ustuvor darajada namoyon bo‗lmoqda. G‗oyaviy tahdidlarga kiruvchi tahdidlar inson ma‘naviy olamida yot g‗oyalar, qarashlar va maqsad-muddaolarni shakllantirishga intiladi. Bugungi kunda g‗oyaviy tahdidlarning quyidagi ko‗rinishlari namoyon bo‗lmoqda: axloqiy buzuqlik, zo‗ravonlik, egotsentrizm, individualizm, ―ommaviy madaniyat‖, milliy davlatning taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‗otish, milliy nizolar keltirib chiqarishga urinish, iqtisodiy tanglik joriy qilish, qo‗shni davlatlarni bir-biriga qayrash, yoshlar ongini zaharlash. Bundan ko‗zlangan maqsad rivojlanayotgan davlatning moddiy va ma‘naviy boyliklariga egalik qilishdir. Chunki g‗oyaviy tahdidlar oxir-oqibatda davlatni inqirozga olib keladi, nega deganda, buning natijasida fuqarolarda xudbinlik, loqaydlik, manfaatparastlik, hasad, sotqinlik, irodasizlik, beparvolik kabi ijtimoiy-axloqiy illatlar kelib chiqadi. Informatsion tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‗g‗ri shakllantirish va shu tariqa o‗zligiga ega bo‗lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‗zlaydi. Bugungi kunda informatsion tahdidlar asosan Internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko‗rinishlari quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik muammoni katta (yirik) muammo sifatida tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash, rahbarlarni zolim qilib ko‗rsatish, milliy qadriyatlarni noto‗g‗ri talqin qilish, yoshlarni chalg‗itish. Informatsion tahdidlar – ba‘zida axborot xuruji deb ataladi – shaxsni ikkilantiradi, uni muammolar girdobiga tashlaydi. Natijada fuqarolarning ijtimoiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik vujudga keladi. 24 Shunday qilib ma‘naviy tahdidlarning mazmun-mohiyati, ko‗rinishlari va xususiyatlarini anglab olish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‗lib turibdi. Shundagina jamiyatda ularga qarshi kurashish ruhini tarkib toptirish mumkin. 22 Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 530-532 betlar. 23 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008, 14 bet 24 Jo‗rayev T. Milliy davlatchilik va xavfsizlik. –T.: ―Akademiya‖. 2007, 113 bet. Ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar tizimi mavjud. Albatta, ijtimoiy-falsafiy va ilmiy adabiyotlarda ma‘naviy tahdidlar tushunchasi davr taqozosi va tarixiylik nuqtai nazardan ―tahdid‖, ―xavf-xatar‖, ―qo‗rquv‖ kabi bir necha atamalar bilan tilga olingan. Buni e‘tibordan soqit qilib bo‗lmaydi. Bu o‗rinda ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilishga doir eng muhim qarashlarni tahlil qilish bilan cheklanamiz. Ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilish muammosi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning doimiy diqqat-e‘tiborida bo‗lib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining konsepsiyasiga ko‗ra, ma‘naviy tahdidlarni ―fikrga qarshi fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya va jaholatga qarshi ma‘rifat bilan‖ bartaraf qilish mumkin. 25 Bu muhim qarash bo‗lib, hozirgi ma‘naviy-mafkuraviy faoliyatimizda metodologiya vazifasini o‗tamoqda. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda avvalo mafkuraviy immunitet shakllanisha lozim. ―Immunitet‖- so‗zining ma‘nosi ―O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi‖da quyidagicha berilgan: (lotincha-biron narsadan xalos, ozod bo‗lish, qutilish)-organizmning doimiy ichki barqarorligini, saqlash, uning turli xususiyatlarga va ta‘sirdan himoyalanishi, qarshilik ko‗rsatishi, rezistentligi‖ 26 . ―Falsafa‖ qomusiy lug‗atida esa – ―mafkuraviy immunitet‖- shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‗oyaviy ta‘sirlaridan himoya qilishga xizmat qiladigan g‗oyaviy - nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi, deyiladi 27 . Mafkuraviy immunitet – shaxs-ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‗oyaviy ta‘sirlaridan himoya qilishga xizmat qiladigan g‗oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi. Immunitet (lot, immunitats – ozod bo‗lish, qutilish) tibbiy tushuncha bo‗lib, organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‗zini turli ta‘sirlardan, tashqi infektsiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‗lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Sodda qilib aytganda, immunitet – kishi organizmining turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir. Yuqoridan farqli o‗laroq insonning umumiy immunitet tizimi tug‗ma bo‗lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o‗ziga xos hususiyatga ega. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta‘minlash mumkin. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi elementi - bu, bilim. Ammo, bilimlarning turi ko‗p. Buyuk davlatchilik shovunizmi yoki agressiv millatchilik mafkurasi tarafdorlari ham muayyan ―bilimlarga tayanadilar, albatta. Shunday ekan, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar obyektiv bo‗lishi, voqeylikni to‗g‗pi va to‗liq aks ettirishi, inson ma‘naviyatining boyitishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular, o‗z mohiyat e‘tiboriga ko‗ra, Vatan va millat manfaatlari bilan uzviy bog‗liq bo‗lmog‗i kerak. Mafkuraviy immunitet tizimining ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg‗or bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bo‗lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo‗ladi. Bir so‗z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi mafkuviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g‗oyalar yo‗lida mustahkam qalqon bo‗lib xizmat qiladi. Ammo bilimlar va qadriyatlar tizimi mavjudligining o‗zi mafkuraviy immunitetning mohiyatini to‗liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim elementi, ya‘ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy - ma‘rifiy sohalardagi maqsadlar tizimi bilan bog‗liq. Ana shunday aniq maqsadlar tizimi bo‗lmas ekan, inson, millat yoki jamiyat goh oshkora, goh pinhona mafkuraviy tazyiqlarga duchor bo‗laveradi. Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‗oyaviy–tarbiyaviy, ma‘naviy–mafkuraviy ishlar majmui bo‗lib, u butun g‗oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi. Mafkuraviy profilaktika g‗oyaviy bo‗shliqni bartaraf etish, mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‗oyalar ta‘siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‗oyaviy ta‘sirning xilma-xil usul va yo‗llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‗llaniladi. 25 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.: ―Ma‘naviyat‖. 2008. 119 bet. 26 O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. T., 2002, 131 bet. 27 Falsafa qomusiy lug‗at. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Sharq‖ NMAK, 2004, 247 bet. Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur‘atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‗llash lozim bo‗lsa, ikkinchisida, doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‗proq natija beradi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda ma‘naviy ta‘lim-tarbiya tizimiga tayangan mafkuraviy profilaktikaning o‗rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‗oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo‗qotishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi. Ta‘lim-tarbiya va targ‗ibot-tashviqot tizimi Mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. Sog‗lom mafkurani xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari ham unda o‗z o‗rniga ega. Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‗stlik va birodarlikni, o‗zaro hurmat va bag‗rikenglikni targ‗ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar, qo‗shiqlaru raqslar, turli ko‗rinish va mazmundagi ma‘n-y-ma‘r-y tadbirlar Mafkuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tobora kuchayib borayotgan turli xavf-xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‗lib yashashimiz zarurligini uqdirib, ―Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz olib boriladigan ma‘naviy tarbiya‖ hal etuvchi ahamiyat kasb etishini ta‘kidlagan edi. Mafkuraviy tajovuzlarning oldini olishda shu sohadagi targ‗ibot va tashviqot muhim o‗rin egallaydi. Bu avvalo, muayyan guruh, millat, jamiyat, irq, etnik guruh, hudud xalqlariga ma‘naviy tizim va tamoyillarni singdirishga qaratilgan tizimli va maqsadli ma‘rifiy faoliyatni ifodalaydigan jarayondir. Shu bilan birga «Ma‘naviy targ‗ibot» yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasbu korga mansub bo‗lgan kishilarni ma‘naviy tajovuzlardan ogohlikka chorlash, mavjud xavf va tahdidlarning mohiyatini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‗oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g‗oyalarga sadoqat tuyg‗ularini tarbiyalashga qaratilgan usul va amaliy harakatlar majmuini anglatadigan tushuncha hamdir. Barkamol farzand sog‗lom oilaviy muhitda voyaga yetadi. Bunga erishish uchun – birinchi navbatda, ma‘naviy targ‗ibot-tashviqot ishlarini ota-onalar ongi, ularning farzandlariga bo‗lgan munosabatini o‗zgartirishga yo‗naltirmoq lozim. Ma‘naviy targ‗ibot-tashviqotda ulug‗ ajdodlarimizning hayot yo‗li, qoldirgan merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‗g‗ri va haqqoniy aks ettirmog‗imiz darkor. Lekin, bunda faqat o‗tmishdagi siymolar bilan cheklanib qolmay, bugungi kun qahramonlari, ilg‗or zamondoshlarimizdan o‗rnak olish ham muhim ahamiyatga ega. Toki, ular yoshlar uchun tom ma‘noda ibrat namunasi bo‗lsin. Ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlarining ta‘sirchanligini ta‘minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyat ma‘naviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari hamda targ‗ibotchi-tashviqotchilar uchun tegishli tavsiya va qo‗llanmalarni tayyorlash bu boradagi muhim vazifalar tarkibiga kiradi. Ma‘naviy targ‗ibot-tashviqotda keng qamrovlilik, uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, meyoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy tamoyillarga amal qilingan taqdirdagina ko‗zlangan samaraga erishish mumkin. 4. Axborot kommunikatsiyalarida mafkuraviy xurujlarning namoyon bo„lishi. Internet va virtual mafkuraviy xurujlarining oqibatlari. Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta‘sirchan mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o‗ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta‘sirchan quroli bo‗lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‗oya va demokratik tamoyillar targ‗ib- tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‗z erkinligining o‗ziga xos o‗lchovi, ko‗rsatkichi bo‗lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqyotni rag‗batlantiradi va mustahkamlaydi. Xayotiylik - bugungi kunda ommaviy axborot voyeitalarining faoliyatiga quyilayotgan asosiy talab - berilayotgan axborotlarning asosan yutuqlarni ko‗rsatish, maqtovlardan iborat bo‗lishi targ‗ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko‗rish lozim. Hayot bor ekan, muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar bulaverishi tabiiy Bu - isbot talab qilmaydigan aksioma. Shunday ekan, muammolarning mavjudligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb qarashga o‗rganish kerak. Ularning borligini ko‗rib, uzini ko‗pmaganlikka olish bilan faqat zarar keltirishi mumkin. Demak muammolarni o‗z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga kirishish lozim. Ta‘kidlash joizki, targ‗ibotning negizida faqatgina g‗oyaga ishonch emas, g‗oyani targ‗ib qilayotgan insonga ishonch ham yotadi. Shu bois, maqtash targ‗ibotning yagona va hatto eng to‗g‗ri usuli ham emas. Demaq mafkurani hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ‗ib qilish mumkin emas. G‗arbda ommaviy axborot vositalariga qo‗pol bulsa ham jamiyat manfaatlarini "qo‗riqlovchi ko‗prik", deb nisbat beradilar. Yetuk demokratik davlatlarda ular jamiyatning "ko‗zlari", "quloqlari" vazifasini bajaradilar. Ogohlantiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan xabar beruvchi, muammolarni dadil kutarib chiqib, ularning turli yechimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.Ta‘kidlash joizki, ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demokratiyaning taraqyotiga xizmat qiladi. Buning uchun qapamaqarshi nuqtai nazarlardan iborat bulgan dasturlarni yaratish, muqobil fikrlar to‗qnashuviga erishish lozim. Shundagina ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shak- llantirish va rag‗batlantirishga qodir bo‗ladi. Biz demokratiyani qanday tushunsak, ommaviy axborot vositalariga ham shunday vazifalarni yuklaymiz. Biz demokratiyani mustaqilliq erkinlik va mas‘uliyat deb tushunar ekanmiz, ommaviy axborot vositalaridan ham mustaqillik, erkinlik va mas‘uliyatni kutamiz. Demak, jurnalistlar bu tushunchalarini anglashi, ularga ehtiyoj sezishi, ularni qadplashi, ulardan foydalana bilishi va ular uchun kurashishi zarur. Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‗oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma‘naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‗zbe- kiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‗liq Ommaviy axborot vositalarining ta‘sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‗oya, uydirma haftasiga uch martadan turt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor buladi, odamlar unga chippachin ishonadilar". Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning uzgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‗q singari insonni jismonan yo‗q qila olmasa-da, uning qo‗poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg‗in qurolinikidan kam emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni uz manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demaq insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqcadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko‗p mehnat, u qadap ko‗p harakat, u qadap ko‗p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasa-da, milliy uzlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi. Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va boshqa vositalar, insonlar, ayniqsa, yoshlarning milliyligi, tafakkuri va dunyoqarashini o‗zgartirib yubormoqda. Taraqkiy qilgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi va turmush tarzini bir qolipga solish hamda unga o‗zlari shakllantirayotgan «ommaviy madaniyat»ni singdirishi bosh strategik siyosatga aylantirayotganligida yaqqol namoyon bo‗lmoqda 28 . Internet bugungi axborot makonining muhim bo‗g‗iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‗i, balki kosmik aloqa yo‗ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 2 milliard ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‗g‗riligini tasdiqlaydi. 28 Otamurodov S. Globallashuv va milliy – ma‘naviy xavfsizlik. T.,‖O‗zbekiston‖, 2015, 266 bet 50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo‗lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o‗tdi 29 . Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta‘sir ko‗rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g‗oyaviy ta‘sir o‗tkazishning miqyosi va ko‗lamining keskin darajada o‗sishiga olib keldi.Internet bugungi axborot makonining muhim bo‗g‗iniga aylandi. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini quyidagi raqamlardan bilib olish mumkin: 2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) Shimoliy Amerika qit‘alariga to‗g‗ri keladi. Jahon veb-auditoriyasining 45 %ini 25 yoshgacha bo‗lgan shaxslar tashkil etadi. Mazkur o‗smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo‗natadi, 51 % ijtimoiy tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda 600 mln.ga yaqin internet saytlar mavjud bo‗lib, har oyda o‗rtacha 201,4 trln. videorolik ko‗rib chiqiladi, har kuni 144 mlrd. elektron maktub jo‗natiladi 30 . Hozirgi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 milliondan oshdi. 20 mingga yaqin ―uz‖ domenidagi veb-saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq veb-sayt ommaviy axborot vositasi sifatida ro‗yxatga olingan. Internetning ta‘sir kuchi beriladigan materiallarning tezkorligi, ko‗tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko‗p darajada bog‗liq. Ana shunday vaziyatda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, shuni unutmaslik kerakki, ―bugungi kunda inson ma‘naviyatiga qarshi yo‗naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‗lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‗zga ko‗rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‗lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin 31 ‖. Mamlakatimiz Prezidentining bunday ogohlantirishlari jiddiy asosga ega ekanini internet keltirib chiqarayotgan bir qator salbiy jihatlarda ham yaqqol ko‗rinadi. Unda o‗z-o‗zini o‗ldirishning oson yo‗llarini targ‗ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo‗la oladi. Mutaxassislar o‗tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko‗rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‗idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya‘ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo‗lishi yo‗liga to‗siq qo‗ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat‘i nazar, ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‗smirlar onlayn pornografiya ta‘siriga tushishi qayd qilinadi. Shuningdek, mutaxassislar ma‘lumotlariga ko‗ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o‗yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‗ravonlik va yovuzlik ko‗rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‗yinlarda esa o‗yin qahramoni o‗z maqsadiga etishish uchun shunday zo‗ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‗yinlarda ana shu zo‗ravonlik va yovuzlikning o‗zi bosh maqsad hisoblanadi 32 . Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‗ziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. Ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyo bo‗yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga mustahkam bog‗lanib qolgan. BMT Bosh assambleyasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilingan ―BMTning global aksilterror strategiyasi‖da yangi uslublar qatorida bioterrorizm hamda internetdan terror maqsadida foydalanishning oldini olish choralarini kuchaytirish alohida qayd etilgan. 2007 yil noyabrda 29 UmarovaN. Globallashuv sharoitida axborot hurujlariga qarshi kurash. - T.: Akademiya, 2005, 25-26 b. 30 http://uz.infocom.uz 31 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.: ―Ma‘naviyat‖. 2008. 13 bet. 32 QahharovaI. Globallashuv global ma‘naviyatning g‗oyaviy asosi.T.: Tafakkur, 2009, 26 b. AQSH Davlat departamenti ―Tashqi raqamli aloqalar guruhi‖ nomli maxsus axborot dasturini joriy qilgan. Dastur maqsadi – arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat va bloglarda AQSH siyosati haqidagi dezinformatsiya (noto‗g‗ri ma‘lumotlar)ga qarshi kurash hisoblanadi. Dasturga ko‗ra, zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma‘lumot keltirishi ko‗zda tutilgan.So‗nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‗oyalarini targ‗ibtashviq qilishga qaratilgan veb- saytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo‗lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo‗lib, ularga xizmat ko‗rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to‗satdan paydo bo‗ladi, vaqt o‗tgach yo‗qoladi, mazmunini o‗zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va domenini o‗zgartirib turadi. Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi: Internetga kirishning osonligi; Foydalanuvchilar sonining ko‗pligi; Aloqaning anonimligi; Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani; Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi; Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi. Terroristlar internetdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar: Targ‗ibot va tashviqot maqsadida ma‘lumot tarqatish; Yangi a‘zolarni yollash (verbovka); A‘zolik va xayriya badallarini yig‗ish hamda ulardan foydalanish; Tarmoq va shahobchalar tashkil etish; Terroristlarni o‗qitish, ko‗rsatmalar berish; Razvedka va ma‘lumot qidirish; Yangi terroristik harakatlarni rejalashtirish va boshqarish 33 . Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling