„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so„zlar
- 1. O„zbekistonning o„ziga xos milliy siyosat modeli va yagona Vatan g„oyasi.
- «O„zbekiston - yagona Vatan»
- 2.O„zbekistonda millatlararo totuvlikni taminlanishining huquqiy asoslari.
- Umuman, milliy siyosatda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilmoq lozim
- Birinchidan
- Uchinchidan
Adabiyotlar. 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga k‘otaramiz. 1-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b. 2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 3. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. 6-T; «O`zbekiston», 1997 yil, 4. Karimov I. A. Jamiyat mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T.7. -T; «O`zbekiston», 1999 yil, 84-102 bet 5. Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8.-T; «O`zbekiston», 2000 yil 6. Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat- yengilmas kuch. –T.:―О‗zbekiston‖, 2008. 7. Ergashev I.A. va boshqalar.Milliy istiqlol g‗oyasi.О‗zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. ―Akademiya‖ nashriyoti.-T.:2005 yil. 8. Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati.Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar – T.: Akademiya, 2007 yil. 9. G‗oyalar falsafasi. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Akademiya‖, 2011. 10. Ma‘naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‗ati. Q.Nazarov mas‘ul muharrir. T., ―G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2013. 8- Мa‟ruza. Jamiyat barqarorligini ta‟minlashning ijtimoiy-g„oyaviy asoslari. jamiyat barqarorligini ta‟minlashda iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy - ma‟naviy omillarning mushtarakligi. Reja: 1. O‗zbekistonning o‗ziga xos milliy siyosat modeli va yagona Vatan g‗oyasi 2. O‗zbekistonda millatlararo totuvlikni taminlanishining huquqiy asoslari 3. Milliy-madaniy markazlarning ijtimoiy adolat ustuvorligini ta‘minlashdagi roli. 4. Dinlararo bag‗rikenglik (tolerantlik) – ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash sharti. 5. Dunyoda tinchlik o‗rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik g‗oyalarining ustuvor ahamiyati. Tayanch so„zlar Milliy g„oyaning etnosiyosat va etnomadaniyat rivojiga ta‟siri. O„zbekistonda milliy siyosatning amalga oshirilishi va unda etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy va ijtimoiy asoslari. O„zbekistonda milliy madaniy markazlarning tashkil qilinishi millatlararo barqarorlikni ta‟minlash vositasi. Madaniy muloqot ko„p millatli aholi orasidagi barqarorlik omili. Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi.O„zbekistonda rasmiy tan olingan diniy konfessiyalar faoliyatining millatlararo totuvlikni ta‟minlashdagi roli. 1. O„zbekistonning o„ziga xos milliy siyosat modeli va yagona Vatan g„oyasi. Tarixiy tajriba ko‗p millatli davlatning barqarorligi millat-lararo munosabatlarga daxldor huquq va erkinliklarni to‗g‗ri belgilab qo‗yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga ham bog‗liqligini ko‗rsatadi. Inson ongi hayotining 6 ming yili davomida 14513 ta turli darajadagi urushlar sodir bo‗lib, bunda 3 milliard 640 mln. kishi qurbon bo‗lgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Osvensem lagerida 4 mln. begunoh odam tiriklayin yoqib yuborilgan, kuli ekinzorga sepilgan. 5 ming yil ichida insoniyat bor-yo‗g‗i 292 yil urushsiz tinchlikda yashagan. Bemalol aytish mumkinki, jahonning turli nuqtalarida alangalanib turgan bunday nizolar aksariyat hollarda millatlararo munosabatlarda millatlararo totuvlik, bag‗rikenglikning yo‗qligi ham sabab bo‗lmoqda. Shu nuqtai nazardan, Respublikamiz milliy siyosatining asosiy tamoyillari hayotda ham o‗z ifodasini topmoqda. Istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o‗zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar o‗rnatishga imkon berilmoqda. O‗rnatilgan aloqalar ona tilini o‗qitish va o‗rganishni yo‗lga qo‗yish, turli qo‗llanmalar va adabiyotlarni o‗z vaqtida olish, yoshlarga ta‘lim olish uchun rivojlangan mamlakatlar, ba‘zan esa ularning tarixiy vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi. Shuningdek, keng qamrovli madaniy-ma‘rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keldi. Respublikada istiqomat qilib turgan 136 millat va elatning har biri o‗ziga xos madaniyatga va ko‗p asrlik an‘analarga ega. O‗zbekiston Respublikasi o‗tkazayotgan milliy siyosatning eng muhim ustuvor yo‗nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun tinch sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg‗unlashtirishdan iborat. Bu sohada keyingi yillardagi eng katta yutug‗imiz umumiy uyimizdagi tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o‗zgarmas ahamiyati tushunchasi kun sayin oshib bormoqda». Dunyoning qariyib barcha mamlakatlari ko‗p millatli. Respublikamiz ham ana shunday boy, turfa madaniyatlar gullab-yashnayotgan mamlakatlardan biri ekani har bir o‗zbekistonlikka iftixor baxsh etadi. O‗zbekistonni o‗z Vatani deb bilib, uning taraqqiyoti yo‗lida fidokorona mehnat qilayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimizdan har biri buni dildan teran his qilmoqdalar. Olib borilayotgan oqilona milliy siyosat tufayli respub-likamizda qaror topgan tinchlik, ijtimoiy totuvlik, o‗zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. O‗zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaat-larini uyg‗unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta‘minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero, millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti butun jahondagi vaziyat va imkoniyatlar bilan ham bog‗liqdir. Xalqimizning «Qo‗shning tinch - sen tinch», «Yon qo‗shni - jon qo‗shni» 49 degan maqolida ana shu haqiqat nazarda tutilgan. Butun dunyoda, birinchi navbatda, qo‗shni mamlakatlarda yonma-yon yashayotgan etnoslar orasida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, hamkorlik hamjihatlik, tenghuquqli munosabat bo‗lmasa, ulardan hech biri o‗zining porloq istiqbolini ta‘minlay olmaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O‗zbekistonning bu boradagi o‗ziga xos siyosatini bayon etib, quyidagicha ta‘kidlagan: «Respublika aholisi o‗rtasida ko‗pchilikni tashkil qiladigan o‗zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‗z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli halqlarning taqdiri uchun, ularning o‗ziga xos madaniy-ma‘naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o‗zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas‘ul bo‗lishdan ham iboratdir». Bunday muhit millatlararo munosabatlarda turli muammolar tug‗ilishiga aslo yo‗l qo‗y-maydi va Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, halq farovonligi kabi umummilliy g‗oyalarni hamkor va hamjihat bo‗lib amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 49 Karimov I.A. O‗zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‗lmaydi. -T.: O‗zbekiston, 2005. 136-bet. Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, olija-noblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an‘analar avloddan-avlodga avaylab o‗tkazib kelinmoqda. Mustaqillik yillarida millatlararo totuvlik g‗oyasi ilgari suril-gani va amalda unga erishilgan O‗zbekiston rivojida qo‗lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biridir. Mamlakatimiz rahbariyati milliy masalani oqilona, xalqaro tamo-yillarga mos yo‗l bilan yechish, millatlararo munosabatlarni uyg‗unlash-tirish chora-tadbirlari ko‗rib kelinmoqda. Bu borada konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutilmoqda. Yurtimizning ko‗pmillatli xalqi ongida «O„zbekiston - yagona Vatan» degan g‗oya asosida haqiqiy vatandoshlik tuyg‗u-sini shakllantirish bu boradagi ishlarning muhim yo‗nalishiga aylandi. Diniy bag‗rikenglik va millatlararo totuvlik masalasi boshqa davrlarda bo‗lgani kabi, O‗zbekistonda ijtimoiy-siyosiy va huquqiy islohotlarning yangi bosqichida ham Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ustuvor yo‗nalish sifatida e‘tirof etib kelinmoqda. Xususan, Prezidentning 2018 yil 28 dekabrdagi oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasida ham bu masalaga alohida e‘tibor qaratildi. Jumladan, Prezident quyidagi fikrlarni bildirdi: «O‗zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglik sohasida o‗z an‘analariga doimo sodiq bo‗lib, bu yo‗ldan hech qachon og‗ishmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o‗rtasida o‗zaro hurmat, do‗stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e‘tibor qaratiladi. Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni ko‗z qorachig‗idek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. Xabaringiz bor, yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisi tomonidan muhim bir hujjat – «Ma‘rifat va diniy bag‗rikenglik» rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017 yil 19 sentabrda Bosh Assambleyaning 72- sessiyasida O‗zbekiston tomonidan ilgari surilgan edi. Bizning taklifimizni Bir- lashgan Millatlar Tashkilotiga a‘zo bo‗lgan 193 ta davlat keng qo‗llab-quvvatlagani jahon hamjamiyati tomonidan O‗zbekistonning sa‘y-harakatlariga berilgan yuksak baho va e‘tirof sifatida barchamizga katta mamnuniyat va g‗urur-iftixor bag‗ishlaydi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, bugungi anjumanimizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlar vakillariga samimiy minnatdorlik bildirishga ruxsat etgaysiz» 50 . 2.O„zbekistonda millatlararo totuvlikni taminlanishining huquqiy asoslari. Hozirgi kunda, O‗zbekistonda 138 ta milliy madaniy markazlar, 16 ta diniy kon- fessiyalar vakillari, 35 ta do‗stlik jamiyatlari faoliyat yuritib kelmoqda. O‗zbekiston millatlararo munosabatlar va diniy bag‗rikenglik masalalari bo‗yicha milliy siyosatni bevosita hayotga tatbiq etayotgan tashkilotlatlardan biri - O‗zbekis- ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik aloqalari qo‗mitasi hisoblanadi. Qo‗mita 2017 yil 19 mayda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5046-sonli farmoniga binoan tashkil etilgan. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi № PQ-2993-sonli qaroriga muvofiq Qo‗mita tomonidan «O‗zbekiston» jurnali nashr etila boshladi. 51 Ushbu jurnal boshqa nashrlar qatori mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglik g‗oyalarini targ‗ib qilishda o‗z o‗rniga ega bo‗lishi nazarda tutilgan. Taniqli faylasuf olim Ibrohim Mo‗minov ta‘kidlaganlaridek, milliy munosabatlar ijtimoiy- siyosiy hodisa bo‗lib, sof holda mavjud bo‗lmaydi, ya‘ni u iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy munosabat tomonlaridan biri sifatida namoyon bo‗ladi. Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyoda 30 millionga yaqin o‗zbeklar yashaydi. 1991-yil mamlakatimiz aholisi 20 million 500 ming kishi edi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz aholsi 33 millionga yetdi. Umuman, milliy siyosatda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilmoq lozim: 50 O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning oliy Majlisga Murojaatnomasi. «Xalq so‗zi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr, № 271–272 (7229–7230). 51 «O‗zbekiston» журнали 2018 йил 1–2-сон. 1) Davlatning etnik siyosati shaxs huquqlarini himoya qilishning ustuvor bo‗lishiga asoslanishi darkor, shuningdek, milliy ozchilikning huquqlari ham kamsitilmasligi shart. 2) Davlatning etnik siyosatidagi bosh yo‗l millatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi lozim. 3) Odamlarni ijtimoiy himoyalashning kuchli mexanizmini ta‘min-lab, respublikada yashayotgan barcha millatlarga mansub aholining manfaat-larini hisobga olish zarur. Abdulloh Ansoriy: «Jamiyatning 4 asosi bor: tinchlik, barqarorlik, ezgulik, xotirjamlik» degan edilar. Demak, «Aholining barcha qatlamlarida mafkuraviy, madaniy-ma‘rifiy, tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish - bu zamon talabidir. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur, chunki mafkura bo‗lmasa odam, jamiyat, davlat yo‗lini yo‗qotishi muqarrar» 52 . O‗zbekistonga etnik guruhlarning mamlakat bo‗ylab tarqoq yashashini ifodalaydigan ko‗p millatlilik bilan bir qatorda, muayyan millatlar vakillarining aloxida xududlarida zich yashash holatini nazarda tutadigan mul‘timillatlilik ham hosdir. Demak, oqilona tashkil etilgan milliy siyosat mamlakatimiz uchun ham muhim xayotiy ahamiyatga ega. Ma‘lumki, millatlararo munosabatlar millatlar, elatlar, etnik gruxlarning o‗zaro va turli etnoslar vakillarining shaxslarining aloqasi, munosabatidek ikki shaklda mavjud bo‗ladi. Stukturaviy nuqtai nazardan esa, u ijtimoiy xayoti soxalariga mos ravishda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma‘naviy munosabatlar ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Mazkur holat birinchidan, jamiyat milliy tuzulishining tarkibiy qismi hisoblangan etnoslarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy madaniy ehtiyoj va manfatlarini ro‗yobga chiqarish va oldindan ko‗rish, ikkinchidan, millatlararo munosabatlarda kechayotgan jarayonlarni to‗g‗ri baholash hamda mavjut muammolarni hal qilishga qaratilgan, kompleks xarakturga ega chora- tadbirlarni ishlab chiqishidek bir-biri bilan uzviy bog‗liq ikki vazifani hal etishni taqoza etadi. Ularning muvafaqiyatli hal qilinishi milliy xayotda kechayotgan o‗zgarishlarining xarakteri va yo‗nalishini, nazoratini tashkil etish va yechish imkoniyatlarini beradi. Qayd etilgan vazifalarning qanday maqsadlarni ko‗zlab xal etilishi esa mohiyat-e‘tibori bilan stixiyalilikka deyarli o‗rin qoldirmaydigan, ijobiy yoki salbiy mazmunga ega millatlararo munosabatlar tilini shakllantirish asos bo‗ladi. Xususan, milliy tungsizlik, o‗zga millatlarga nisbatan bepisantlik bilan qarash, muayyan xollarda esa antagonizning ustuvorligi millatlararo munosabatlarning salbiy mazmunga egaligidan dalolat beradi. Millatlararo munosabatlardagi barqarorlik o‗z-o‗zidan yuzaga kelmaydi.Mamlakatimizga nisbatan tatbiqan olinganda esa, millatlararo munosabatlarning teng xuquqiylik, o‗zaro xurmat, do‗stlik va hamkorlikka asoslangan o‗ziga xos sifatiy xolati millatlararo totuvlik qaror topganini alohida qabul etishi lozim. Boshqacha aytganda, oqilona tashkil etilgan milliy siyosat natijasida muayyan kuchlar alanga olishidan manfaatdor bo‗lgan, mustabid tuzum davrida, oqilona tashkil etilgan milliy siyosat natijasida muayyan kuchlar kuchlar alanga olishidan manfaatdor bo‗lgan, mustabir tuzum davrida darz keta boshlagan etnik munosabatlar istiqlol tufayli mutlaqo yangi asosda rivoj topdi. O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu haqda to‗xtalib, ―alohida g‗urur va iftixor bilan ta‘kidlab aytmoqchimanki, O‗zbekistoning boyliklari ko‗p, lekin biznig eng katta boyligimi, eng yuksak qadriyatimiz, bu-jamiyatimizda xukm surayotgan tinchlik millatlararo do‗stlik va hamjihatlikdir 53 ‖ deb takidlagan edi. Buni xorijlik mutaxsislar ham e‘tirof etishmoqda. Yaponiyalik olim SHen Vashanabekning fikricha, milatlararo munosabatlar bilan bog‗liq muammolarni yechshida uch xil yo‗l mavjud. Birinchi AQSH, Fransiya, Germaniya kabi davlatlarga xos bo‗lib, u iqtisodiy farovonlikni ta‘minlash, turli etnik guruhlarning moddiy ehtiyojlarini har tomonlama qondirishga asoslanadi. Iroq, Afg‗oniston, sobiq Yugoslaviya kabi mamlakatlarda namoyon bo‗lgan ikkinchi yo‗l zo‗rlikka tayanishi va har qanday milliylikni bostirishga intilishi bilan ajralib turadi. Uchinchi yo‗lning eng yorkin timsoli O‗zbekiston bo‗lib unda millatlararo hamjihatlikni ta‘minlashda 52 Karimov I.A. Biz kelajagimizni O‗z qo‗limiz bilan quramiz. -T.7. T.: «O‗zbekiston», 1999, 360–bet. 53 Karimov I.A.Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining10yilligiga bag‗ishlangan tantanali majlis qatnashchilariga tabrik xafsizlik va tinchlik uchun kurashamiz.10 jild –T: ―O‗zbekiston‖, 2002, 181-bet milliylik va umuminsoniylikning eng yaxshi jixatlarini o‗zida mujassam ztgan ma‘naviyat, ta‘lim, mehr muruvvat kabi qadriyatlar negizi asoslanib, siyosat olib boriladi 54 . Shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida qayd etilgani nazariya va amaliyot shakllaridan farq qilgan O‗zbekiston milliy siyosatining moxiyati Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning ―Har qanday millat, u naqadar kichik bo‗lmasin insoniyatning boyligidir va har qanday millat birlikning uning tili, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‗q bo‗lib ketishi yer yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi,‖ 55 - degan so‗zlarida o‗zining yorqin ifodasini topgan, deyish mumkin. Ayni paytda, Respublikamizda ko‗p millatlilikka yaratuvchilik qudratiga ega bo‗lgan omil sifatida qaratilganini alohida takidlash lozim. Ayrim salbiy sovet Respublikasidan farqli ravishda, istibdod davri yo‗qotishlari uchun ―aybdor‖ larning qidirilgani ham alohida ahamiyatga ega bo‗ladi. ―Istiqlologa erishgan xalq o‗zgalarga zug‗um qilmaydi, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Ma‘lumki, tayziq va taxqirdan qutulgan, o‗z qadrini bilgan xalqimiz. O‗z kuniga ishongan va o‗zlariga hamdard bo‗la olishgan qodir erkin halqimiz‖. O‗zbekistonda millatlararo totuvlikni ta‘minlanishining huquqiy asoslari. Jamiyat taraqqiyotining istiqboli, insonlarning baxt-saodati farovon hayot kechirishi millatlar, elatlar, barcha ijtimoiy guruhlar o‗rtasidagi hamkorlik, hamjihatlik munosabatlarning takomillashuvi bilan uzviy bog‗liqdir. Mavjud ma‘lumotlarga ko‗ra, hozirgi kunda ikki yuz yigirma to‗qqiz davlat , o‗n ikki mingdan ortiq ijtimoiy etnik birliklari mavjud. Sayyoramizdagi davlatlar asosan ikki turdan ko‗p elatli va bir elatli davlatlardan tarkib topgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasida yuzdan ortiq millatlar va elatlar yashaydi. Xitoy, Hindiston, AQSH, Kanada , va boshqa davlatlarda ham ko‗plab ijtimoiy etnik birliklarning vakillari yashaydi. O‗zbekiston Respublikasi ham ko‗p elatlar davlatlar sirasiga kiradi. Unda 1989 yili o‗tkazilgan aholi ro‗yxatiga muvofiq 126 millat va elatlar yashaydi. Hozir esa 136 taga yetdi. Yer yuzida yuz milliondan ortiq kishidan tashkil topgan millatlar ham shuningdek uning va hatto yuz kishidan iborat bo‗lgan. Qabilalar va etnik guruhlar ham istiqomat qiladi. Mavjud millatlar va elatlarning 1600 tasi Osiyo va Afrika mamlakatlarda qariyb 100 tasi rivojlangan mamlakatlarda 250 tasi XX asr oxirlarida mustaqillikni e‘lon qilgan. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda yashaydi. Ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli bo‗lgan ijtimoiy etnik birliklar bir-birlaridan o‗zining turmush tarzi turli tarixi madaniyati, urf-odati, iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko‗ra farq qiladi xar bir millatning qiyofasi, uning katta va kichikligidan qatiy nazar, eng avvalo, o‗zining milliy ongi va psixalogiyasi ifodalanadi. Muayyan jamiyatda istiqomat qiluvchi xar bir millatning ma‘naviy qiyofasi o‗sha jamiyatning moddiy ijtimoiy tarixiy sharoitlariga qarab o‗zgarib boradi. Millatning ruhiy ma‘naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o‗z ifodasini topadi. Ijtimoiy ong progressiv shakllari har bir millat kishilarining ruhiy , ma‘naviy qiyofasi asta- sekininlik bilan o‗zgarib borishiga olib keladi. Mana shu o‗zgarish jarayonlari tarixiy bosqichda, progressiv ham regressiv bo‗lishi mumkin. Bunday tarzda ijtimoiy ong shakllarining o‗zgarishlari o‗z navbatida ko‗p millatli davlatlarda negizida turadi. Xalqlarning milliy o‗zligini anglash jarayoniga ham ijobiy, ham salbiy ta‘sir ko‗rsatishi muqarrardir tarix saboqlari shundan dalolat beradiki, agar mavjud ijtimoiy etnik guruhlar o‗rtasida hamjihatlik, an‘anaviy uyg‗unlik vujudga kelmagan bo‗lsa, ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi. Millatlarning va ma‘daniyatlarning bir-biriga ta‘sir ko‗rsatishi bu davlatlarda yashayotgan xalqlarning ma‘naviy aqliy boyishi uchun yaxshi manbaa bo‗lib xizmat qiladi. Aksincha ko‗p elatli Davlatlardagi millatlararo munosabatlarda totuvlik, hamjihatlik, uyg‗unlik, hamkorlik, barqarorlik mavjud bo‗lmasa ijtimoiy taraqqiyotning ravonlashiga katta putur etkazilishi tayindir. Shuning uchun ham ko‗p millatli davlatlarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy etnik birliklar o‗rtasidagi munosabatlarga extiyotkorlik, ziyraklik bilan yondoshish muxim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida milliy o‗zlikni anglashining o‗sishi tufayli 54 Убайдуллаев Р. Бекмуродов М. Приоритет личностного развития Правда Востока, 2004, 13 феврал 55 I. A. Karimov . O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xafsizlikka tahdid, barqororlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.: O‗zbekiston, 1997, 73-74 betlar o‗z davlatchiligiga ega bo‗lmagan etnik guruhlar tomonidan milliy ozodlik harakatlarini keltirib chiqarishi tabbiy xoldir. Milliy ozodlik harakatlarinng asosiy maqsadi- mustamlakachilik zulmini yo‗q qilish. Mustaqil milliy davlatlar tuzish, millatlarning o‗z taqdirini o‗zi hal qilishga erishishi, chet el davlatlarda xukmronligini tugatish, milliy qadryatlarini, odamlarning o‗ziga xos xususuyatlari va an‘analarini saqlab qolishga qaratilgan obyekt extiyojidir. ―Xar qanday millat u naqadar kichik bo‗lmasin insoniylikning bo‗lagidir va har qanday milliy birlikning uning til. Madaniy va boshka xususiyatlarining yo‗q bo‗lib ketishi yer yuzidagi madaniy va fanning,shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi. Shu bois xar bir etnik birlikni saqlab qolish va unga mansub odamlarning eng muxim maqsadi bo‗lishi kerak va bu maqsad, birinchi navbatda, ushbu etnik guruhlarni o‗z ichiga oluvchi xar bir aholida davlatning vazifasidir‖ 56 deydi - Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. O‗zbekiston Xalqining etnik tarkibida tub axoli ustun mavqeni egallaydi. Shu bilan bir vaqtda respublikamiz xududida o‗z madaniyati va ananasiga ega bo‗lgan yuzdan ziyod millat vakillari yashab turibdi . O‗rta Osiyoning tub xalqlari tabiatida boshqa millatlarning vakillariga nisbatan keng fellikning mavjudligi bilan ajralib turadi. ―Xalqimiz, - deydi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov, - va davlatimizning tarixiy xotirasida antisemitizm, irqchilik va o‗zga millatga, o‗zga xalqqa mensimasdan, xurmatsizlarcha munosabatning boshqacha shakllari namoyon bo‗lgan sharmandali saxifalar yo‗qligi bilan faxrlanadi‖ 57 . Millatidan qati nazar odamlarga xayrixoxlik bilan munosabatda bo‗lish, o‗zgalar kulfatiga hamdard bo‗lish va o‗zaro yordam ko‗rsatish O‗zbekiston xalqiga xos fazilatlardandir. Bu xalqimiz tinchligining asosiy manbaidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek, Markaziy Osiyoning bir xalqini boshqasiga qarama-qarshi qo‗yish, milliy ustunlik mavjudligi to‗g‗risidagi afsonalarni tarqatish yo‗lidagi xar qanday urinishlarning oldini olish lozim. Mintaqamizda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni saqlab turish uchun milliy siyosat yurgizishda quyidagilarni esdan chiqarmaslik kerak: - tarkib topgan davlat chegaralarini ularning daxlsizligini tan olish; - mustaqillik tufayli xalqlar milliy o‗zligini anglashning rivojlanishi orqaga qaytmaydigan jarayon ekanligini xisobga olish; - mintaqada yashayotgan xalqlarning o‗zaro yaqinligi millatlararo munosabatlarda ijobiy tasir ko‗rsatishini inobatga olish; - mintaqada integratsiya jarayonlari ham barcha xalqlar ko‗p millatli axolining davlat vamilliy manfaatlarning eng maqbul darajada uyg‗unlashtirishiga asoslangan xolda rivojlanishini taminlash. O‗zbekiston o‗zi tanlagan bu yo‗lning moxiyatini mustaqillikning ilk kunlaridanoq ochiq bayon qilib, bu borada tegishli huquqiy zamin yarata boshlagan edi. Xususan, O‗zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‗g‗richidagi Oliy Kengash Bayonotida O‗zbekiston o‗z xududida yashovchi barcha xalqlarga teng siyosiy xuquqlarni va ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishda imkoniyatlarni kafolatlashi, irqchilik, shovinizm, millatchilikni, xalqlarning huquqlarni cheklash yo‗lidagi har qanday urinishlarga qat‘iyan qarshi chiqishi e‘lon qilingan edi. Bunday qoida 1991 yilning 31 avgustida qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‗g‗risida‖gi Qonunda ham mustahkamlab qo‗yildi‖ 583 . O‗zbekiston o‗zining milliy siyosat modelining tanlar ekan, mazkur sohada xalqaro huquqning ham sodiqligini e‘lon qilgannini alohida qayd etish zarur. 1992 yil 26 fevralda O‗zbekiston Respublikasining Xelsinki yakunlovchi aktiga imzo chekish marosimida so‗zga chiqib, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov umumbashariy qadriyatlr, inson huquqlari va 56 I. A. Karimov . O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xafsizlikka tahdid, barqororlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari –T.: O‗zbekiston, 1997, 73-74 betlar 57 I. A. Karimov . O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xafsizlikka tahdid, barqororlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.: O‗zbekiston, 1997, 81- bet. 58 O‗zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning bunyod bo‗lishi. – T. : O‗zbekiston, 1992 , 7-8, 12, betlar erkinliklarni ta‘minlash, oz sonli millatlarni himoya qilish, millati va dinidan, ijtimoiy nasl- nasabi va mavqeidan qati-nazar, davlatning har bir fuqarosi uchun munosib tirmush sharoitini yaratish talablari bizga yaqin va tushunarli ekanini ta‘kidlab, ―men xalq va hukumat nomidan millatlarni himoya qilish, millati va dinidan, ijtimoiy nasl- nasabi va mavqeidan qati-nazar, davlatning har bir fuqarosi uchun munosib tirmush sharoitini yaratish talablari bizga yaqin va tushunarli ekanini ta‘kidlab, ―Men xalq va hukumat nomidan huquqiy demokratik davlat barpo etish yo‗lida chaqirishning asosiy kafolati bo‗lishi fuqarolar va millatlararo inoqlikni, fikr vijdon, din va e‘tiqod erkinliklarini saqlab qolamiz va har tomonlama mustaqilligimiz deb atayman va bunga qatiy qarorlari deb atayman va bunga qati kafolat beraman 1 ‖-degan edi. Respublikamiz amalda shu qarorga qati rioya qilmoqda. O‗zbekistonning milliy siyosat modeli uning tashqi siyosat sohasidagi faolyatida ham o‗z ifodasini topgan. Bu mamlakatlarimizning BMT va boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlarining hamkorlik, tinchlik, etnik mojarolarini tinch yo‗l bilan hal qilish faolyatiga mos siyosat olib borilayotganda ham yaqqol ko‗rinmoqda. Republikamiz millat va elatlar xuquq va erkinliklarni muxofaza qilishga doir xalqaro bitimlarni amalga oshirish xalqaro maydonda etnik birliklarning xuquqlarini ta‘minlash masalasiga doir tamoillar ishlab chiqish jarayonida ham faol qatnashmoqda. Xususan, O‗zbekiston fuqarolik va siyosiy xuquqlar to‗g‗risidagi xalqaro fakt, irqiy kamsitishlarning barcha turlariga barham berish to‗g‗risidagi xalqaro konvensiya, genotsit jinoyatlarining oldini olish va unga nisbatan jazolar to‗g‗risidagi konvensiya, millati, elati, dini yoki tili nuqtai nazaridan kam sonli bo‗lgan guruhga mansub shaxslarning xuquqlari to‗g‗risidagi deklaratsiya kabi qator xujjatlarni imzolagani ham mazkur yo‗nalishdagi harakatlar ko‗lamini belgilab beradi 59 . Yuqorida qayd qilingan tamoyillarga asoslangan va oqilona tashkil etilgan siyosat tufayli millatlardan qati nazar, barcha fuqarolari jamiyatimiz ijtimoi-siyosiy, manaviy hayotida faol ishtirok etib, mustaqilligimizni mustahkamlash yo‗lida samarali mehnat qilib kelmoqda. Ular O‗zbekistonni o‗z Vatan , taqdiri O‗zbekiston taqdiri tutash, o‗z milliy madaniyatlari rivojini O‗zbekiston taraqqiyotining uzviy qismi deb bilmoqda. Jahon keng, dunyoda mamlakat ko‗p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‗zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O‗zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo‗lmoqda. Bunday ahillik, do‗stlik va hamkorlik o‗zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‗yilgan. Xususan, uning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‗lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‘iy nazar, qonun oldida tengdir» 60 , - degan qoida ana shu bag‗rikenglikning zamonaviy siyosiy- huquqiy ifodasidir. Mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg‗u-lariga daxldor muhim ahamiyatga ega bo‗lgan bir qator tamoyillar belgilab qo‗yilgan. Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat‘iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan. Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e‘tiqodidan qat‘iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta‘kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma‘naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo‗lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi. Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilik-dan g‗ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatil-maganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajovuzkor millatchilik g‗oyalari bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidapa-rastlik va irqchilik qarashlaridan o‗z maqsadlari yo‗lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak, muayyan hollarda ular uyushgan shaklda ham chiqishi mumkin. 59 Права человека. Выпуск1. –T.: 1997,5-6-betlar 60 O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‗zbekiston, 2019. Islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko‗plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylan-tirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo‗yicha konveyyer tashkil etayotgan, xalifalik tuzishdek turli xomxayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak 61 . Axborot globallashuvi kuzatilayotgan bugungi kunda turli g‗oyalar hech qanday chegaralarni tan olmay kirib kelishini e‘tiborga oladigan bo‗lsak, ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo‗ladi. Milliy-madaniy markazlar - xalqlarning ma‘naviy yaqinligi man-baidir. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O‗zbekiston xalqini, millatidan qat‘i nazar, O‗zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» 62 , deb aniq belgilab qo‗yilgan. «O‗zbekiston xalqi» tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo‗lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‗rtasidagi o‗zaro hurmat, do‗stlik va hamjihatlik uchun ma‘naviy asos bo‗lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Konstitutsiyamizning 4-moddasida «O‗zbekiston Respublikasi o‗z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an‘analarini hurmat qilinishini ta‘minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb ta‘kidlangan 63 . Bu borada hayotimizda ko‗plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bular konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‗yilgan va ta‘biri joiz bo‗lsa , ―etnik rang‖ kasb etgan tamoyillardir. Aslida esa ―O‗zbekiston halqini millatidan qati nazar, O‗zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi‖, 1 degan qoidadan kelib chiqilsa, Asosiy qonunimizda belgilab qo‗yilgan xuquq va erkinliklar barchaga birdek tegishli ekani anglashdir.Demak, milliy siyoatimizning asosiy maqsadi qishloqlarimizning, etnik va boshqa belgilaridan qat‘i nazar yagona O‗zbekiston xalqi sifatida jipslashuvi va birligiga erishishdir. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling