„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Milliy g’oya»ning metodlari
- Milliy g’oya fani qonuniyatlari
- Milliy g’oyaning qonuniyatlari 2 turga bo’linadi. 1) umumiy 2) o‟ziga xos qonuniyatlardir. 1. Umumiy qonuniyatlar
- 2. O‟ziga xos qonuniyatlar
- Milliy g‟oyaning negizlari va asosiy tamoyillari.
- 1) Milliy g‟oyaning umuminsoniy qadriyat tamoyillari.
- 2) Milliy qadriyatlarga sodiqlik
- Milliy g‟oyani o‟rganishning O‟zbekistonda erkin, demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi ahamiyati.
- 2 -Ма‟ruza. Milliy goya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari.
Milliy g‟oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an‘analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O‘z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga etishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan «Vatan ravnaqi», «Yurt tinchligi», «Xalq farovonligi», «Komil inson», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo hamjihatlik», «Diniy bag‘rikenglik» kabi g‘oyalar ana shunday umummilliy g‘oyalar qatoriga kiradi. “Milliy g’oya»ning metodlari: Barcha ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar uchun umumiy bo‘lgan falsafiy metodlar: bu fan uchun ham asosiy metod hisoblanadi. Bular: 1. Dialektik metod. 2. Qiyoslash va taqqoslash metodi (eski metod) 3. Nazariy metod (fikrlash, abstraktlashdan konkretlik sari o‘tish) 4. Axloqiy metod. 5. Izohlash metodi. 6. Siyosiy prognozlash metodi (ijtimoiy to‘qnashuvlar oldini olish). 7. Axborotlash metodi yoki integratsiyalash metodi ham deyiladi, ya‘ni umumlashtirish metodi: fan yutuqlaridan foydalanish. 8. Eksperiment metodi. 9. Kuzatish metodi. 10. Empirik sotsiologik metodlar (so‘rov, anketa, matematik model). 11. Statistik umumlashtirish metodi. 12. Umummantiqiy metod (analiz, sintez, abstraktlash, umumiylik va h.k.). Milliy g’oya fani qonuniyatlari jamiyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlari, iqtisodiy va siyosiy madaniyat, ichki va xalqaro tizimlar, uning mexanizmlari, vositalari hamda amaliyotni o‘rganishda muayyan qonuniyatlarga tayanadi hamda amal qiladi. Milliy istiqlol g‘oyasi qonuniyatlari davlat hokimiyati va jamiyat siyosiy hayotida o‘ziga xos qonunlarning harakat qilishi uchun sharoit yaratish, ularning har biri doirasida va o‘zaro aloqalarida uyg‘un harakat qilish jarayonini vujudga keltira bilish, o‘z navbatida undan ko‘zlangan maqsad yo‘lida foydalana olish milliy istiqlolda muhim o‘rin tutadi. Milliy g’oyaning qonuniyatlari 2 turga bo’linadi. 1) umumiy 2) o‟ziga xos qonuniyatlardir. 1. Umumiy qonuniyatlar turli xalqlar, mamlakatlar, jamiyatlar hayotida amal qiladigan umumiy asosga ega bo‘lgan ichki zaruriy bog‘lanishlar bo‘lib, u jamiyat va mafkuralar (g‘oyalar)ning bir-birlari bilan uzviy bog‘liqligi qonunidir. Jamiyat mafkurasiz yashay olmaydi. Demak, birinchidan, mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa, odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qaerdaki, g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha erda begona g‘oya asosida bo‘lgan mafkuralar ta‘siri uchun sharoit vujudga keladi. Buning isboti uchun xoh tarixdan, xoh zamonamizdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir. Demak, Milliy g‘oyaning qonunlari quyidagilardan iborat: 1) Turli xalqlar, turli jamiyatlar mavjud. Ularning maqsadlari ham, rivojlanish yo‘llari ham turli xil. Ya‘ni rivojlanishning, ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xilligi qonun orqali namoyon bo‘ladi. 2) Dunyoning mafkuraviy manzarasi turli xil maqsadlar, turli xil manfaatlar, qarashlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda. Bu ezgu g‘oyalar bilan birga yovuz g‘oyalarning ham yashovchanligini, «dunyoda mafkura sohasida kurashning» davom etib kelayotganligining asosida yotgan o‘ziga xos jihatidir. 3) Globallashuv jarayonining milliy g‘oyaga ta‘sir etishi ham o‘ziga xos umumiy qonuniyatdir. Bu jarayon turli mamlakatlar, xalqlar hayotida ularning bir-biriga bog‘liqligini, o‘zaro ta‘sirini oshiradi, ma‘naviy, g‘oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi. 2. O‟ziga xos qonuniyatlar o‘zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy-madaniy merosi va qadriyatlarini aks ettiradi. Bu qonuniyat Milliy g‘oyaning mazmuni, maqsadi va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda alohida, ustuvor ahamiyatga ega. Chunki bu qonuniyatni hisobga olish o‘zbek xalqining, millatning kelajagi bilan o‘zligini saqlab qolish hamda o‘z negizida rivojlanishini, dunyoda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishni e‘tirof etish bilan bog‘liq. Tarixiy jihatdan yondashganda, bu sohada «turli g‘oyalar», «mafkuralar» ana shu muhim qonuniyatlarga zid bo‘lgan holatlarni ham kuzatishini ko‘rsatadi. O‘zbek xalqini tilidan, madaniyatidan, tarixidan ajratib qo‘yishga bo‘lgan urinishlar bunga misoldir. Chunki yot va begona g‘oyalar xalqning turmush tarzi, milliy-madaniy qadriyatlaridan ajratib qo‘yish orqali uni zaiflashtirishga va o‘z irodasiga bo‘ysundirishga harakat qilgan. Demak, Milliy g‘oyaning qonuniyatlari har bir xalq uchun milliy o‘ziga xosligini zamon yutuqlari bilan bog‘lanishning nafaqat kafolati, balki rivojlanish strategiyasi hamdir. Milliy g‟oyaning negizlari va asosiy tamoyillari. Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillarining o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lish jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning g‘oyaviy jihatlarini belgilash bilan bog‘liq. Bu printsiplar bir-biri bilan dialektik bog‘liqlikda mavjud bo‘ladi. Ular o‘z navbatida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi talablariga mos keladi. 1) Milliy g‟oyaning umuminsoniy qadriyat tamoyillari. Insonparvarlik, inson qadr- qimmati sha‘ni va or-nomusi, haq-huquqlari hamda manfaatlarining ustuvorligi printsipiga tayanadi. Unda insonning hayoti oliy qadriyatdir. Bu tamoyil o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lmay, balki O‘zbekistonning demokratik rivojlanish istiqbolini o‘zida mujassam etadi. Bunda milliy g‘oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson hamda jamiyat manfaatlari uyg‘unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi omil vazifasini o‘taydi. Demak, milliy g‘oya ikki muhim, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan negizga tayanadi. Bu bir tomondan, O‘zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an‘analari, madaniyati bilan bog‘liq milliy- madaniy meros bo‘lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi hisoblanadi. Ikkinchisi, dunyo xalqlari e‘tirof etib, faqat ezgulikka, bunyodkorlik ishlariga, o‘zaro totuvlik va hamjihatlikka xizmat qilib kelayotgan umuminsoniy tamoyillardir. Shu ma‘noda milliy istiqlol g‘oyasi umumbashariy qadriyatlarni e‘tirof etadi. 2) Milliy qadriyatlarga sodiqlik - milliy g‘oyaning tayanch negizlaridan biridir. Bu tamoyil O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga etkazishi uchun to‘la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. O‘tmishdan qolgan buyuk madaniy boyliklarimiz, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni ijodiy jihatdan o‘rganish - bu printsipning asosiy jihatidir. Bu yuqoridagi har ikkala Milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari bir-birini boyitadi, ayni paytda o‘zaro mushtaraklikda rivojlanadi. Milliy g‘oya fanining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini quyidagicha aks ettirish mumkin: shaxs, jamoa, millat, jamiyat, davlat g‘oyaviy milliy-mafkuraviy qadriyatlarini yuksaltirish. Bular g‘oyaviy mafkuraviy, milliy ong, ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq qonuniyatlardir. Lekin ular umumiy aloqadorlikda uyg‘un rivojlanadi va jamiyatda aks etadi. Inson shaxsini g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan shakllantirishga qaratilgan qonuniyatlardan tashqari biz yuqorida bayon etgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, qonuniyatlar ham mavjud. Albatta, mazkur qonuniyatlar o‘ziga xos, xususiy va umumiy jihatlarga ega bo‘lib, ba‘zi sohalarda ularni chuqur o‘rganish, tahlil qilish lozim. Ularni o‘rganish jarayonida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining umumiy tamoyillari mohiyati va mazmunidan kelib chiqmoq kerak. Shu boisdan ham mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borishning turli konkret sharoitlardagi o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘nalishlari va umumiy qonuniyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni teran o‘rganmoq va ularni tadqiq etish foydadan holi emas. 4. Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta‟sirida g‟oyalarning differentsiallashuvi. Muayyan g‟oyalarning dominantlashuvi va ularning oqibatlari. Tarixdan ma‘lum bo‘lgan real mustabid tuzumlarni qiyosiy tahlil etish ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy xususiyatlarini hamda bu g‘oyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator salbiy oqibatlarni aniqlash imkonini beradi. Avvalo, mustabidchilik mafkuralari o‘z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha sohalarini to‘liq qamrab olishga, yagona dunyoqarash tizimi hukmronligini o‘rnatishga intiladilar. Bu mafkuralar buyuk va yorqin o‘tmishni inkor etadilar. Ular jamiyatni inqilobiy yo‘l bilan yoppasiga qayta tuzish zarur va uni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar, o‘zlarigacha bo‘lgan qadriyatlarning barchasini yohud ko‘pchiligini bekor qilib, ularni faqat o‘z tamoyillari bilan almashtirmoqchi bo‘ladilar. Masalan, birinchi qarashda, uzoq o‘tmishga qaytishga chaqiruvchi islom fundamentalizmi go‘yoki bundan mustasnodek tuyuladi. Biroq, aslida bunda ham o‘sha andoza saqlanib qoladi. Ya‘ni Islom fundamentalizmi tarix g‘ildiragini o‘rta asr jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, «ijtimoiy kazarma» tipidagi bir xillashtirilgan mustabid «kelajak»ning o‘ziga xos andozasini taklif etadiki, unda inson fuqarolik huquqlaridan to‘liq mahrum qilinadi, haqiqatda diniy terrorga duchor etiladi. Bunday g‘oyaning qanday ayanchli oqibatga olib kelishini O‘rta asr Yevropasidagi inkvizitsiya misolida ko‘rib o‘tish mumkin. Axborot monopoliyasi ham siyosiy va iqtisodiy hokimiyatni mutlaqlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir: «mustabid tuzum»da barcha axborot vositalari, jamiyatda muomalada bo‘lib turgan axborotning mazmuni ham apparatning qattiq nazoratiga olinadi. Zo‘ravonlik ishlatmasdan turib butun monopoliyalar tizimini saqlash va mustahkamlash mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham davlat terrorizmi, terrorni ichki siyosatni amalga oshirish vositasi sifatida qo‘llash «mustabidchilik tuzumlari» uchun xosdir. Turkistonda ham inqilobdan keyingi dastlabki yillarda hukumatning siyosiy terror natijasida butun-butun ijtimoiy guruhlar va qatlamlar yo‘q qilindi. Shu jumladan, mustabid tuzumning g‘ayriinsoniy xatti-harakatlari tufayli qariyb 2,5 million kishi yoki aholining deyarli yarmi mahv etilgan edi. O‘zbekistonda faqat 1937-1953 yillar mobaynida (bundan urush yillari mustasno) ittifoq mustabid mashinasi qariyb 100 ming kishini qatag‘on qildi, ulardan 13 ming kishi otib tashlandi. Mustabid davlatlarning o‘ziga xos boshqa xarakterli xususiyati jamiyatning harbiylashtirilishi, «harbiy lager» yoki «qamal qilingan qal‘a»dan iborat g‘oyaviy-psixologik vaziyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Bunda mamlakat ichida harbiy fanatizm vaziyati avj oldirilibgina qolmasdan, shu bilan birga, agressiv tashqi siyosat ham amalga oshiriladi. Bu siyosat harbiy-hududiy va mafkuraviy bosqinchilik qilishga, o‘zining mustabidchilik tartiblarini keng miqyosda qaror toptirishga qaratiladi. Lekin tarixiy haqiqat shundan iboratki, mustabidchilik mafkuralarining turli andozlari va ularning loyihalari asosida yaratilgan demokratiyaga qarshi tuzumlarning pirovard natijada halokatga uchrashi muqarrardir. Buni sobiq sotsialistik mamlakatlar, sovet davlati, gitlerchilar Germaniyasi va fashistlar Italiyasi, Kambodjadagi Pol Pot rejimi kabi mutlaq haqiqatni da‘vo qiluvchi mafkuralarning tarixan istiqbolsiz bo‘lgani ham yaqqol namoyish etdi. Ma‘lumki, g‘oya-inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy o'zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo'llari va vositalari mujassam bo'lali. Falsafa tarixida g‘oyalar turli ma'nolarda qo'llangan. Demokrit atomlarni, Platon moddiy bo'lmagan, konkret narsa va hodisalardan tashqarida bo'lgan ideal mohiyatni g‘oya deb hisoblagan. Forobiy «fozil jamiyat», Navoiy «adolatli jamiyat» g‘oyalarini ilgari surganlar. 17-18-asrlarda g‘oya tushunchasi bilish nazariyasi bilan bog'lab izohlangan. Shu asosda g‘oyalarning kelib chiqishi, bilishning turli darajalari, shakllari bilan aloqasi, umuman bilish jarayonila tutgan o'rni masalalari tahlil qilingan. Yangi davrda Kant g‘oyalarni aql tushunchalari sifatida asoslashga harakat qilgan. Fixte fikricha g‘oya «men» ning maqsadidan iborat. Gegel falsafasida g‘oya taraqqiyot jarayonini o'zida to'la gavdalantiradigan mohiyat sifatida talqin etilgan. Tajriba natijalari g‘oyada umumlashadi va shu ma'noda bilim shakliga aylanadi. G'oya narsa va hodisalarning faqat mavjud xususiyatlarini emas, balki ularning rivojlanish tendensiyalarini, kelajakdagi holatlarini ham ifoda etadi. Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, g‘oya amaliyotga joriy qilsa bo'ladigan bilimdan iborat. Demak, g‘oya bilish va amaliy faoliyat o'rtasida faol bog'lovchi hisoblanadi va u barcha yangi narsalarni yaratishning asosidir. Fanda esa g‘oya mavjud bilimlarni sintez qilish, umumlashtirish va qat'iy tartibga solish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Bu, avvalo, har qanday taxminlar, tamoyillar va tasavvurlarni birlashtirib, yaxlit tizim holiga keltiradi va kashf etilayotgan qonunlar, ilmiy nazariyalarning o'zagini tashkil etadi. G‘oya falsafiy tafakkur doirasida xilma-xil ma'nolarda talqin etilgan tushunchalardan biridir. Bugungi kunda falsafiy tafakkur erishgan natijalarga tayanib, g‘oyaning mohiyati, gnoseologik maqomi to'g'risida muayyan umumiy xulosalarga kelingan. Ilmiy fakt, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish, ilmiy bilishning o'ziga xos shakli, yangi bilim va paradigma (sistema) sifatida chiqadigan g‘oyada voqelik bundan keyin qay yo'nalishda o'rganilishi zarurligi haqidagi ko'rsatma, maqsad botiniy tarzda mujassamlashgan bo'ladi va shu tufayli u ulkan yo'naltiruvchilik rolini o'taydi. Ilmiy g‘oyaga xos bo'lgan xususiyatlar qarab chiqilganda g‘oyaning tarixiy taraqqiyotdagi o'rni yanada oydinlashadi. Har qanday g‘oya kabi ilmiy g‘oya ham ulkan yo'naltiruvchilik rolini o'taydi. Masalan, atomlarning mavjudligi haqidagi g‘oya asrlar davomida ilmiy izlanishlarni uni topish, xususiyatlarini tadqiq etish, dunyoning tuzilishidagi o'rnini aniqlashga yo'naltirib keldi. Natijada atom kashf qilindi. Bu kashfiyot olamning tuzilishi to'g'risidagi tasavvurlarning butunlay o'zgarishiga olib keldi. Ammo ilm-fan taraqqiyotida salbiy iz qoldirgan g'ayriilmiy g‘oyalar ham bo'lgan. Masalan, o'z davrida kibernetika va genetikaning «soxta fan»ligini asoslashga qaratilgan g‘oyaning ustuvor bo'lgani bu fanlar rivojini bir necha yilga orqaga surib yubordi. Ilmiy g‘oyalar taraqqiyot omiliga aylanishi uchun ma'lum shart-sharoit bo'lishi kerak, ya'ni jamiyatning umumiy bilim darajasi yuzaga kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor bo'lishi hamda uni tekshirib ko'rish, tasdiqlash yoki inkor etish imkoniyati — qurollar, vositalar, moliyaviy resurslarga ega bo'lishi lozim. Aks holda u ma'lum madaniy-ma'rifiy hodisa sifatida qolib ketadi. G'oyaning voqelikka mos kelishi muhimdir. Ijtimoiy g‘oya ilmiy g‘oyadan farq qilib, odamlarni uyushtiruvchilik xususiyatiga ham ega, shu bilan birga u jamiyat hayotiga bevosita ta'sir o'tkaza oladi. Bunda g‘oya ijobiy yoki salbiy rol o'ynashi mumkin. O'zbekistonda mustaqillik davrida milliy g‘oya konsepsiyasi ishlab chiqildi. Milliy g‟oyani o‟rganishning O‟zbekistonda erkin, demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi ahamiyati. G‘oyaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati juda muhim falsafiy masaladir. Inson o‘zi g‘oyalarni yaratadi, ulardan kuch-quvvat oladi. O‘zi yaratgan g‘oyalar insonning ongi va shuurini, tafakkuri va e‘tiqodini egallab, uning sohibiga aylanadi. Yuksak g‘oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari etaklaydi. G‘oyasi yetuk, e‘tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko‘rsata oladi. Har bir xalqning tarixi shu xalqdan etishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoiy insonlar tarixi asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To‘maris, Spitamen va Muqanna, Temur Malik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Bobur Mirzo kabi mard farzandlari - buyuk g‘oya sohiblaridir. Ming yillar o‘tsa ham, buyuk ajdodlarimizning matonati va qahramonligi xalqning xotirasidan o‘chmaydi. Chunki ular yuksak g‘oyalar - Vatan ozodligi, el-yurt baxt-saodati, ilmu urfon rivoji yo‘lida jon fido qilganlar. Ahmad Yassaviy 60 yildan ziyod umrini yer ostida o‘tkazganida ham, Najmiddin Kubro mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi jang qilganda ham ulug‘vor g‘oyalar ularga sabr-bardosh va matonat ato etgan. Jordano Bruno jismu jonini egallagan buyuk g‘oya tufayli gulxan alangasida ham o‘z e‘tiqodidan qaytmagan, Nasamiyni tovonidan so‘ysalar ham, ishqi ilohiy deb jon bergan. Muayyan bir g‘oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo bo‘ladi. Ayni paytda u yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgani, jamiyatning taraqqiyot yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi. Insoniyatga «O‘zini anglamoq buyuk saodat» ekanligini anglatgan Suqrot ham, «xalqni yakqalam qildim», deya qoniqish hissini tuygan Navoiy ham, Hindiston va Pokiston ozodligi yo‘liga umrini baxshida aylagan Maxatma Gandi ham bugungi avlodlar uchun ibrat namunasi bo‘lgan ulug‘ insonlardir. Milliy g‘oya va mafkura o‘zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyat va imkoniyatlarni to‘la yuzaga chiqarishda beqiyos omil bo‘ladi. Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. Yapon milliy mafkurasi «Milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «Fuqarolik burchi», «Yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizatsiya» kabi g‘oya va tushunchalar ushbu mamlakatning bugungi kunda erishgan yuksak natijalarga poydevor bo‘ldi. Mafkuraviy mustaqillikka erishish ham taraqqiyotning muhim omillaridan biri. Mustaqillik mafkurasi, milliy uyg‘onish millatning o‘z tarixi va taqdirini chuqur tushunishi, milliy ongi o‘sishi, milliy qadr-qimmatini asrashi, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usi kuchayishi bilan bog‘liqdir. Yuksak milliy ong bo‘lmagan joyda to‘laqonli milliy mustaqillik ham, milliy mafkura ham bo‘lmaydi. Adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‗zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU,-2016.56 b. 2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, -2016.488 b. 3. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga k‘otaramiz. 1-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b. 4. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 5. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T., «Ma‘naviyat», 2008. 6. Nazarov Q. G‘oyalar falsafasi .- T.: Akademiya, 2011. 2 -Ма‟ruza. Milliy g'oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari. Reja: 1. Insoniyat tarixida g'oya va mafkuralar namoyon bo'lishining asosiy bosqichlari: mifologiya, teologiya va xalq ma'naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g'oya va mafkuraning ifodalanishi. 2. G'arb mamlakatlarida ilk g'oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. 3. Sharq va Markaziy Osiyoda g'oyalarning namoyon bo'lishi, ularning gumanistik mohiyati. 4. G'arb mamlakatlarida g'oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari (ilk o'rta asrlar va Renesans davri). 5. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi zamon g'oyalarining shakllanishi. 6. XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o'ziga xos xususiyatlari. 7. Mustaqillik – milliy g'oya fanining bosh mavzusi. Ma'naviy jasorat - millat g'oyasi va ruhining ifodasi. Tayanch so’zlar: Insoniyat tarixida g‟oya va mafkuralar namoyon bo‟lishining asosiy bosqichlari,“Avesto”, Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Pifagor, Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino merosida g‟oyalar masalasi. Temuriylar davri g‟oyalari, Amir Temur, Ulug‟bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g‟oyalar to‟g‟risidagi fikrlari, xristianlik g‟oyalari,Tomazo Kampanella, Tomas Morning “Quyosh shahri” haqidagi utopik g‟oyasi. Marks va Engelsning sotsializm g‟oyasi tanazzuli, milliy mumtozlik. Mustaqillik – milliy g‟oya fanining bosh mavzusi. Ma‟naviy jasorat- millat g‟oyasi va ruhining ifodasi. 1. Insoniyat tarixida g'oya va mafkuralar namoyon bo'lishining asosiy bosqichlari: mifologiya, teologiya va xalq ma'naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g'oya va mafkuraning ifodalanishi. Milliy g'oyaning tarixiy ildizlari – xalqimizning moziy sinovlaridan o'tib kelayotgan boy madaniy va ma'naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an'analari, qo'shiqlari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo'lida ko'rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma'naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo'ladi. U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan. Bu tafakkurning markazida olamning eng ulug' mo'jizasi bo'lmish insonning ulug'ligi va mo'tabarligi g'oyasi yotadi. Binobarin, u qadrlanishi, e'zozlanishi lozim. Chunki mamlakatning hayoti, farovonligi, ana shu mehnatkash insonlarning mehnati, faoliyatiga bog'liq. Har qanday mafkura, milliy g'oya tarixiy, madaniy ma'naviy meros, tarixiy xotira asosida shakllantiriladi va ularga suyanadi. ―Milliy g'oya oldiga qo'yiladigan talablar haqida gapirmoqchi bo'lsak, avvalo, uning ikki suyangan tog'i-tayanchi xaqida fikr yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda, milliy mafkuramiz xalkimizning tarixiy merosi, azaliy an'analari, udumlari, tili, dini, ruhiyatiga, bir so'z bilan aytganda, milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslangan holda zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o'ziga qamrab olgan tarzda Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq manfaatlari va farovonligi yo'lida xizmat qilmog'i darkor‖. Milliy g'oyaninig tarixiy ildizlarini bilish shuning uchun muhimki, bu ildizlarda ajdodlarimizning buyukligini tasdiqlovchi dalillar bor, kelajak orzu-umidlarini ko'rsatuvchi ma'lumotlar etarli, insonni faollikka, shu asosda yangi jamiyat qurishga chorlovchi da'vatlar mavjud. Milliy g'oyaning tarixiy ildizlarini chuqur anglash insonning amaliy harakatiga qudratli ta'sir ko'rsatuvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Milliy g'oyaning tarixiy ildizlari madaniy – ma'naviy merosda, tarixiy ong va tarixiy xotiradadir. Bu ildizlarni bilish, yana bundan tashqari, milliy g'oya kurtaklari turli tarixiy davrlarda paydo bo'la boshlaganini, mazmuni boyib borganligini anglashga yordam beradi. Milliy g'oya ma'naviyatning tarkibiy qismi ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, ―... albatta, har qaysi xalq yoki millatining ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi‖ . Milliy g'oyaning oziqlantiruvchi ildizlarini bilish va anglash inson ma'naviyatini yuksalatiradi. Tarixiylik va mantiqiylikni o'zida mujassamlashtirgan ―Yuksak ma'naviyat engilmas kuch‖ asarida Islom Karimov tomonidan yaxlit holda ko'rsatilgan ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar bular - ayni paytda milliy g'oyaning tarixiy va zamonaviy ildizlari ham hisoblanadi. Mafkuralar insoniyat ibtidosida mifologik-diniy qarashlar sifatida shakllana boshlagan. Kishilarning bir-birlariga munosabatlarining asoslarini belgilovchi muayyan qarashlar, g'oyalar, aqidalar, qoidalar va talablar zamirida muayyan qo'rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan, ularga rioya qilish qat'iy nazorat qilingan. Mehnat sohalarining kengayishi ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi natijasida jamiyatda tabaqalanish sodir bo'lgan, bu jarayon bilan uzviy bog'liq tarzda turli-tuman diniy, dunyoviy, etnik, huquqiy va boshqa g'oya va mafkura shakllari yuzaga kela boshlagan. Shu bois g'oya va mafkuralar g'oyat ko'p va turli-tumandir. Insoniyat ibtidosidan to hozirgi kunga qadar son-sanoqsiz g'oya va mafkuralar shakllangan, tarqalgan, ularning ayrimlari bugungi kunda ham yashab kelmoqda, ayrimlari esa kishilarning xotiralaridan o'chib ketgan. Bu jarayon hozirgi davrda ham davom etmoqda va insoniyat mavjud ekan, davom etaveradi. G'oya va mafkuralar turli tarixiy davrlarda turli nuqtai nazariyalardan turkumlashtirib kelingan. Xususan, ilk davrlarda g'oya va mafkuralar ezgu va yovuz, ilohiy va dunyoviy turkumlarga ajratilgan. G'oyalarning ―hayoti‖, ularning paydo bo'lishi, rivojlanishi, boshqa g'oyalar bilan o'zaro munosabati, kurashi, nihoyat, eskirgan g'oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy g'oyalar misolida yaqqol namoyon bo'ladi. Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng kichik, bo'linmaydigan zarrasi si-fatida "atom" tushunchasini kiritgan edi. Ptolemey-Aristoteldan tortib, o'rta asrdagi Ulug'bek astronomiyasigacha dunyoning markazini Yer deb hisoblab kelganlar; Yevklid geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta'limoti ham o'z davrining eng ilg'or ilmiy g'oyalariga asoslangan edi. Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo'linishini, koinot markazi Er emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va boshqa ko'plab kashfiyotlar qilindi. Dunyoga A. Eynshteyn, N. Bor, E. Rezerford, M. Kyuri va boshqalarning nomlarini mashhur qilgan yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g'oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko'p ilmiy g'oyalarni amaliyotga aylantirdi. Televidenie, kosmik raketa, kompьyuter, uyali telefon va boshqa sohalardagi yutuqlar bunga yorqin misol bo'ladi. Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksiz. Bu jarayonda amaliyotda tasdiqlanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g'oyalar bilan o'rin almashaveradi. Adabiyotlarda g'oyalarni ularning inson va jamiyatga ta'sir qilish xususiyatlari tamoyiliga ko'ra, ularning namoyon bo'lish shakllari ikki turkumga - bunyodkor va vayronkor g'oyalarga ajratiladi. Xususan, taraqqiyotga xizmat qiluvchi, jamiyat va insonni ezgulikka undovchi g'oyalar sifatida ozodlik va mustaqillik, tinchlik va adolat, tenglik va hamkorlik, do'stlik va birdamlik, hurfikrlilik va ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik va xalqparvarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g'oyalari qayd etiladi. Jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab bo'luvchi, g'ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiluvchi vayronkor g'oyalar sifatida esa - mustabidlik va bosqinchilik, terrorchilik va aqidaparastlik, jaholatparastlik va irqchilik, millatchilik va mahalliychilik, vatansizlik va yovuzlik g'oyalari sanab o'tiladi. ―Milliy g'oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o'tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo'lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o'zimizga tasavvur qiladigan bo'lsak, o'ylaymanki, bunday keng ma'noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo'lamiz‖ . Ayrim hollarda g'oya va milliy g'oya, mafkura va milliy mafkura tushunchalarining farqlariga yetarli darajada e'tibor berilmaydi. Xususan, g'oya milliy g'oya ma'nosida, mafkura esa - milliy mafkura sifatida talqin etiladi. Agar g'oya tushunchasi asosan aqliy faoliyat bilan bog'liq bo'lsa, milliy g'oya tushunchasi milliy his- tuyg'u, millat mentaliteti bilan uzviy bog'liqdir. Milliy g'oya - halqning qalbidan chiquvchi, uning orzu-umidlarini o'zida ifoda etuvchi, xalqning haq-huquqini himoya qiluvchi, uning qadr- qiymatini yuksaltirishga undovchi haqqoniy fikrdir. Milliy g'oya xalqning o'zligini anglatuvchi, milliy tuyg'ularini uyg'otuvchi, milliy g'urur va oriyatini qo'zg'atuvchi fikrdir. Milliy g'oya xalqni uyushtiruvchi, uning qadr-qiymatini tiklovchi, o'zligini anglatuvchi, ijodkorlik va yaratuvchanligini ro'yobga chiqaruvchi, jamiyat taraqqiyotini insonparvarlik yo'nalishiga etaklovchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. Insoniyat tarixida g'oya va mafkuralar namoyon bo'lishining asosiy bosqichlari: 1. Mifologiya, teologiya va xalq ma'naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g'oya va mafkuraning ifodalanishi. 2. G'arb mamlakatlarida ilk g'oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. 3. Sharq va Markaziy Osiyoda g'oyalarning namoyon bo'lishi, ularning gumanistik mohiyati. 4. G'arb mamlakatlarida g'oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari (ilk o'rta asrlar va Renesans davri). 5. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi zamon g'oyalarining shakllanishi. 1. Mafkuraning XIX asr o'rtalaridan boshlangan takomil bosqichlari. 2. XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o'ziga xos xususiyatlari. 3. Mustaqillik – milliy g'oya fanining bosh mavzusi. Ma'naviy jasorat - millat g'oyasi va ruhining ifodasi. Kishilik tarixidan yaxshi ma'lumki, dastlab odamlarning ishonch-e'tiqodi tabiatni ilohiylashtirish asosida shakllangan. Shuning uchun eng qadimgimafkuralar haqida gap ketganda, avvalo, odamlar jamoa bo'lib, urug'larga bo'linib yashagan ibtidoiy davrlarni eslash lozim.Chunki odamlarning jamoa bo'lib, ya'ni birlashib yashashi ularning muayyan mafkura asosida uyushganidan, tabiat o'zgarishlariga birgalikda javob izlaganidan dalolat beradi. Bunda ular yashaydigan hududning o'ziga xos iqlimi, tabiat dunyosi, shart-sharoiti muhim ahamiyat kasb etgan. Insonning hali texnika rivojlanmagan vaqtidagi hayot tarzi, moddiy ta'minoti ko'proq tabiat hodisalariga bog'liq bo'lgani uchun har bir qabila tevarak-atrofidagi borliqni o'zining moddiy-ma'naviy ehtiyojlaridan, ularni qondirish darajasidan kelib chiqqan holda tasavvur etgan. Shu tariqa tabiat hodisalari o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettiradigan afsona va rivoyatlar paydo bo'lgan. Masalan, eng qadimgi davrlarda nur, ziyo, bahor, yoz farovonlik, yaxshilik va ezgulik ramzi sifatida tasavvur etilgan bo'lsa, qish, ayoz qorong'ulik, zulmat, yomonlik va vayronkorlik timsoli sifatida tasavvur etilgan. Afsona va rivoyatlar, tasavvurlarga asoslangan bunday qarashlarni biz mifologik qarashlar deb ataymiz. Mif - yun. mifhos – afsona, rivoyat, asotir — ibtidoiy davr kishilari ongi va t.sida inson, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo'lishi bilan bog'liq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishi, Mifologiya – miflarni o'rganuvchi fan sifatida ijtimoiy ong shakllaridan biri va kishilarning tabiiy va ijtimoiy hodisalarning mohiyatini anglashda ilk bosqich hisoblanadi. Xususan, totemizm, animizm, fetishizm kabi ibtidoiy dinlar ana shu asosda shakllangan. Ular jonning abadiyligi, tabiatdagi narsa va hodisalarning ilohiy quvvatga ega ekani to'g'risidagi xilma-xil g'oya va sodda qarashlarni ifoda etgan. G'oyaviy e'tiqodlarning shakllari: Totemizm; Animizm; Fetishizm; Magiya. Masalan, totemizm – hayvon va o'simliklarga sig'inish asosidagi diniy ta'limot. Bu so'z Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilidan olingan. Totemizm odamzodning muayyan o'simlik va hayvon turlariga qarindoshligi borligini anglatadi. Bunday xususiyatlar ayrim xalqlar hayotida bugungi kungacha uchraydi. Masalan, hindlar sigirga, avstraliyaliklar kenguruga, qirg'izlar oq bug'uga baxt keltiruvchi hayvon deb qaraydi. Bizning ajdodlarimiz esa humo qushini ulug'laganlar. Shuning uchun davlatimiz gerbida humo qushi tasviri tushirilgan. Yuqorida aytganimizdek, ibtidoiy odamlar hamma narsaning joni bor, ular sezadi, fikrlaydi, deb o'ylaganlar. Ular yaxshilik keltirsin, yomonlik keltirmasin deb turli xil marosimlar o'tkazib, duolar o'qiganlar. Animizm (lotincha anima – ruh degani) – har bir narsaning joni bor deb e'tiqod qilishga undovchi ana shunday qarashlar asosida shakllangan. Fetishizm (fransuzcha fetiche – but, sanam, tumor degani) – jonsiz narsalarga sig'inishga da'vat etuvchi e'tiqod. Uning mazmuniga ko'ra, buyumlar va ularga xos xususiyatlar insonlarni murod-maqsadga etkazishi, odamlarning hayotiga biron-bir tarzda ta'sir etishi, bu ta'sir goh ijobiy, goh salbiy bo'lishi mumkin. Magiya (―shomon‖ so'zining tungus tilidagi ma'nosi - sehrgarlik) – real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida bajariladigan ritual urf-odatlar majmuasi. G'oyalar tarixining keyingi bosqichida teologiya vujudga kelgan. Teologiya-(lot. theo-xudo, logos-ta'limot) Xudo to'g'risidagi fan, ta'limot. Xudo uning sifatlari, belgilari va xususiyatlari to'g'risidagi diniy ta'limotlarni asoslash va himoya qilish tizimi. Teologiyaga muayyan din tomonidan belgilangan aqidalarning haqiqatligini isbotlash bilan birga, dindorlarning hayot tarzi va me'yorlar majmui ham kiradi. Millatimizga xos ilk g'oyalar zardo'shtiylik tarzidagi diniy-falsafiy ta'limot sifatida shakllangan. Uning g'oyalari bilan bog'liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o'ziga xos xususiyatlarini belgilashda nafaqat ulkan ma'naviy- ma'rifiy meros, shu bilan birga, xalqimizning ma'naviy-ruhiy tiklanishi va qadriyatlarimizni asrab-avaylashning negizi hamdir. Zardo'shtiylikning asosi bo'lgan ―Avesto‖ kitobida qadimgi xalqlarning dunyo to'g'risidagi tasavvurlari, o'ziga xos ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy g'oyalar aks etgan. Ularning asosini olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va zulmat orasidagi ziddiyatga asoslangan g'oyalar tashkil qilib, ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal kabilar bu dinning ustuvor tushunchalaridir. Ushbu g'oyalarda erli xalqlarni birlashishga da'vat etuvchi yuksak vatanparvarlikni tarbiyalaydigan fikrlar mujassam bo'lib, ular shu zamin farzandlari uchun g'urur, o'zlikni anglash va kuch-qudrat timsolidir. ―Avesto‖da nafaqat Zardo'sht ta'limoti, balki unda o'sha davrning eng asosiy g'oyalari xamda bu g'oyalarga tayanib yozilgan qo'shiklar, hikoyat va rivoyatlar jamlangan. Bir necha kitobdan iborat bo'lgan ―Avesto‖ jamiyat va inson hayotining barcha sohalaridagi g'oyalarni umumlashtirgan, mintaqamiz xalqlarining ular asosida shakllangan yashash va hayot kechirish qonun-qoidalarini o'zida ifodalagan. Jumladan, unda quyidagi g'oyalar aks etgan: -Mol-dunyoga hirs qo'yma, ochko'z bo'lma. Dunyo (boylikka) hirs qo'yish dunyo lazzatlarini bemaza, bexalovat qiladi. Samoviy abadiy lazzatlardan mahrum etadi. -G'azabdan o'zingni asra, chunki g'azab tufayli inson o'z ishlarini, ezgu maqsadlarini unutadi... Halol mehnatdan qoladi. G'azab tufayli hayotda halovat yo'qoladi, safo (xursandchilik kayfiyati) o'ladi. -Uyquga ruju qo'yma, savob ishdan qolasan. -Sergaplik gunohlarni ko'paytiradi. Kamsuxanlik ezguliklarni ko'paytiradi. Chunki kamsuxanlik fikrlab so'zlashga imkon beradi. Yurtimizni miloddan oldingi IV asrda zabt etgan makedoniyalik Aleksandr ―Avesto‖ning birgina nusxasini qisman (tibbiyot, falakiyot, falsafa, adabiyot) saqlab qolib, uni o'rganish uchun ustozi Aristotelga yuborgan, qolgan nusxalarini esa yo'qotishni buyurgan. Bu haqida Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: ―Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o'ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o'sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo'qolib ketdi‖. Ba'zilar Aleksandr ―Avesto‖ tilini bilmagani, uning mohiyatini tushunmagani uchun kitobning qadriga etmagan va yo'q qilishni buyurgan, degan haqiqatdan yiroq fikrni bayon qiladi. Haligacha teran fikrlari bilan jahon ahlini lol qoldirib kelayotgan mashhur faylasuf Aristoteldek buyuk tafakkur sohibidan ta'lim-tarbiya olgan Aleksandr kitobning qadrini tushunmaganiga ishonib bo'ladimi? U shunchalik savodsiz kishi bo'lganmi? Yo'q, albatta. Aleksandr kitob nima ekanini, unda aks etgan g'oyalar odamlarga kanday ta'sir ko'rsatishi mumkinligini yaxshi bilgan. Shu bilan birga, u o'z qo'shiniga qattiq qarshilik ko'rsatgan yurtimiz xalqlarining g'oyalari ―Avesto‖da o'z ifodasini topganini, o'sha davrdagi avlod-ajdodlarimizning istibdodga bosh egmasdan, kitobdagi ushbu g'oyalarga tayangan holda, tez orada yana istiqlol uchun kurashga chiqishini nihoyatda yaxshi tushungan. Xullas, Turonzamin xalqlarini o'z ajdodlari qoldirgan ezgu g'oyalardan bebahra qilish, tafakkurini qaramlikda saqlashning eng yaxshi va maqbul yo'li — uni o'zligidan judo etish, g'aflatda saqlash, tarixini unutishga maxkum qilish orqali amalga oshirilishini yaxshi bilgan jahongir Aleksandr ―Avesto‖ni yo'q qilishga urinishi tabiiy edi. Keyinchalik boshqa jahon fotihlari ham ana shunga o'xshash yo'llardan borgani bu fikrni isbotlaydi. ―Avesto‖ miloddan avvalgi XIII asrdan to milodning IV gacha bo'lgan tarixiy voqealarni o'zida aks ettirgani uchun milliy g'oyalarni asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, uni ma'naviy yuksaklikka da'vat etish, odamlar o'rtasida mehr-oqibatni mustahkamlash va milliy an'analarni saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etgan . ―Avesto‖ o'sha davrdagi ustuvor huquqiy va ahloqiy g'oyalar, ma'budlar sha'niga aytilgan madhiyalar, dastlabki yakkaxudolik dinining asosiy aqidalarini, yaratuvchanlik, mehnatsevarlik, yaxshilik, bag'rikenglik, davlatchilik g'oyalarini o'zida jamlagan muqaddas manba hisoblanadi. Mustaqillik davrida ―Avesto‖ga munosabat tubdan o'zgardi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o'zining ―Adolatli jamiyat sari‖ asarida ―Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig'ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosidir‖, - deb baho bergan edi. O'zbekiston hukumati tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi ―Avesto‖ yaratilishining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999, noyabr). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 martdagi maxsus qarori bilan 2001 yil noyabr oyida ―Avesto‖ kitobining 2700 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Taraqqiyot natijasi o'laroq insoniyat tarixining keyingi davrlarida milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfusiylik singari milliy diniy tizimlar shakllangan.Hinduiylik hindistonliklarning ko'pxudolilikka asoslangan dini bo'lib, unda uchta xudo asosiy deb tan olinadi. Iudaizm – yahudiylik dini bo'lib, unga ko'proq shu millat vakillari e'tiqod qiladi. Konfusiylik – xitoy faylasufi Konfusiy tomonidan yaratilgan ta'limot. Yaponlarning milliy dini esa sintoizmdir. Yer yuzining ma'lum mintaqasida paydo bo'lgan diniy qarashlarning asosida o'sha tabiiy makonning xususiyatlari, odamlarning yashash tarzi namoyon bo'ladi. Masalan, Odam Ato va Momo Havoning yaralishi xususidagi rivoyat dunyoning qariyb barcha dinlarida mazmunan deyarli bir xil, ammo shakl nuqtayi nazaridan farq qiladi. Masalan, shimoliy mintaqalarda yaratilgan rivoyatlarda Odam Ato va Momo Havo, janubiy mintaqada ―tuproqdan yaralgan‖ ilk Ota va Onamizdan farqlanadi. Bunga o'xshash misollarni juda ko'plab keltirishimiz mumkin. Dinlarning deyarli barchasida ko'plab milliy an'analar, xalqning turmush tarzi ham mujassamlashgan. Ular muayyan davrlarda davlat dini va mafkurasi bo'lib xizmat qilgan. Jumladan, konfusiylik bir necha asrlar mobaynida Xitoy xalqining dini va davlat mafkurasi bo'lib kelgan. Xususan, u hukmdorning adolatli, haqiqatparvar bo'lishi kerakligi haqida quyidagi fikrni keltiradi – ―Agar hukmdor urf-odatlarni sevsa – xalq ichida uni izzat- hurmat qilmaydigani topilmaydi. Agar hukmdor adolatni sevsa – hech kim bo'ysunmaslikni ixtiyor etolmaydi. Agar hukmdor haqiqatni sevsa – xalq ichida baxtsiz odam qolmaydi‖ . Ana shunday dono hikmatlari tufayli ham konfusiychilik bir necha yuz yillar davomida Xitoyda davlat dini va mafkurasi darajasiga ko'tarilgan. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling