„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o'ziga xos xususiyatlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Mustaqillik – milliy goya fanining bosh mavzusi. Manaviy jasorat - millat goyasi va ruhining ifodasi.
- Nazorat savollari
- 3 - Ма‟ruza . Milliy g„oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o„zaro bog„liqligi
6. XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o'ziga xos xususiyatlari. Bashariyat beparvolikka berilib, uning bunyodkorlik intilishlari susaygan paytda yovuz va buzg'unchi mafkuralar jozibali shiorlarni niqob qilib, odamlarni chalg'itib, hokimiyatga egalik qilib olishi ham mumkin. XX asrning 30-yillarida Italiya va Germaniyada fashizmning g'alaba qozonishi, buning natijasida dunyo halokat yoqasiga borib qolgani, insoniyat boshiga tengsiz kulfatlar yog'ilgani bunga misol bo'la oladi. Albatta, fashizm g'oyasi o'z-o'zidan paydo bo'lgani yo'q. U zikr etilgan davlatlardagi o'zaro qarama-qarshiliklar, ijtimoiy tengsizliklar, iqtisodiy muammolar natijasida vujudga kelgan va asta-sekin kuchayib borgan. Xususan, Italiyada 1910-yildan «Milliy g'oya» nomli jurnal nashr etila boshlagan. Unda asosan tajovuzkor millatchilik targ'ib etilgan. Ushbu mamlakatdagi hamda butun dunyodagi taraqqiyparvar kuchlarning bunday noxush holga loqayd qaragani, kurash yo'lida birlasholmagani natijasida fashizm tez orada hukmron mafkuraga aylandi. Bu odamzod uchun achchiq saboq bo'lib, har qanday g'oya va mafkura ezgulik va bunyodkorlik intilishlarini mujassam etmasa, xalqni vayronkorlik sari boshlasa, oxir-oqibatda, inson hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin ekanligini ko'rsatadi. Ana shunday vayronkor mafkuralardan biri bolshevizm edi. U sinflar o'rtasidagi ijtimoiy- siyosiy qarama-qarshilikni mutlaqlashtirishga, hokimiyatni har qanday yo'l bilan egallashga, xalqni mulksiz, g'urursiz olomonga aylantirishga qaratilgan edi. U zo'ravonlikni, qon to'kish va ommaviy qatag'onlarni oqlash uchun jamiyatni sun'iy ravishda qarama-qarshi taraflarga ajratdi. Bunday qarama-qarshilik doimiy mafkuraviy targ'ibot natijasida nafaqat guruh va qatlamlarni, balki oilalarni ham qamrab oldi. Odamlar ―qizillar va oqlar‖ga bo'linib ketdi. Buning natijasida ota o'g'ilga, aka ukaga, do'st birodarlariga qarshi kurashdi. Qisqasi, xalqning kuch-idroki bunyodkorlikka emas, vayronkorlikka yo'naltiriladi. Yaratish, ijod qilish emas, balki buzish va yo'q qilish, odam o'ldirish mardlik va qahramonlik sifatida ulug'lanadigan bo'ladi. Lekin bu mafkura dunyoning oltidan bir qismida etmish yildan ortiq hukmronlik qilganiga qaramay, g'ayriinsoniy mohiyati tufayli, oxir-oqibatda, halokatga uchradi. Agar jamiyat taraqqiyotiga ―Insoniyat tarixi - g'oyalar tarixidir‖ degan tamoyil asosida nazar solinsa, XX asrda bu jihatdan davlatlarning 3 xil yo'ldan borgan shakli rivojlanishi ma'lum bo'ladi: Muayyan g'oya va mafkura mutloqlashtirilgan (ideologizasiyalashgan) davlatlardir. Bunda biron bir sinf, partiya yoki qatlamga oid mafkura mutlaq hukmronlik darajasiga ko'tariladi, boshqa mafkura va qarashlarga yo'l qo'yilmaydi. O'zgacha qarashdagi kishilar yo'q qilinadi, ularga xos g'oya va mafkuralar ta'qiqlanadi. Sobiq ittifoq, ba'zi sosialistik lager mamlakatlari va fashizm hukmron bo'lgan davlatlar bunga misol bo'ladi. Yuqoridagi holning xalqlar va davlatlar boshiga nihoyatda katta kulfatlar keltirgani, fashizm va kommunizmning mohiyatan bir xil, ammo bir-biriga qarama- qarshi mamlakatlar hayotini butunlay qamrab olgani, oxir-oqibatda 1-2-jahon urushlarni keltirib chiqargani G'arbdagi ko'pgina mamlakatlarni boshqacha yo'ldan borishga majbur qildi. Bu yo'l siyosat o'z yiliga - g'oya o'z yo'liga, mafkura o'z yo'liga - davlat o'z yo'liga degan qarash (deideologizasiya) asosida shakllandi. Ammo XX asrning 60-yillari oxirida kelib bu yo'l ham to'g'ri emasligi, g'oya va mafkurasiz millat, davlat va jamiyat hayoti halokatli bo'lishi mumkinligi, jamiyatda umumiy bir g'oyaviy tamoyillar lozimligi aniq bo'lib qoldi. Demokratiya, fikrlar rang-barangligi, vijdon erkinligi, inson huquqlari ustuvor bo'lgan jamiyatda qanday qilib umumiy mafkuraviy tamoyillar bo'lishiga erishish mumkin? degan savollar paydo bo'ldi. Ana shu savollarga javob tariqasida ilg'or demokratik davlatlarda g'oyaviy taraqqiyoning zamonaviy yo'li - reideologizasiya tamoyillari asosida hayot kechirishga o'tildi. Bunda biron-bir mafkura hukmron va davlat mafkurasi darajasiga ko'tarilmaydi. Balki davlat bu sohada ham asosiy islohotchi sifatida ish yuritadi. U jamiyatdagi tinchlik, barqarorlik, mushtarak maqsadlarga erishish uchun boshqa sohalar kabi g'oyaviy-mafkuraviy sohada ham taraqqiyotning hamma uchun birdek ahamiyatga ega bo'lgan umumiy tamoyillariga butun jamiyat miqyosida amal qilishini kafolatlaydi. Bunda davlat mafkurachi emas, balki jamiyatdagi fikrlar xilma- xilligi, qarashlar rang-barangligi uchun huquqiy-siyosiy kafolatlar, g'oyaviy asoslar va mafkuraviy imkoniyat doimo mavjud bo'lishini ta'minlaydi. Jahonning demokratik mamlakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari to'plangan. XX asr 60-70 yillari G'arbiy Yevropa va AQShda mafkurasizlashuvga, ya'ni ijtimoiy hayotni mafkuradan holi (deideologizasiya) etishga urindilar. Lekin bu yo'l o'zini oqlamadi. Chunki tarbiyadagi mafkuraviy bo'shliq o'z asoratlarini ko'rsata boshladi... Natijada ―mafkuraviy yangilanish‖, ―qayta mafkuraviylashuv‖ (reideologizasiya)ga kuchli zarurat tug'ildi va mafkurasizlik xatosini tuzatishga kirishildi. Shu tariqa, G'arbiy Yevropa va AQShning pozitivistik pedagogikasi ijtimoiy qadriyatlarga e'tiborni, mafkuraviy tarbiyani o'z ichiga oluvchi ―maktabda o'quvchilarni siyosiy indoktrinatsiyalashni amalga oshirish‖ kontseptsiyasini ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq qila boshladi. O'zbekiston davlati sobiq SSSR davrida ideologizasiya (mafkuralashtirish) yo'lidan 1991 yilgacha keldi. So'ngra deideologizasiyalashtirildi. Birinchi Prezident Islom Karimov 1998 yil ―Tafakkur‖ jurnali bosh muharriri bilan suhbatidan ―Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin‖, 2000 yil ―Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir‖ (―Fidokor‖ gazetasi muhbiri bilan savol-javoblari) suhbatidan so'ng O'zbekiston reideologizasiya (2000) yo'lini tanladi. Amerika maktablarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish - o'z milliy manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida qaraladi. Shu sababli AQShning ―Millat‖ (―The Nation‖) jurnali ―Agar ijtimoiy fan o'qituvchisi maktab sinfidan o'zining liberal qarashlarini bildiradigan joy sifatida foydalana boshlar ekan, u tez orada ishsizga aylanadi‖, - deya ogohlantiradi. Demak, mafkuralar ma'no-mohiyatiga ko'ra bunyodkor g'oyalar va mafkuralar 1) falsafiy, 2) dunyoviy, 3) diniy ta'limotlar asosida yaratiladi. Turli ijtimoiy-siyosiy kuchlar o'z mafkuralarini yaratishda siyosiy g'oyalar bilan birga diniy oqimlar, falsafiy maktablar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi. Vayronkor g'oya va mafkuralarning eng ko'p uchraydigan shakllaridan biri diniy aqidaparastlikdir. Ular, xalqning taraqqiyot darajasiga qarab, muayyan davrlarda G'arbda ham, Sharqda ham hukm surgan, bugungi kunda ham dunyoning turli hududlarida turli shakllarda paydo bo'lmoqda. Ular terrorchilik, diniy ekstremizm, qurol-yarog' va giyohvand moddalar savdosi kabi jinoyatkorona xatti-harakatlar bilan birlashib, eng zamonaviy qurol-aslaha hamda texnik vositalarni egallab, odamzod uchun katta ofatga aylanmoqda. Bugungi kunda Suriya, Iroq, Yaqin Sharq, Bolqon yarim oroli, Shimoliy Kavkaz, Afg'oniston, Jazoir kabi mintaqa va mamlakatlar bu illatlar keng yoyilgan hududlarga aylanib qolmoqda.Aqidaparastlik har qanday shaklda ham insoniyat uchun nihoyatda xatarlidir. Hozirgi davrda ham hamma narsani inkor etishga, hech qanday ijtimoiy me'yor va qonun-qoidalarni tan olmaslikka da'vat etuvchi, ko'p hollarda vatansizlikni mutlaqlashtiradigan ba'zi mafkuralar turli ko'rinishlarda namoyon bo'lmoqda. Prezidentimiz ta'kidlagani kabi, bashariyatni jaholatdan ma'rifatga, zulmatdan ziyoga olib chiqadigan umuminsoniy g'oyalarni asoslash va amalga oshirish yo'l-yo'riqlarini kashf etish uchun kishilik tarixining turli davrlarida beqiyos aql-zakovat, iste'dod va tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko'ramiz. Zardusht, Suqrot, Aflotun, Arastu, Konfusiy, Forobiy, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati bunga yorqin misol bo'la oladi. Milliy g'oya va mafkura o'zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyat va imkoniyatlarini ulug' maqsadlarga safarbar etishga xizmat qiladi. Masalan, XX asrda katta ahamiyatga ega bo'lgan yapon milliy mafkurasi ―kattaga hurmat‖, ―ona yerga sadoqat‖, ―yaponlarga xos ruh‖, ―umummilliylik‖, ―fidoyilik‖, ―vatanparvarlik‖, ―fuqarolik burchi‖, ―tadbirkorlik‖, ―jamoaga sadoqat‖ kabi g'oya va tushunchalarni qamrab oladi. Bu tushunchalar xalq hayotiga mos kelgani, ularni yuksak maqsadlar sari boshlagani uchun o'tgan asrda Yaponiyaning jadal rivojlanishiga asos bo'ldi. G'oyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik esa millatning birdamligi, davlatning qudratiga putur etkazadi. Masalan, ayrim hukmdorlarning Chingizxon bosqini, Chor Rossiyasi istilosi davrida xalqni birlashtirib, kurashga safarbar etolmagani mamlakatimizning qaramlikka tushib qolishiga olib kelganini tarixdan yaxshi bilamiz. Xulosa qilib aytganda, g'oya va mafkuralarning tarixiy shakllari, mazmun-mohiyatini asrlar mobaynida ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o'rtasidagi azaliy kurash belgilab keladi. Har bir kishi buni yaxshi bilmog'i, bu borada o'z o'rnini topmog'i, hayoti va faoliyatini ezgu ishlarga sarflamog'i lozim. Ta'kidlash lozimki, har bir davrning o'ziga xos ijtimoiy taraqqiyotining o'sha bosqichini o'zida mujassam etgan g'oyalari mavjud bo'lgan. Masalan, ibtidoiy jamiyatda inson yovvoyilikdan madaniylashishga o'ta boshladi, tabiat sirlarini o'rganib o'zining inson ekanligini his etish bilan bog'liq g'oyalar yuzaga kela boshladi. Ko'hna qadriyatlarimiz, olimu ulamolarning asarlari jamiyatning g'oyaviy-mafkuraviy asosini yaratishda juda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Yurtimiz xalqlarining tarixi, madaniyati o'z ildizlari bilan asrlar qa'riga borib taqalishi va uzoq ming yillarni o'z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman va suriyalik geograf va tarixchilarning yozib qoldirgan ma'lumotlari, Nosiriddin Burhonuddin Rabg'uziyning ―Qisasi Rabg'uziy‖, Alisher Navoiyning ―Tarixi muluki Ajam‖, Firdavsiyning ―Shohnoma‖ asarlaridan, zardushtiylikning muqaddas kitobi ―Avesto‖dan, shuningdek, Bexistun, Bundaxishn, qadimgi turkiy bitiklar, jumladan O'rxun-Enisey yodgorliklaridan aniq va ravshan bilib olishimiz mumkin. Milliy g'oya va mafkuramizning ildizlari o'ta qadimiy ekanligiga yunonistonlik olimlar - Arrian, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx, Geradot, Straban, shuningdek, Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari ham guvohlik beradi. Qayd etish lozimki, O'zbekistonda milliy tiklanish, bir tomondan milliy o'zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g'oyaviy-mafkuraviy asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tish asnosida yuz berdi. ―Ayni vaqtda biz jamiyatni va jamiyat tafakkurini yangilashning inqilobiy usullariga, bu jarayonni sun'iy ravishda chetdan turib, zo'ravonlik yo'li bilan tezlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga mutlaqo qarshimiz. Biz barcha sohalarda, jumladan, ma'naviy sohada ham tadrijiy-evolyusion islohotlar yo'li tarafdorimiz va bunga qat'iy amal qilamiz. Ya'ni, sodda qilib aytganda, odamlarning dunyoqarashi, e'tiqod va tafakkurida demokratik tamoyillar vademokratik qarashlarning kengayishi va mustahkam o'rin topishi avvalambor hayotning tabiiy yurishi bilan, ularning moddiy turmush darajasi va madaniy saviyasi tobora rivojlanishi va yuksalishi bilan chambarchas bog'liq ekanini hayotning o'zi taqozo etadi‖. Mustabid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy g'oyalar tarixiga sinfiylik nuqtai nazardan yondashildi, faqat kommunistik mafkuraga mos, to'g'ri keladigan g'oyalargina tan olindi, xolos. Xalqimizning o'tmish ma'naviyati, falsafiy g'oyalariga e'tibor berilmadi. Keng xalq ommasi orasida markscha-lenincha falsafa, ilmiy ateizm va ilmiy kommunizm g'oyalari keng targ'ib qilindi. Ularga nomuvofiq ta'limotlar qattiq tanqid ostiga olindi. O'z milliy madaniyati, urf-odati va an'analariga sodiq bo'lgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyolilar, olimlar, shoir va yozuvchilar qatag'on qilindi. Endigi vazifa — sobiq mafkuraning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramizga tayanib, boy ma'naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy-falsafiy g'oyalar tarixini chuqur, har tomonlama o'rganish hamda ularga amal qilib, porloq istiqbolni yaratishdan iborat. Bu borada O'zbekistonda Birinchi Prezidentimiz asoslab bergan jamiyat va odamlarni, turli guruh va qatlamlarni taraqqiyot sari yetaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo'lida birgalikda harakat qilishga undovchi bunyodkor g'oyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday g'oyalar ta'sirida inson ezgulikka etishish, millatlar va davlatlar esa ozodlik va mustaqillikka erishish uchun intiladi, adolat va haqiqat tantanasi yo'lida kurashadi, buyuk tarixiy g'alabalarni qo'lga kiritadi. 7. Mustaqillik – milliy g'oya fanining bosh mavzusi. Ma'naviy jasorat - millat g'oyasi va ruhining ifodasi. Mustaqillik so‘zi: «Mustaqil [arabcha - erkin, ozod; tobe bo'lmagan, alohida]-1) ixtiyori o'zida bo'lgan; tobe, qaram bo'lmagan; 2) o'zganing yordamisiz yoki rahbarligisiz ish qila oladigan, o‘zicha fikr yurita oladigan, yashay oladigan; 3) faqat o'ziga taalluqli, o'zgalar ishtirokisiz, ta'sirisiz bo'ladigan»,-degan ma‘nolarni bildiradi. Mustaqillikning umummetodologik ahamiyati shundaki, u millat, halq manfaatlaridan kelib chiqib, barcha sohalarga – ishlab chiqarish, fan-texnika, iqtisod, siyosat, xuquq, ma'naviyat, madaniyat, turmush tarziga ham ozodlik va obodlik ruhini berdi. Va ayni ana shu mustaqillik ruhi har bir voqea, hodisa, jarayonlarning metodologik asosi bo'lib xizmat qiladi. Bu - mustaqillikning qonuniyati bo'lib, undan boshqacha yo'l bo'lishi ham mumkin emas. Boshqacha yo'l - bu yana ozodlikdan mahrum bo'lish, tobelik, qullik, mutelik, adolatsizlik sari bosilgan ayanchli qadam bo'lar edi. Shunday ekan, mustaqillik - o'zbek xalqi uchun yashash huquqi, u hayot-mamot masalasi. Bu huquq faqat kurash, mehnat qilish, adolat o'rnatish va Vatan baxt-saodati rivojini mustahkamlashdir. Mustaqillikning jamiyat hayotidagi tub mohiyati haqida Sh.M.Mirziyoev: «Agar har bir xalq, har bir davlat mustasil bo'lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hatto shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha'nini tuproqqa qorishi mumkin ekan. Biz yaqin tariximizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar misolida mustasilligimizning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab yetishimiz, uni har sanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shart» 9 , — degan edi. Mustaqillikning asosan quyidagi shakllari mavjud: birinchisi - siyosiy mustaqillik, ikkinchisi- iqtisodiy mustaqillik, uchinchisi - ma'naviy-madaniy mustaqillik. Siyosiy mustaqillik deb, har bir millat va xalqning o'z davlat hokimiyatiga, davlat muassasalariga, konstitusiyasiga, fuqaroligiga, tiliga, milliy puliga, davlat ramzlariga, davlat chegarasiga ega bo'lgan holda o'zini o'zi idora etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, o'z taqdirini o'zi hal qilishdan iborat bo'lgan maqomiga aytiladi va hokazolar. Iqtisodiy mustaqillik deb, har bir millat va xalqning o'z tabiiy va moddiy boyliklariga to'la huquqiy ega bo'lib, ishlab chiqarish, iste'mol, taqsimot, ayriboshlash munosabatlarini mustaqil ravishda tashkil etish, yashash uchun zarur bo'lgan moddiy ne‘matlarni yaratish faoliyatiga aytiladi. Ma'naviy-madaniy mustaqillik deb, har bir inson, millat va xalqning olamda yuz berayotgan voqea, narsa, hodisa va jarayonlarga nisbatan erkin fikr bildirishiga, o'zining milliy hislatlarini, fazilatlarini umuminsoniy qadriyatlarga mos ravishda namoyish qilish asosida betakror madaniy borliq yaratish faoliyatiga aytiladi. Маnaviy jasorat-qalbida, yuragida jasorat hissi nihoyatda kuchli bo‘lgan insonlar har qanday murakkab vaziyatda ham adolat va haqiqat yo‘lida o‘zini ayamay, el-yurt uchun, Vatan uchun ibratli ishlarni amalga oshirishi. Ма‘naviy jasorat-insonlarga hos bo‘lgan ma‘naviy fazilatlarni ezgu ishlar, his-tuyg‘ular, muqaddas va ulug‘ tushunchalar bilan uyg‘unlashib, millat g‘oyasi va ruhining ifodalanishidir. Ma‘naviy jasorat sohiblari: Sokrat, Platon, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Kopernik, Galiley, Bruno, Mahatma Gandi, Amir Temur, Najmiddin Kubro, Yahyo G‘ulomov, Zulfiyaxonim, Ozod Sharofiddinov, Islom Karimov va boshq... Birinchi Prezidentning qat‘iyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan, taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Islom Karimovni qancha e‘zozlasak, xalqimizga, yoshlarimizga ma‘naviyat yetkazgan bo‘lamiz, deya ta‘kidlagandi Shavkat Mirziyoyev. 9 Mirziyoev Sh.M. «Shunday o'lka doim bor bo'lsin» // Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.:«O‘zbekiston», 2017. -B.344. Nazorat savollari: 1. Milliy g'oyaning tarixiy ildizlari deganda nimalarni tushunasiz? 2. ―Insoniyat tarixi - g'oyalar tarixidir‖, ―Mafkura - istiqlolning yaratuvchisidir‖ degan tavsiflarning mazmun-mohiyatini qanday tushunasiz? 3. Milliy va umuminsoniy g'oyalarning o'zaro nisbati, ularning shakllanishi va rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari haqidagi fikringiz? 4. Milliy-diniy asosdagi mafkuralardan qaysilarini bilasiz? Monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm va materializm haqida gapirib bering. 5. Bunyodkor va vayronkor g'oyalarning mohiyati haqida gapirib bering. 6. Vayronkor g'oyalarning eng ko'p tarqalgan shakllari qaysilar? 7. Milliy g'oya va mafkuralar qanday talablarga javob berganda xalqni ezgu maqsadlar sari safarbar eta oladi? 8. ―Eng buyuk jasorat-ma'naviy jasoratdir‖ deganda nimani tushunasiz? Adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent –―O‗zbekiston‖ -2017. 2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 3. Karimov I. Milliy mafkura – davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma'naviy kuch-qudrat manbai. - T. 8. –T. : O'zbekiston, 2000. 462-474 betlar. 4. Karimov I. Jamiyatimiz mafkurasi – xalqni xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. T. 7. - T. : O'zbekiston, 1998. 84-102 betlar 5. Karimov I. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma'naviyat, 2008. 6. Milliy istiqlol g'oyasi. –T.:Akademiya, 2005. 7. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: Yangi asr avlodi», 2001. 8. Milliy g'oya va rahbar mas'uliyati/ Q. Nazarov, I. Ergashev va boshq. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi. –T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007 3 - Ма‟ruza. Milliy g„oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o„zaro bog„liqligi Reja 1. Ijtimoiy taraqqiyot va tarixiy jarayonlarning milliy g‘oyalar shakllanishi hamda amal qilishiga ta‘siri. 2. Tarixiy xotira g‘oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma‘naviy omil. 3. Siyosat va mafkuraning o‘zaro aloqadorligi va farqi. 4. Milliy g‘oyada mentalitetning namoyon bo‘lishi. 5. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalarning takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‘lishi. Таyanch so’zlar Milliy g‟oya xalqning tarixiy taraqqiyoti asosi. Milliy g‟oya o‟z-o‟zini anglashning mahsuli. Milliy g‟oya mohiyatida xalq manfaatining ifodalanishi, g‟oya va mafkuralarning ijtimoiy taraqqiyotdagi roli. Ijtimoiy-siyosiy tuzumlar o‟zgarishida g‟oyaviy-mafkuraviy qarashlarning ahamiyati. Mafkuraviy meros va unda vorisiylikning namoyon bo‟lishi. Tarixiy xotira g‟oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma‟naviy omil. Mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in‟ikosi. Individual ongda mafkuraga munosabatning turli darajalari. Mafkura va g‟oyalarning kundalik voqelik bilan uzviyligi. Axloq va mafkura, din va mafkura, san‟at va mafkura mutanosibligi. Ijtimoiy jarayonlarning yo‟nalishlari: iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va boshqa g‟oyalarning o‟zaro munosabati. Siyosat va mafkuraning o‟zaro aloqadorligi va farqi. Siyosatning mafkuralashish va mafkuraning siyosatlashtirish oqibatlari. Mafkura amal qilishining psixologik va ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari. Siyosiy ijtimoiylashuv va siyosiy tarbiya muammosi. Milliy g‟oyada mentalitetning namoyon bo‟lishi. Mentalitetning fikrlash uslubi va qadriyatlar bilan bog‟liq elementlari. Milliy va umuminsoniy g‟oyalarning individualligi va umumiyligi, integratsiyasi va differentsiatsiyasi. O‟zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‟oyalarning takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‟lishi. Yangi g‟oyalar tizimidagi ustuvor tamoyillar, ularni amalga oshirishning dolzarb vazifalari. Istiqlolga asoslangan yangi g‟oyalar tizimini takomillashtirish, uning ma‟naviy ta‟sirchanligi va mafkuraviy samarasini oshirish usullari va yo‟llari. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling