Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


XIII. Eskimos tillari oilasi


Download 0.49 Mb.
bet38/74
Sana05.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#206300
TuriReferat
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bog'liq
ilmiy ish asoslari

XIII. Eskimos tillari oilasi: eskimos tillari.

XIV. Shimoliy Amerika tillari oilasi: amerika hindulari tillari.

XV. Mongol tillari oilasi: xalxa-mo‘g‘ul, buryat, qalmoq.

XVI. Uzoq Sharq tillari oilasi: a) yapon; b) koreys; v) ayn.

XVII. Turkiy tillar oilasi. Turkiy tillarning qaysi tillar oilasiga mansubligi haqida uch xil ilmiy qarash bor: 1. Bir guruh olimlar (O.Betling, G.Vinkler, R.Rask, V.Shott, V.Tomsen, M.Kastren) turkiy tillarni O‘rol-Oltoy tillar oilasiga kiruvchi guruh deb hisoblaydilar. Bu oilaga fin-ugor, tungus-manjur, mongol, koreys, yapon tillarini ham kiritadilar. 2. Bir guruh olimlar (Ye.D.Polivanov, Ramsted, Yu.Nemet, V.Kotvech, V.Ryasyanin) turkiy tillarni Katta Oltoy tillar oilasiga kiruvchi guruh deb hisoblaydilar. Fin-ugor tillarini ajratishadi. 3. Bir guruh olimlar (N.A.Baskakov, V.V.Radlov, F.Korsh, V.A.Bogorodskiy) turkiy tillarni alohida tillar oilasi sifatida ajratishadi.

N.A.Baskakov turkiy tillarni oila sifatida quyidagicha tasnif qilgan: A. G‘arbiy xun tarmog‘i: 1. Balqar guruhi: chuvash tili. 2. O‘g‘uz guruhi bir necha kichik bo‘limlardan tashkil topgan: 1) o‘g‘uz-turkman: turkman va truxman tillari; 2) o‘g‘uz-balqar: gagauz va bolqon turklari tillari; 3) o‘g‘uz-saljuq: ozarbayjon, turk, qrim-tatar tilining janubiy qirg‘oq shevasi va urum tili. 3. Qipchoq guruhi bir necha kichik guruhlarga bo‘linadi: 1) qipchoq-polovesk bo‘limi: qaray, qo‘miq, qorag‘ay-balqar, qrim-tatar tillari; 2) qipchoq-balqar bo‘limi: tatar va boshqird tillari; 3) qipchoq-nug‘ay bo‘limi: no‘g‘ay, qoraqalpoq, qozoq, o‘zbek tilining qipchoq shevasi. 4. Qarluq guruhi: o‘zbek va yangi uyg‘ur tillari. B. Sharqiy xun tarmog‘i: 1. Uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi kichik bo‘limlardan iborat: 1) uyg‘ur-turkiy bo‘limi: tuva va tofa tillari; 2) yoqut bo‘limi: yoqut tili; 3) xakas bo‘limi: xalas, shor, cho‘lim tatar, qamashi, oltoy tilining shimoliy shevasi, sariq-uyg‘ur tillari. 2. Qirg‘iz-qipchoq guruhi: qirg‘iz va oltoy tillari.




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling