Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.49 Mb.
|
ilmiy ish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy uslubdagi janrlar
- morfonologik alternatsiya
3-mavzu: Ilmiy janrlar
Asosiy matn Ilmiy janr – bu o‘ziga xos tuzilma hisoblanadi. Bu tuzilma matnni nafaqat mazmuniga ko‘ra, balki boshqa ahamiyatli bo‘lgan omillarga ko‘ra tashkil qilish tamoyillarini ajratib beradi. Tabiiyki, bitta bir xil ilmiy axborot institut darsligida va lingvistlarning xalqaro kongresidagi yirik olimning ma’ruzasida turlicha aks etadi. Ikki xil vaziyatda axborotni kim yetkazib berayotgani va kim tinglayotganligi o‘rtasidagi munosabatlar o‘xshash emasligidadir. Ilmiy janrlar shakliga qarab ikki xil bo‘ladi: 1) yozma ilmiy janrlar: annotatsiya, referat, taqriz, maqola; 2) og‘zaki ilmiy janrlar: ma’ruza, darsdagi og‘zaki javob, munozara, ochiq tortishuv. Ilmiy uslubdagi janrlar darajasiga qarab ikkiga bolinadi: 1) birinchi darajali janrlar: monografiya, ilmiy maqola, ilmiy hisobot, lug‘at maqola, o‘quv qo‘llanma; 2) ikkinchi darajali janrlar: reja, tezis, konspekt, annotatsiya, taqriz, refarat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ish. Ilmiy matnlarni turli asoslar bo‘yicha tasnif qilishi mukin. Ilmiy matnlar maqsadiga, adresatiga, kichik va kattaligiga va qayd etish uslubiga ko‘ra turlarga ajratiladi. Ilmiy matn shunday tuzilishi kerakki, o‘sha ilmiy axborot nafaqat professional, balki u yoki bu ilmiy muammoga qiziqqan kishi, hatto havaskor ham tushunishi lozim. “O‘tkan kunlar” romanidagi morfonologik alternatsiya. Tilning barcha sathlari o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Zamonaviy tilshunoslikda oraliq sathlar to‘g‘risidagi nazariy talqinlar ilgari surilmoqda va ana shunday oraliq sathlardan biri morfonologiya deb qaralmoqda. Bu sath haqidagi ilmiy fikrlarni O.S.Axmanova, N.S.Trubetskoy, G.Aronson, A.Reformatskiy, V.B.Kasevich3 va boshqa olimlar o‘z tadqiqotlarida bayon qilishgan. N.A.Baskakov, A.G‘ulomov, J.Bo‘ronov, A.Abduazizov4 kabi olimlar esa turkiy tilshunoslikdagi shu masalaga doir o‘z qarashlarini aytib o‘tishgan. Yuqorida sanab o‘tilgan olimlarning asarlarida morfonologiyaning asosiy xususiyatlari ochib berilgan va bu hodisaning har bir tillar oilasida, shuningdek har qanday milliy tilda o‘zgacha namoyon bo‘lishi ta'kidlangan. O‘zbek tilida ham morfonologik alternatsiyaning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud. Ana shu masalaga “O‘tkan kunlar” romanidan olingan misollar asosida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. O‘zbek tili ham singarmonizm hodisasi mavjud bo‘lgan turkiy tillarning davomiy bir bo‘lagi hisoblanadi. Shu sabab tilimizda ham morfonologik xususiyatlar mavjud. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari tarixiy roman bo‘lganligi bois, unda talaygina morfonologik xususiyatlarni kuzatish mumkin. Nazariy qarashlarga asoslanadigan bo‘lsak, morfemalardagi fonemalarning almashinuvi alternatsiyaning asosini tashkil qiladi. Alternatsiyaga oid holatlarni so‘z turkumlari asosida izohlash maqsadga muvofiqdir. I. Ot turkumidagi affiksal morfemalarning morfonologik xususiyatlar quyidagicha: 1. Kelishik qo‘shimcha- laridagi morfonologik alternatsiya: 1) tovush almashishi. Masalan: a) -ka. ... xoxolab kulishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek (11-bet); b) -g‘a. ... ozod bir qizg‘a, albatta, zahmat bermas, deb o‘ylayman (24-bet). 2. Egalik qo‘shimchalaridagi morfono- logik alternatsiya: 1) tovush almashishi. Masalan: a) ... manim birinchi xolis tilagim (113-bet); b) ... tiriklikning yana bir yamog‘i chiqib turadir (92-bet); 2) tovush tushishi. Masalan: a) ... Azizbek otalig‘ining o‘g‘li edi (91-bet); b) ... to‘qig‘uchiliq hunarida birinchi shahridir (14-bet); v) ... latif burnining o‘ng tomonida... (32-bet). 3. Moyillik bildiruvchi qo‘shimchalardagi morfonologik alternatsiya: 1) tovush almashishi. M: a) ... majruh ko‘kslariga o‘qqina otadir (57-bet). 4. So‘z yasovchi qo‘shimchalardagi morfonologik alternatsiya: 1) tovush moslashishi. M: a) ... tuyg‘un Homid qo‘rboshining nima maqsadi borlig‘ini payqadi (92-bet). II. Fe'l turkumidagi affiksal morfemalarning morfonologik xususiyatlari quyidagicha: 1. So‘z yasovchi qo‘shimchalardagi morfonologik alternatsiya: 1) tovush tushishi. Masalan: a) ... Kumush qizarindi (64-bet). III. Sifatlardagi affiksal morfemalarning morfonologik xususiyatlari quyidagicha: 1. Daraja shakli bilan bog‘liq morfonologik alternatsiya: 1) tovush ortishi. Masalan: a) ... bu hujrada qip-qizil gilam, ... (11-bet). 2. Moyillik bildiruvchi qo‘shimchalardagi morfonologik alternatsiya: 1) tovush moslashishi. Masalan: a) ... o‘n uch-o‘n to‘rt yoshlar chamaliq do‘ndiqqina bir qiz kelib ... (194-bet); b) ... kunchalik yuzlik, oppoqqina, o‘rtacha husnlik ... (160-bet); v) ... o‘z vijdonimiz oldida bir turlikkinadirmiz! (125-bet). 3. So‘z yasovchi qo‘shimchalardagi morfonologik alternatsiya: 1) tovush almashishi. Masalan: a) ... sovuq va tushda qo‘rqarliq bir kulgu tusi berdi (169-bet). IV. Son turkumidagi affiksal morfemalarning morfonologik xususiyatlari quyidagicha: 1) tovush tushishi. Masalan: a) ... qonunlari juda yengil, ikav-ikav, suygan-suyganini oladirlar ... (141-bet). V. Olmoshlardagi affiksal morfemalarning morfonologik xususiyatlari quyidagicha: 1) tovush almashishi. Masalan: a) ... uttalarda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan bo‘lsa ... (11-bet). VI. Ravishlardagi affikslar morfemalarning xususiyatlari quyidagicha: 1. So‘z yasovchi morfemalar morfonologik alternatsiyasi: 1) tovush moslashishi. Masalan: a) ... tusi bir oz siniqqansumon ... (54-bet). Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, o‘zbek tilidagi morfonologik xususiyatlar tilimizning tovush tizimi bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Bu holat singarmonizm hodisasining hozirgi adabiy tilimizda yo‘qligi tufayli passivlashgan, ammo shevalarimizda yaxshi saqlanib qolgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling