6-mavzu: Ilmiy asarni annotatsiyalash: annotatsiya (taqriz) turlari
Asosiy matn
1. O‘quv qo‘llanmasiga taqriz. U. P. Lafasov va M.B.Akbarovaning “Nutq madaniyati va notiqlik” nomli o‘quv qo‘llanmasiga
TAQRIZ
Nutq insonga Yaratgan tomonidan berilgan ulug‘ ne’matdir. Nutq madaniyati barcha odamlarning yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etuvchi sohalardan biri hisoblanadi. Notiqlik alohida talant bo‘lib, ba’zan tug‘ma, ba’zan esa tinimsiz mehnat bilan shakllantiriladigan iste’dod shaklidir. Har bir millatning nutqida o‘zgacha takrorlanmas jihatlar bor bo‘lib, bu holat o‘sha tilda gapirgan paytdagina namoyon bo‘ladi. Mustaqil davlatimizning jadal taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ydi. Shu bois yangi avlod darslik va qo‘llanmalar yozilmoqda. Mazkur qo‘llanmalar jahon oliy uquv yurtlarida o‘qitilayotgan yoki jahon ilm ahli tomonidan tan olingan kitoblar asosida yozilmoqda. Jumladan, ToshDShI dotsenti U.Lafasov va o‘qituvchi M.Akbarovalar tomonidan yozilgan “Nutq madaniyati va notiqlik” o‘quv qo‘llanmasi ham ana shu mezonlarga mos holda yaratilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada nutq madaniyati va notiqlikning boshqa fanlar bilan munosabati, nutqning aloqaviy sifatlari, adabiy me’yor va notiqlik san’ati, G‘arb va Sharqda notiqlik, munozara va epideyktiv nutqning o‘ziga xosliklari, nutq madaniyatining yozma shakllari haqidagi izoh va sharhlar berilgan. Ushbu qo‘llanma Arastuning “Ritorika” (Xitoba) asari asosida o‘zbek nutqining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda yozilgan. U. P. Lafasov va M.B.Akbarovaning “Nutq madaniyati va notiqlik” nomli o‘quv qo‘llanmasini chop etish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston davlat jahon tillari
instituti, “Umumiy tilshunoslik”
kafedrasi dotsenti f.f.n. Ixtiyor Umirov
Do'stlaringiz bilan baham: |