Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
-mavzu: Konspektlash qayd etish usuli sifatida
Download 0.49 Mb.
|
ilmiy ish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyuk Turon xarita
6-mavzu: Konspektlash qayd etish usuli sifatida
Reja: 1. Konspektlash qayd etish usuli sifatida. 2. Konspektning tuzilishi haqida. 3. Konspekt va uning turlari to‘g‘risida. 4. Qayd etishga oid shartlar. 5. Xulosa. Konspekt (lot. conspectus – ko‘rinish) – kitob, maqola, ma’ruza (leksiya) va boshqalarning qisqa yozma bayoni. Konspekt reja, qisqa bayon qilingan asosiy nizom, dalil (fakt) va misollardan iborat. Konspekt biror mavzuni tushungan holda to‘liq o‘zlashtirishga mo‘ljallangan qayd etish usuli hisoblanadi. Mavzuni konspekt qilishdan oldin unga tegishli adabiyotlar ko‘rib chiqiladi. Mavzuga oid asosiy va kerakli qaydlar tahlil qilinadi. Reja bo‘yicha birinchi e’tibor mavzuga qaratiladi hamda mavzuning mohiyati tushunib olinadi. Masalan: “Turon hududi va unda yashovchi xalqlar”. Mazkur mavzu haqida Al-Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xojib, Mirzo Ulug‘bek, Abulg‘ozi Bahodirxon, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa olim hamda shoirlar ma’lumot berishgan. Ular Turon haqida o‘z asarlari va she'rlarida yozib qoldirishgan. Bundan tashqari Urxun-Enasoy bitiktoshlarida ham qaydlar uchraydi. Tur Nuh payg‘ambarning o‘g‘li Yofasning ikkinchi ismi bo‘lib, Turon uning to‘qqiz farzandidan tarqalgan insonlar yashaydigan hudud hisoblanadi. Eng sharqiy chegaraga Yaponiya, eng g‘arbiy chegaraga Italiya kiradi. Eng shimoliy chegara Shimoliy muz okeanini va eng janubiy chegara Pekin shahrini qamrab oladi. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” asariga Buyuk Turon xaritasini ilova qilgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘z davrida “Yasha Turon” she'rini yozib zamonasida juda ilgarilab ketganligini ko‘rsatgan. Turkiston Turonning yuragi hisoblanadi. Samarqand shahri esa Turonning markaziy poytaxtidir. Mavzudan so‘ng asosiy mazmunga tegishli holatlar birma-bir bayon qilinadi. Bunda mazkur mavzuga tegishli asosiy tushunchalar va izohlar qiyoslanadi, umumlashtiriladi va yakuniy xulosalar keltiriladi. Shuningdek mavzudagi ba'zi izoh talab jihatlar tahlil qilinadi. Mavzuga xos asosiy tushunchalar har tomonlama tahlil qilinadi va ular konsepktda o‘z aksini topadi. Bu holat esa mavzuni og‘zaki so‘zlab berishda asqotadi. Xulosa qismida mavzuning muhim jihatlari alohida belgilab qo‘yiladi. Bu holat konspektlashda, ayniqsa filologiya, tarix va geografiya fanlarida yuqori natija beradi. Konspektlar bayon etilishiga ko‘ra quyidagi turlari bor: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling