Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Sodda reja uch qismdaniborat bo‘ladi: 1) kirish; 2) asosiy qism; 3) xulosa. Masalan: Mavzu: So‘z turkumlarining ilmiy asoslanishi


Download 0.49 Mb.
bet26/74
Sana05.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#206300
TuriReferat
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Bog'liq
ilmiy ish asoslari

Sodda reja uch qismdaniborat bo‘ladi: 1) kirish; 2) asosiy qism; 3) xulosa. Masalan: Mavzu: So‘z turkumlarining ilmiy asoslanishi. Kirish qismida dunyo tilshunosligida so‘z turkumlarining ilmiy izohi hindlarga tegishli ekanligi aytiladi va ularning ikki qolip asosida so‘z turkumlarini aniqlab berganligi bayon qilinadi: 1-qolip. Ot bilan otning bog‘lanishi (kitobning varag‘i). 2-qolip. Ot bilan fe'lning bog‘lanishi (kitobni o‘qidim). Ana shu qoliplardan xulosa qilgan hindlar ikkita mustaqil so‘z turkumi (ot va fe'l) borligini aytishgan. Shu bilan birga yordamchi so‘z turkumlari mavjudligini e'tirof etishgan. Asosiy qismda hindlarning ilmiy xulosalarini arablar qabul qilganligi ot atamasini ism terminiga almashtirishgan. Mazkur ilmiy xulosani arablardan yunonlar olishgan. Yunonlar Arastu davrida ismlar termini ostida barcha mustaqil so‘z turkumlarini ajratib olishgan. Turkiy tilshunoslikda arablarning tasnifi qo‘llanagan. Rus tilshunosligida esa yunonlarning tasnifi ishlatilgan. XX asrning boshlarida o‘zbek tilshunosi Abdurauf Fitrat termin birgina so‘zdan iborat bo‘lishi kerak degan to‘xtamga keladi va o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlarini yagona so‘z bilan atashni boshlaydi: ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama. Xulosa qismida hindlarning so‘z turkumlari haqidagi ilmiy nazariyasi o‘zbek tilshunosligida mukammal darajada hal qilinganligi aytiladi.

Murakkab reja keng qamrovli bo‘lganligi uchun ilmiy ishning har bir muhim qirrasini o‘zida mujassam etadi. Shuning uchun kirish qismini ham ikkiga bo‘lish mumkin. Asosiy qismda esa uchta muhim jihat qamrab olinadi va uch bob sifatida yoziladi. Har bir bobning o‘zi yana uchga ajratiladi. Shu asnoda muammoning barcha jihatlari asosiy qismda to‘liq yoritiladi. Har bir bobning yakunida xulosa beriladi. Xulosa qismida ilmiy ish bo‘yicha yakuniy izohlar bandlarga bo‘lingan holda bayon qilinadi.

PhD dissertatsiyasining rejasida mavzu to‘la yoritib beriladi. Dissertatsiya himoyasidan so‘ng muallifning istagi bilan dissertatsiya matni monografiya holida chop etilishi mumkin. DSs dissertatsiyasining himoyasidan oldin monografiya chop etilishi shart hisoblanadi. Hozirgi paytda jahon talabi bo‘yicha SCOPUS va IMPACT FACTOR jurnallarida maqola e’lon qilish himoyaning muhim sharti hisoblanadi. Demak, ilmiy ish rejasi mavzuni mukammal darajada yoritib berish uchun muhim mezon sanaladi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling