Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu: Referat yaratish va referatlar tipologiyasi. Ilmiy ishlarga retsenziya yozishi


Download 0.49 Mb.
bet28/74
Sana05.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#206300
TuriReferat
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
Bog'liq
ilmiy ish asoslari

8-mavzu: Referat yaratish va referatlar tipologiyasi. Ilmiy ishlarga retsenziya yozishi
Reja:

1. Referat haqida.

2. Referatning turlari.

3. Referatning tuzilishi.

4. Ilmiy ishlarga taqriz yozishi.
Referat asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat konspektdan farq qilgan holda, muallifning yangi matni hisoblanadi. Bunday vaziyatda yangicha bayon, ma’lumotlarning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida o‘rni nazarda tutiladi. Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi. Referatning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar va baholarga ega bo‘lmaydi hamda matnda qanday yangi, muhim jihat borligiga ko‘ra baholanadi. Referatning quyidagi turlari farqlanadi.

1. Bayonning to‘liqligi bo‘yicha axborotli (referat – konspektlar) va indikativ (referat – rezyumelar) referatlarga bo‘linadi.

2. Referatlanadigan manbalar soniga ko‘ra monografik va tahliliy referatlarga bo‘linadi.

Referatning tuzilishini quyidagicha sharhlash mumkin: 1) bibliografik bayonda bajaruvchining familiyasi, ismi-sharifi, mavzu, ilmiy rahbar, bajarilgan muddat haqidagi qaydlar keltiriladi; 2) referatning rejasi; 3) referatdagi asosiy muammo va maqsad; 4) asosiy mazmun; 5) aniq natijalar; 6) muallifning xulosalari; 7) natijalar qollanadigan soha; 8) adabiyotlar ro‘yxati. Referat bo‘yicha yo‘riqnoma: 1. Mavzuning tanlanishi. Kafedra taklif etgan mavzular namunaviy bo‘ladi. Talaba qiziqishi va moyillii asosida mavzuni tanlashi mumkin (ilmiy rahbar bilan maslahatlashish). 2. Tayyorgarlik ishlari: 1) tanlangan mavzuga tegishli materiallar bilan tanishib chiqish; 2) adabiytlar bilan tanishib chiqish va doirasinikengaytirish; 3) bibliografiya tuzish. 3. Zarur materialni konspekt qilish. Konspekt rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy yoki erkin tarzda amalga oshiriladi. 4. Muammo tadqiqi boyicha reja tuzish. Bunda kirish (mavzuning nazariy va amaliy jihatdan dolzarbligi asoslanadi), asosiy qism (to‘plangan material tegishlicha taqsimlanadi va kichik bandlarga bo‘linadi), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilova (shart bo‘lmagan qism). 5. Toplangan materiallarni bir tizimga solish. Bayon qilish shakli – referentning turiga qarab, konspektli, parchali va tahliliy bo‘lish mumkin. Matn quruq bayondan iborat bo‘lmasligi kerak. Tegishli xulosalar asosidagi keng tahlil bo‘lishi zarur. Shuningdek boshqa mualliflarning asarlaridan olingan ko‘chirmalar, fikrlar, qoidalar va xulosalar, albatta iqtibos bilan berilishi kerak. Munozarali masalalar bo‘yicha har xil nuqtai nazarlarning tahlilida qo‘shiladigan yoki o‘zining fikrini dalillashi muhim hisoblanadi. Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi shart. Referat ilmiy rahbar tomonidan kafedra belgilagan mezonlar asosida baholanadi.




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling