GENETIK TIPOLOGIYA tillarni qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillargan ajratadi. Bir manbadan tarqalgan tillar qarindosh tillar deyiladi. Ana shunga ko‘ra zamonaviy tilshunoslikda tillar oilasi 16 tadan 25 tagacha tasnif qilingan:
I. Hind-Evropa tillar oilasi: 1. Hind tillari guruhi: a) tirik tillar: hind, urdu, bengal, panjob, laxndo, sinx, rajastxon, gujarat, maratxi, singal, nepal, bixar, oriy, assam, kashmir va lo‘lilar tili; b) o‘lik tillar: sanskrit – qadimgi hind adabiy tili (yozuviga ega). 2. Eron tillari guruhi: a) tirik tillar: fors, pashtu, tojik, kurd, osetin, sug‘diy; b) o‘lik tillar: pomir (yozuviga ega emas), skif, pahlaviy, xorazmiy, qadimgi fors, parfyan. 3. Slavyan tillari guruhi: a) sharqiy slavyan: rus, ukrain, belorus; b) janubiy slavyan: bolgar, makedon, serb-xorvat, sloven; v) g‘arbiy slavyan: chex, slovak, polyak, kashub, sorab. 4. Boltiq tillari guruhi: litva, latish. 5. German tillari guruhi: a) shimoliy german: dan, shved, norveg, island; b) g‘arbiy german: ingliz, golland, fris, nemis; v) sharqiy german (o‘lik tillar): vestgot, ostgot. 6. Roman tillari guruhi: fransuz, italyan, ispan, portugal, rumin, moldavan, latin (o‘lik tillar). 7. Kelt tillari guruhi: irland, shotland, gel. 8. Grek tillari guruhi: grek. 9. Alban tili. 10. Arman tili.
Do'stlaringiz bilan baham: |