Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
-mavzu: Ilmiy o‘qish va uning turlari
Download 0.49 Mb.
|
ilmiy ish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rganib o‘qish
4-mavzu: Ilmiy o‘qish va uning turlari
Asosiy matn Ilmiy o‘qishning quyidagi turlari bor: 1-илова Tanishib o‘qish jarayonida matnda qaydlar tahlil qilinishi mumkin, ularga tayangan holda o‘quvchi o‘qishning keyingi bosqichiga o‘tadi. Ko‘rib o‘qish jarayonida muallifning maqsad va vazifalari anglab olinadi. O‘rganib o‘qish o‘rganilayotgan ilmiy ish va asarning mantiqiy aloqalarini to‘liq anglashdir. Milliy til – milliy g‘urur tayanchi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili, uning asosiy poydevori milliy tilimiz hisoblanadi. Har bir til o‘z millatining mulkidir. Uni rivojlantirish, kamolga etkazishda yozuvchilarning o‘rnimuhim. Xususan, o‘zbek milliy tilining ravnaqida taniqli yozuvchi Abdulla Qodiriyning xizmati beqiyos. Ulug‘ adibimiz o‘z asarlarida ona tilimizning hamma jihatlariga alohida e’tibor qaratdi va milliy romanchiligimizga tamal toshini qo‘ydi. Shu asnoda o‘zbek milliy tilimizning ayricha xususiyatlarini namoyish qildilar. Abdulla Qodiriy shunday yozgan edi: “Yozuvchi o‘z xalqining tilini, folklorini kamol o‘rganishi shart va bir necha tillarni, ayniqsa, yaqin qo‘shni tillarni bilishi fazilat”. Darhaqiqat, uning o‘zi ona tilimizdan tashqari arab, fors-tojik, tatar va rus tillarini yaxshi bilgan. Ana shu tillarda chuqur mushohada qila olgan. Aytish joizki, adib o‘z asarlarida qo‘llagan har bir so‘zning ma’nosini, har qanday jumla yoki gapning mazmun-mohiyatini chuqur his qilgan. Shu bois yozuvchi “so‘z so‘ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak” deb ta’kidlaydi. Demak, yozuvchi o‘zi yaxshi bilmagan, ma’nosini his qilmagan so‘zni ishlatmasligi darkor. Adib til birliklarini me’yoriga etkazib qo‘llash uchun xalq tilini yaxshi bilish kerakligini ta’kidlaydi. U “so‘z qolip, fikr uning ichiga qo‘yilgan g‘isht bo‘lsin, ko‘pchilik xumdonidan pishib chiqqach, yangi hayot ayvoniga asos bo‘ladi” deydi. Abdulla Qodiriy milliy tilimizning tovush tovlanishlaridan tortib gap tizimigacha bo‘lgan jarayonnichuqur o‘rgangan hamda asarlarida ularni to‘g‘ri va aniq aks ettirishga alohida e’tibor bergan. Abdulla Qodiriyning ikki buyuk xizmati taxsinga loyiq. Birinchisi, milliy adabiy tilimizning badiiy jozibasini ajratib ko‘rsatish bo‘lsa, ikkinchisi, milliy adabiy tilimizning yozma (ish yuritish) shakliga xos go‘zallikni namoyon etishdir. U har ikkala maqsadiga ham tom ma’noda erishgan. Yozuvchi milliy tilimizga xos tovush tovlanishlarni xalq og‘zaki ijodi namunalarida, mumtoz asarlarimizda kuzatgan va ulardan ijodiy foydalangan holda romanlariga olib kirgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling