Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati
Download 0.49 Mb.
|
ilmiy ish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu : Konspektlash qayd etish usuli sifatida: konspekt turlari Asosiy matn
- Mavzu
- Turon va Turkiston
- Saqlob
Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati
1. Manual for writers of apers in English linguistics. Darslik. Gunnel Tottie: University of Zurich, English Department, 2012. 2. Sodiqova Sh. Ilmiy ish asoslari.O‘quv qo‘llanma – T., 2016. 3. Исломжонова Х. Основы научных исследований. Т., 2009. 4. Nurmonov A. Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari. O‘quv qo‘llanma – Toshkent: Akademnashr, 2010.
Konspekt talabaning bilimini yanada mustahkamlash va ma’lumotlarni tartibli ravishda joylashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Konspektning har bir gapida yangi va muhim ma’lumot bo‘lishi shart. Konspektning quyidagicha tuziladi: 1. Mavzu: Yaponlarning Tur avlodlaridanekanligi haqida 2. Dars rejasi: 1. Yer yuzidagi ilk insonlar Odam va Havvoning zurriyotlari edi. 2. Hozir yer yuzidagi odamlar Nuhning bolalaridan tarqalgan. 3. Turon xalqlari Tur va uning farzandlarida yuzaga kelgan. 4. Yaponiya, aynlarning kelib chiqishi. 3. Asosiy mazmun: Ona sayyoramizdagi hayot, uning jozibasi kishilik jamiyati bilan bog‘liqdir. Odamning yaratilishi to‘g‘risidagi turlicha qarashlar ko‘pgina diniy va tarixiy kitoblarda o‘z aksini topgan. Ana shu izohlarga tayanadigan bo‘lsak, Tangri tomonidan yaratilgan ilk insonlar Odam (tuproq5) ota, ismlari Safiyulloh (tanlangan) va Momo Havvo ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ular oila qurishgandan so‘ng yer sharida inson bolalarining soni ko‘payib bordi. Bu holat davom etib kishilarning mehnat tarzi va shakl-u shamoyilida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mazkur jarayon uzluksizligi Nuh payg‘ambar davrigacha davom etdi. Hozirgi paytda yer yuzida yashayotgan insonlar Nuh yalavaj (payg‘ambar)ning farzandlaridan tarqalgan avlodlar sanaladi. Nuh yalavajning asl ismlari “Sakib” dir, ba'zilar “Masokib”, ayrimlar esa “Sokib” ham deb aytganlar. Nuh payg‘ambarga “Odami soniy”, “Shayx ul-anbiyo” (Umri uzun), “Bahoulloh” deb sifat berishadi6. Rivoyatga ko‘ra, Nuh to‘fondan ogohlantirilgan va Yaratgan tomonidan kema qurishi uchun ruxsat berilgan. Shunda Nuh yalavaj uch qavatli kema qurdiradi. Kemaga faqat Tangrining yagonaligini tan olgan 80 kishi va Nuhning uch o‘g‘li (Yofas, Som, Hom) chiqadi va to‘fondan omon qoladilar. To‘fon poyoniga yetgach, quruqlikka chiqishga ruxsat beriladi. Quruqlikda hayot kechirish boshlanadi. Ko‘p o‘tmay kema ahli kasallikka chalinib, ularning ko‘pchiligi vafot etishadi. Faqat yetti kishi: Nuh, Yofas, Som, Hom va Nuhning uch kelini7 omon qolishadi. Nuh yalavajning Yofas ismli o‘g‘lining yana bir ismi Tur bo‘lib, Turon deb atalgan hududning sohibi bo‘lgandir. Mahmud Koshg‘ariy Turonni to‘liq tasavvur etish uchun quyidagi izohni keltiradi: “Rumdan Mochingacha bo‘lgan turk shaharlarining bo‘yi (joylashish uzunligi) besh mingdan sakkiz ming farsah (6-8 km) gacha yetadi”8. Ushbu ta'rif Turonning naqadar ulkan hududligidan dalolat beradi. Mazkur masalaga oydinlik kiritadigan ma'lumot Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” asarida ham mavjud: Nuh yalavaj Turon va Turkistonni Yofasga, ya'ni Abut-turkka bergan9. Bunday tarixga aloqador ma'lumotlar ko‘pgina ilmiy asarlarda uchraydi. Tarixiy asarlardagi qaydlarda Yofas yalavaj ibn Nuhning to‘qqiz o‘g‘li bo‘lganligi ta'kidlangan. Birinchisi Turk, ikkinchisi Hibroz (u haqida Ulug‘bekning kitobda ma'lumot yo‘q), uchinchisi Saqlob, to‘rtinchisi O‘rus (u haqida Ulug‘bekning kitobda ma'lumot yo‘q), beshinchisi Munsak, oltinchisi Chin (Mochin Chinning o‘g‘li bo‘lgan, mochin ohusidan mushk o‘sha davrda olingan10), yettinchisi Gumoriy, sakkizinchisi Kimol, to‘qqizinchisi Mozux (u haqida Ulug‘bekning kitobda ma'lumot yo‘q)11. Mirzo Ulug‘bek Yofas yalavaj farzandlaridan tarqalgan xalqlar haqida ancha mukammal izoh berar ekan, ular tarqalgan hududlarni ham sharhlagan.
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling