Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.49 Mb.
|
ilmiy ish asoslari
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, Yaponiyaning nomi qadimgi nomi Jobarqo12 bo‘lgan. Jabarqa mamlakati Turon hududiga kirgan va uning ilk boshqaruv tizimini turlar, ya'ni Yofas o‘g‘lonlariga tegishli bo‘lgan. Buning isboti Jabarqaning qadimgi Turon hududlari xaritasiga kiritilganligidir. Mahmud Koshg‘ariy Yaponiya, ya'ni Jabarqaning dengiz ichida joylashganligi uchun aloqalar kam bo‘lganligini quyidagicha sharhlagan: “jobarqoliklarning uzoqda turishlari, Mochin bilan ularni katta dengiz ayirib turgani uchun ularning tillari bilinmaydi13”. “Yapon” so‘zi aslida xitoycha “ji” (quyosh), “ben” (tomir) so‘zlarining qo‘shilishidan yuzaga kelgan bo‘lib “Jiben” dir. Keyinchalik janubiy xitoyliklar bu so‘zni “ne” – “pon”, “Nepon” tarzida buzib talaffuz qilishgan, ovrupaliklar esa, bu so‘zni “yapon” deb qabul qilishgan14. Ruslar ham mazkur so‘zni yevropaliklardan olgan. Hozirgi paytda yapon tilida “Neppon” shakli saqlangan.
Yaponiya hududiga miloddan avvalgi 2-ming yillik janubi-sharqiy Osiyodan mungul qavmiga mansub aholi kirib borgan. Miloddan avalgi 1-ming yillik arafasida asosiy qismini aynlar tashkil etgan etnik guruh shakllangan15. Aynlar esa qutjilarning “aynli”, ya'ni “oynli” aymog‘idan shakllangandir. O‘zaro tarixiy aloqasini Surxondaryoning Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryoning qirg‘og‘ida joylashgan Ayritom ko‘hna shahar xarobasidan topilgan Budda ibodatxonasi xarobalari16 ham tasdiqlaydi. O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan Kushon podsholigining asosiy dinlaridan bo‘lgan buddizm O‘rta Osiyo xalqlari milliy qadriyatlari va an'analari bilan boyigan holda 6-asrda Xitoy va Koreya orqali Yaponiya orollariga tarqalgan. O‘zbekistonda topilgan qadimgi budda ibodatxona- larining hozirgi Yaponiyadagi ibodatxonalar bilan mushtarakligi namoyon bo‘lmoqda17. 4. Xulosa. Yer yuzidagi ilk insonlar Odam va Havvodan, hozir yer yuzidagi odamlar Nuhning bolalaridan tarqalgan. Turon esa Tur va uning farzandlarida yuzaga kelgan. Yaponiya Turon hududiga kiradi. Aynlar yapon xalqiga asos bo‘lgan.
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling