Zbekiston respublikasi oriental universiteti


Barkamol avlodni tarbiyalashda matbuotning o’rni


Download 22.91 Kb.
bet3/5
Sana12.02.2023
Hajmi22.91 Kb.
#1190425
1   2   3   4   5
Bog'liq
bola

2.1Barkamol avlodni tarbiyalashda matbuotning o’rni.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy xayotning boshqa sohalari qatorida ommaviy axborot vositalariga ham yangicha munosabat vujudga keldi. O’zbekiston ommaviy axborot vositalari endilikda xorijiy mamlakatlarda yuz berayotgan voqyea-hodisalar haqidagi axborotlarni, yangiliklarni, o’sha mamlakatlar yoki yirik axborot agentliklaridan bevosita, to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib olish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. O’z navbatida respublikamiz haqidagi muhim yangilik va axborotlar ham mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy axborot agentliklari vakillari va muxbirlari tomonidan o’sha mamlakatlar axborot vositalari uchun bevosita yetkazib berilmoqda. Axborot almashinuvi, dunyo voqyealaridan xabardorlik, o’zini namoyon qilish imkoniyati tug’ildi. Umuman olganda, istiqlol erkin fikrlashga, har kimning o’z fikrini oshkora bayon qilishga, hurriyatga keng eshik ochdi. Hurfikrlilikni barqaror etishning yangidan yangi imkoniyatlarini yaratdi. Jumladan, vaqtli matbuot turlari va sonlari ko’paydi.
Demokratik erkinlik sharoitida bir necha mustaqil siyosiy harakatlar, jamoat birlashmalarining nashrlari tashkil qilindi. Mustaqil nashrlar o’z muassislari g’oyalari va dasturlari yo’nalishlari doirasida mustaqil ish olib boradilar. Islohotlar va yangilanishlarga o’z munosabatlari, muammolarga yondashish usullari bor. Biroq, yagona maqsad — istiqlol taqdiri, mamlakat va xalq istiqboli ularni birlashtirib turadi.
―Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari har tomonlama rivoj topishi lozim. Ular haqli ravishda hokimiyatning to’rtinchi tarmog’i bo’lishi darkor degan edilar. Ommaviy axborot vositalari demokratik islohotlarni amalga oshirish jarayonining qanday kechayotganligini quruq bayon qilibgina qolmay, uning tahliliy tomoniga, insonlar hayotidagi o’rniga ham jiddiy e’tibor qaratishi lozim. Jamiyatni demokratlashtirish tarbiyaviy jarayonga ham ta’sirini ko’rsatadi, iqtisodiy muammolarni hal qilishda, turli hil salbiy hodisalarga qarshi kurashda yoshlar 13 o’rtasida ijtimoiy fikrni uyg’otadi. Har qanday millatning yuksak taraqqiyoti va jahon hamjamiyatida yuqori mavqyeni egallashida shu millatga xos bo’lgan ruhiy-ma’naviy xususiyatlar subyektiv omil sifatida muhim rol o’ynaydi.
―Milliy g’urur tushunchasi maxsus adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida ko’p qo’llanilsa-da, uning asl mazmun-mohiyati, o’ziga xos boshqa jihatlari ijtimoiy fanlar tomonidan yetarlicha ilmiy tadqiq etilmagan. Aksariyat hollarda, u insonlarga xos ichki ruhiy-psixologik xususiyat - tuyg’u sifatida, kishilarning ruhiy kechinmalari, intilishlari, hishayajonlarini hamda kayfiyatlarini ifodalovchi his-tuyg’u tarzida talqin etiladi. 2000 yil aprel oyida
―Xalq so’zi gazetasida e’lon qilingan akademik S.G’ulomov va professor V.Karimovalarning
―Ijtimoiy muhit va sog’lom madaniyat‖ maqolasida oliy o’quv yurtlarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar xususida shunday bayon qilinadi:
―Oxirgi paytlarda shunday voqyealarning ham guvohi bo’ldikki, fakultetda a’lo bahoga o’qigan talaba turli aqidaparastlar to’dasiga qo’shilib yoki ular ta’siriga berilib, o’zidagi bilimga, ezgulik yo’liga bo’lgan e’tiqodining sustligini ko’rsatib qo’ymoqda. Talabalar yurtimizda 1999 yilda qabul qilingan Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida‖gi qonun haqida eshitganlar, lekin ularning bilim darajalari bugungi kun talabiga javob bermaydi. Yoshlar orasida qonunni biladiganlar 30-31 foizni, u xavda eshitganlar o’rtacha 45 foizni, bilmaydiganlar esa 21-22 foizni tashkil etadi‖
. Ko’rib turganimizdek, oliy o’quv yurtlarida a’lo baholarga o’qish yosh yigit-qizlarning ahloqan mustahkam va e’tiqodli bo’lishining yagona kafolati emas ekan. So’rovlarning talabalar orasida olib borilganligi keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdi. Demak, agar so’rov qishloq va ishchi yoshlar orasida olib borilganda, bu raqamlar ancha pastroq bo’lishi ham mumkin edi. Yoshlarning diniy ta’sirga berilib ketishining asosiy sabablaridan biri ham shunda. OAVning asosiy vazifalaridan biri demokratik davlat va fuqaroviy jamiyat talablariga muvofiq ravishda ijtimoiy fikrni shakllantirishga faol hissa qo’shishdir. Bu yo’nalishda milliy axborot vositalarimiz olib borayotgan katta hajmdagi ishni e’tirof etgan holda, bu ishning samaradorligini oshirish maqsadida ayrim kamchiliklarni sanab o’tishni lozim topdik. So’nggi vaqtlarda respublikaning davriy nashrlari sahifalarida islom dinining tinchlik, sahovat, oqibat dini ekanini, uning ezgulik, musulmon kishining 14 fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi mohiyatini ochib beradigan maqolalar deyarli chop etilmay qo’ydi. Ba’zi gazetalar turli manbalardan olingan rivoyatlarga ko’p o’rin beradi. Mavjud holat voqyelikni buzib ko’rsatish, xatto diniy vaziyatni chigallashtiradigan muhit paydo bo’lishi uchun zamin yaratishi mumkin.
Hozirgi zamon ilm-faniga taalluqli maqolalarni malakali va xolis mutaxassis taqrizidan o’tkazib, so’ng e’lon qilish maqsadga muvofiqligi ma’lum. Amalda esa mutaxassis taqrizidan o’tmagan maqolalarning nashr etilishi aholi o’rtasida noto’g’ri ma’lumotlarning tarqalishiga, tushunmovchiliklarning vujudga kelishiga zamin yaratmoqda. Masalan, ―2012 yil 21 dekabrda oxir zamon bo’larmish‖ kabi xabarlar ko’pgina shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Ko’pchilik hohlaydigan axborotni anglamaslik va tanlay bilmaslik, axborotni o’quvchi yo tomoshabin bajonidil qabul qiladigan tarzda uzatmaslik odamlarni tabiiy ravishda boshqa axborot vositalari tomon yetaklaydi. Bu esa mamlakatimizdagi milliy ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchiga putur yetkazadi, ularning muxlislarini yo’qotadi. Butun dunyoda odamlar turmush tarziga umuminsoniy qadriyatlar, xususan, xalqaro demokratiyaning norma va prinsiplari jadallik bilan kirib kelayotgan hozirgi sharoitda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, Ommaviy axborot vositalari jamiyatimizda haqiqiy to’rtinchi hokimiyat‖ga aylanishi, fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarishda eng ta’sirchan omil bo’lishi kerak‖. Bizning jo’shqin davrimizda barcha sohalarda bo’layotgani kabi ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish yo’lidagi e’tiborga molik ijobiy natijalarimiz, ilg’or yutuqlarimiz izchillik bilan qonunlarimizda o’z aksini topishi, qonunlarimiz bilan mustahkamlanishi ayni muddaodir.
Yosh avlodni o’z imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol etib tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik vazifa sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi o’zini, o’zligini bilgan, oq-qorani, do’st-dushmanni ajratadigan, jamiyat taraqqiyoti yo’lida tinmay faoliyat ko’rsatadigan, madaniyatli, ma’rifatli yosh avlodni, komil insonni voyaga yetkazish masalasiga doimo zo’r e’tibor berib kelmoqda―O’zbekiiston – kelajagi buyuk davlat (1993), O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li‖ (1993), Yuksak malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili‖ (1995), Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo’lmaydi(1995), Yuksak ma’naviyatsiz kelajak yo’q(1996), Yangicha tafakkurga keng yo’l(1997), Zamonaviy kadrlar – taraqqiyotimizning muhim omilidir‖ (1997), Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori (1997), Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q (1998), Yuksak ma’naviyat – jamiyat taraqqiyotining asosi(1998), Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart (1998), Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz (2000), Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch(2008) kabi ko’plab asarlari, ma’ruza va nutqlarida yuksak taraqqiyotni ta’minlashda barkamol avlod tarbiyasiga alohida jiddiy e’tibor berganlar.
Komil inson – iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Mustaqil O’zbekistoning bozor munosabatlariga o’tish sharoitida iymonli bo’lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bo’lish nechog’lik zarur ekanligi hammamizga ayon. Mana shuning uchun ham Prezidentimiz ma’naviy barkamol inson tarbiyasida yoshlarimizni elini, vatanini sevuvchi komil inson qilib tarbiyalash ishiga alohida ahamiyat berib kelayotir. Prezidentimizning quyidagi ta’rifida komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilib berilganligi diqqatga sazovordir.
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya mustaqil davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarildi. Chunki Prezidentimiz ta’kidlaganidek, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. 16 Yurtdoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati, ma’naviy barkamollik, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanoti bo’ladi. Butun ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishimizni shu qoidaga asoslanib qurmog’imiz zamon, Mustaqil taraqqiyotimiz bozor munosabatlari davri talabidir. Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to’rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro: - o’z haq-huquqini taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin; - o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko’rsin; - atrofida sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; - shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg’un holda qurib, faoliyat yuritsin. Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to’liq ta’rifdir.
Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma’naviy barkamollika erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillika inson butun umri davomida erishib boradi. Uchala tushuncha: sog’lom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, komil inson bo’lishning aniq cheki va chegarasi yo’q. Bizning ko’hna tariximizda yuzaga kelgan, xalq, mamlakat tarixida katta ma’naviy-axloqiy tarbiya rolini o’ynaydigan tasavvuf komil inson nazariyasi haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga. Davlatimiz rahbarining bu ko’rsatmalari hamda istiqbolli g’oyalaridan kelib chiqib, hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo unib-o’sib kelayotgan yosh avlodning ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim va dolzarb ahamiyat kasb etgan vazifalarimizdir. Matbuot – barcha bosma mahsulotlar majmui, tor ma’noda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi. Matbuot ijtimoiy ongning o’tkir va ta’sirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta’sir ko’rsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli g’oyaviy omil hisoblanadi. Matbuot jamiyat hayotini turli yo’nalishlarda yoritadi. Matbuot XV asrning o’rtalarida Yevropada tarkib topgan, qariyb 5 asr mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari – radioeshittirish va televideniye paydo bo’lgunga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning, bilim va g’oyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat bo’lgan, XVII asrning boshlarida gazetalar, keyinroq esa jurnallar tashkil topdi. XIX asrning o’rtalarida matbuot agentliklari vujudga kela boshladi.
XX asrda ommaviy axborotning radioeshittirish va televideniye singari turlarining paydo bo’lishi va taraqqiy qilishiga qaramay, matbuot hamon kishilik jamiyatidagi o’z o’rni va mavqyeini tobora kengaytirib borayapti. Ijtimoiy-siyosiy hayot va faoliyatning hamma tomonlariga doimiy va samarali ta’sir ko’rsatayapti. Butun dunyoda matbuotning muttasil keng tarqalib borayotgani buning isbotidir. O’zbekistonda matbuot XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib topdi.
Toshkentda 1870 yilda o’lkadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan Turkenstanskiye vedemosti va Turkiston viloyatining gazeti Markaziy Osiyodagi matbuotning ilk namunalari hisoblanadi. Turkistonda dastlabki taraqqiyparvar Milliy Gazetalar 1905- 1907 yillardan faoliyat ko’rsata boshladi (Taraqqiy, Xurshid, Xurshid). 19 Ularning yo’lini XX asrning ikkinchi o’n yilligida chop etilgan ―Sadoi Turkiston, Sadoi Farg’oni, Najot gazetalari. Oyina jurnali davom ettirdi. Milliy nashrlar Turkistonni savodli, ma’rifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil diyorga aylantirish g’oyalarini targ’ib qildilar. Istiqlol tufayli O’zbekiston matbuoti taraqqiyotga ham sifat jihatidan butunlay yangi demokratik rivojlanish bosqichi boshlandi. Endilikda tashkilotlar, partiyalar, uyushmalar, ayrim jamoalar, fuqarolar ham matbuot nashrlarini ta’sis etish huquqiga ega bo’ldilar. Mamlakatimizda matbuot erkinligini ta’minlashga imkoniyat yaratila borildi. Ommaviy axborot vositalarining normal faoliyat ko’rsatishi uchun shart sharoit yaratish, ularni nashr etish va tarqatish bilan bog’liq moliyaviy va texnik masalalarni yechishda, ijodkorlarning demokratik jarayonda faol ishtirok etishi uchun amaliy yordam ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi tashkil qilindi.
Bu jamg’arma ommaviy axborot vositalarining mustaqil, o’z-o’zini boshqaruvchi, hukumatga qarashli bo’lmagan tashkiloti hisoblanadi. O’zbekiston matbuoti ishiga umumiy rahbarlik qilib kelgan O’zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish to’g’risidagi farmoniga binoan O’zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil etildi. Shunga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyat hokimliklari huzurida matbuot va axborot hududiy boshqarmalari tuzildi.

Download 22.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling