Zbekiston respublikasi oriental universiteti
Yoshlar tarbiyasida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ahamiyati
Download 22.91 Kb.
|
bola
2.2 Yoshlar tarbiyasida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ahamiyati
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy xayotning boshqa sohalari qatorida ommaviy axborot vositalariga ham yangicha munosabat vujudga keldi. O’zbekiston ommaviy axborot vositalari endilikda xorijiy mamlakatlarda yuz berayotgan voqyea-hodisalar haqidagi axborotlarni, yangiliklarni, o’sha mamlakatlar yoki yirik axborot agentliklaridan bevosita, to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib olish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. O’z navbatida respublikamiz haqidagi muhim yangilik va axborotlar ham mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy axborot agentliklari vakillari va muxbirlari tomonidan o’sha mamlakatlar axborot vositalari uchun bevosita yetkazib berilmoqda. Axborot almashinuvi, dunyo voqyealaridan xabardorlik, o’zini namoyon qilish imkoniyati tug’ildi. Umuman olganda, istiqlol erkin fikrlashga, har kimning o’z fikrini oshkora bayon qilishga, hurriyatga keng eshik ochdi. Hurfikrlilikni barqaror etishning yangidan yangi imkoniyatlarini yaratdi. Jumladan, vaqtli matbuot turlari va sonlari ko’paydi. Demokratik erkinlik sharoitida bir necha mustaqil siyosiy harakatlar, jamoat birlashmalarining nashrlari tashkil qilindi. Mustaqil nashrlar o’z muassislari g’oyalari va dasturlari yo’nalishlari doirasida mustaqil ish olib boradilar. Islohotlar va yangilanishlarga o’z munosabatlari, muammolarga yondashish usullari bor. Biroq, yagona maqsad istiqlol taqdiri, mamlakat va xalq istiqboli ularni birlashtirib turadi. Ommaviy axborot vositalari demokratik islohotlarni amalga oshirish jarayonining qanday kechayotganligini quruq bayon qilibgina qolmay, uning tahliliy tomoniga, insonlar hayotidagi o’rniga ham jiddiy e’tibor qaratishi lozim. Jamiyatni demokratlashtirish tarbiyaviy jarayonga ham ta’sirini ko’rsatadi, iqtisodiy muammolarni hal qilishda, turli hil salbiy hodisalarga qarshi kurashda yoshlar o’rtasida ijtimoiy fikrni uyg’otadi. Aksariyat hollarda, u insonlarga xos ichki ruhiy-psixologik xususiyat tuyg’u sifatida, kishilarning ruhiy kechinmalari, intilishlari, hishayajonlarini hamda kayfiyatlarini ifodalovchi his-tuyg’u tarzida talqin etiladi. 2000 yil aprel oyida Xalq so’zi‖ gazetasida e’lon qilingan akademik S.G’ulomov va professor V.Karimovalarning ―Ijtimoiy muhit va sog’lom madaniyat‖ maqolasida oliy o’quv yurtlarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar xususida shunday bayon qilinadi: Oxirgi paytlarda shunday voqyealarning ham guvohi bo’ldikki, fakultetda a’lo bahoga o’qigan talaba turli aqidaparastlar to’dasiga qo’shilib yoki ular ta’siriga berilib, o’zidagi bilimga, ezgulik yo’liga bo’lgan e’tiqodining sustligini ko’rsatib qo’ymoqda. Talabalar yurtimizda 1999 yilda qabul qilingan Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida‖gi qonun haqida eshitganlar, lekin ularning bilim darajalari bugungi kun talabiga javob bermaydi. Yoshlar orasida qonunni biladiganlar 30-31 foizni, u xavda eshitganlar o’rtacha 45 foizni, bilmaydiganlar esa 21-22 foizni tashkil etadi‖. Ko’rib turganimizdek, oliy o’quv yurtlarida a’lo baholarga o’qish yosh yigit-qizlarning ahloqan mustahkam va e’tiqodli bo’lishining yagona kafolati emas ekan. So’rovlarning talabalar orasida olib borilganligi keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdi. Demak, agar so’rov qishloq va ishchi yoshlar orasida olib borilganda, bu raqamlar ancha pastroq bo’lishi ham mumkin edi. Yoshlarning diniy ta’sirga berilib ketishining asosiy sabablaridan biri ham shunda. OAVning asosiy vazifalaridan biri demokratik davlat va fuqaroviy jamiyat talablariga muvofiq ravishda ijtimoiy fikrni shakllantirishga faol hissa qo’shishdir. Bu yo’nalishda milliy axborot vositalarimiz olib borayotgan katta hajmdagi ishni e’tirof etgan holda, bu ishning samaradorligini oshirish maqsadida ayrim kamchiliklarni sanab o’tishni lozim topdik. So’nggi vaqtlarda respublikaning davriy nashrlari sahifalarida islom dinining tinchlik, sahovat, oqibat dini ekanini, uning ezgulik, musulmon kishining fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi mohiyatini ochib beradigan maqolalar deyarli chop etilmay qo’ydi. Ba’zi gazetalar turli manbalardan olingan rivoyatlarga ko’p o’rin beradi. Hozirgi zamon ilm-faniga taalluqli maqolalarni malakali va xolis mutaxassis taqrizidan o’tkazib, so’ng e’lon qilish maqsadga muvofiqligi ma’lum. Amalda esa mutaxassis taqrizidan o’tmagan maqolalarning nashr etilishi aholi o’rtasida noto’g’ri ma’lumotlarning tarqalishiga, tushunmovchiliklarning vujudga kelishiga zamin yaratmoqda. Masalan, ―2012 yil 21 dekabrda oxir zamon bo’larmish‖ kabi xabarlar ko’pgina shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Ko’pchilik hohlaydigan axborotni anglamaslik va tanlay bilmaslik, axborotni o’quvchi yo tomoshabin bajonidil qabul qiladigan tarzda uzatmaslik odamlarni tabiiy ravishda boshqa axborot vositalari tomon yetaklaydi. Bu esa mamlakatimizdagi milliy ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchiga putur yetkazadi, ularning muxlislarini yo’qotadi. Butun dunyoda odamlar turmush tarziga umuminsoniy qadriyatlar, xususan, xalqaro demokratiyaning norma va prinsiplari jadallik bilan kirib kelayotgan hozirgi sharoitda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, Ommaviy axborot vositalari jamiyatimizda haqiqiy to’rtinchi hokimiyat‖ga aylanishi, fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarishda eng ta’sirchan omil bo’lishi kerak. Xulosa. Ommaviy axborot vositalari xalqqa ilmiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlar, ma’lumotlar tarqatuvchi manbadir. Ular tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniye ham boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalri to’la monopoliyasiga olingan bo’lib, kommunistik mafkura quroliga aylantirilgan, milliy zamindan uzilgan edi. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga bo’lgan munosabat o’zgardi. Uning huquqiy asoslari yaratildi. Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni ko’paydi, sifati yaxshilandi. 1990 yilda 345 nomda gazeta va jurnallar chop etilgan bo’lsa, 2001 yilda 390 nomda gazeta 110 nomda jurnallar chop etildi, 4 ta axborot agenti, 50 dan ortiq teleradiokompaniya va uning hududiy bo’linmalari, studiyalar faoliyat ko’rsatdi. Ko’p millatli O’zbekiston Respublikasida gazetalar, jurnallar, teleradioeshittirishlar 12 tilda – o’zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiriladi, 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o’zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. 1996 yilda respublikamiz AQSh da joylashgan kompyuter tizimi Internet‖ bilan bog’landi va jahon yangiliklarini qabul qilib olish va axborotlar uzatish yo’lga qo’yildi. Ommaviy axborot vositalarni To’rtinchi hokimiyat‖ ham deyishadi. Sababi, u jamiyatning turli sohalari faoliyatini tahlil etadi, nazorat qiladi, boshqaruv organlaridagi kamchiliklar va xatolarga ommaning, hokimiyat tarmoqlarining e’tiborini jalb qiladi, mamlakat rahbariyatiga ichki va tashqi siyosat sohasida to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun zamin hozirlaydi. Ayni paytda davlat hokimiyati ham ommaviy axborot vositalaridan o’z siyosatini keng ommaga yetkazish, uni bunyodkorlik faoliyatiga safarbar qilishda foydalanilmoqda. Shu jihatdan olganda maktabgacha yoshdagi bolalarda odob madaniyatini shakllantirishda matbuot materiallaridan foydalanish – bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini olib borilgan tadqiqot ishlarimizda ishonch hosil qildik. Ayniqsa olib borilgan izlanishlar, maktabgacha ta’lim yo’nalishining tegishli hujjatlarini o’rganish, tahlil qilish va kuzatish natijasida quyidagi xulosaga keldik: 1. Barkamol avlodni tarbiyalashda matbuotning o’rni aniqlandi; 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda odob madaniyatini shakllantirishda matbuot materiallaridan foydalanishning hozirgi hlati va imkoniyatlari o’rganildi, tahlil qilindi; 3. Mashg’ulotlar jarayonida bolalarda odob madaniyatini tarbiyalashda matbuot materiallaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari ishlab chiqildi, ya’ni, matbuot materiallari asosida mashg’ulotlarning ishlanmalar tayyorlandi va amaliyotda qo’llab ko’rildi; 4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matbuot materiallari asosida odob madaniyatini shakllantirishga oid tajriba-sinov ishlari o’tkazildi, uning natijalari tahlil etildi; 5. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda odob madaniyatini tarbiyalashda ayniqsa, ―Maktabgacha ta’lim‖ jurnalining imkoniyatlari yetarli ekanligi aniqlandi; 6. Tarbiyachilarning maktabgacha yoshdagi bolalarda odob madaniyatini shakllantirishda matbuot materiallaridan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish lozim. 7. Maktabgacha ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan professor-o’qituvchilar tomonidan tarbiyachilar uchun uslubiy qo’llanmalarga ehtiyoj sezilmoqda. Ushbu vazifalar amalga oshirilsa barkamol avlodni shakllantirishdek davlat buyurtmasi bajarilgan bo’ladi Download 22.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling