Funksional ko`chirish - Функциональний перенос - Functionally transfer – biror
predmetning nomi boshqasiga ular bajargan vazifasidagi o`xshashlik asosida ko`chirilishi. (lot.
funktio -
faoliyat
,
vazifa
). Funksional ko`chirish ham o`xshashlik asosida voqe bo`la-di. Bu
jihatdan u metafora yo`li bilan ko`chirishga juda yaqin.
G
Grafika – Графика – Graphics - Yozuv tarixi va yozuv birliklari: harf, grafema, alfavit
kabilarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir.
Grammatik ma’no -Граммати́ческое значе́ние - Grammatical meaning - sistemasida
obyektiv borliqdagi predmetlar o`rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimimiz ong orqali aks etadi.
Grammatik ma’noni uch guruhga bo`lish mumkin:1) nosintaktik (referensional); 2) sintaktik
(relyasion); 3) subyektiv. Birinchi ma’noni turkumlovchi, ikkinchi ma’noni toifaviy (kategorial),
uchinchi ma’noni esa notoifaviy (nokategorial) ma’nolar deb ham tasniflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |