Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish


Download 428.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana18.06.2023
Hajmi428.27 Kb.
#1587181
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
3-mustaqil ish

 
 
4-rasm. 3GPP loyihasining bosqichlari. 
Funksional jihatdan tarmoq tuzilmasi yer usti radioulanish tarmog„i – UTRAN 
(ingl. UMTS Terrestrial Radio Access Network) va tayanch tarmog„i – CN (ingl. Core 
Network) lardan iborat (16.3-rasmga qarang). GSM tarmoqlardan farqli ravishda UMTS 
tarmoqlarida foydalanuvchi qurilmasi - UE (ingl. User Equipment - abonent uskunasi) 


deb nomlanadi. Bunga sabab shuki UMTS tarmoqlarida UE nafaqat mobil stansiya 
vazifasini, balki ma‟lumot uzatish terminali funksiyalarini ham bajaradi. 
 
 
5-rasm. UMTS tizimlarining arxitekturasi. 
UTRAN tarmog„i tayanch tarmog„i CNga ulangan RNS (ingl. Radio Network 
Subsystem) radioulanish tarmoqlarining nimtizimlari majmuasidan tashkil topgan. RNS 
nimtizimi RNS kontrolleri va bir yoki bir nechta tayanch stansiyalar Node B larini o„z 
ichiga oladi. Radiotarmoq kontrolleri - RNS tayanch stansiyalarni boshqaruvini bajaradi 
hamda MSC/VLR - mobil kommutatsiya markazi bilan o„zaro ishlashni amalga 
oshiradi. RNSning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: - radiokanallar taqsimlanishini 
boshqarish; - ulanishlarni nazorat qilish hamda ularni ketma-ketligini boshqarish; - 
masofadan dinamik kommutatsiya qilish; - abonent yuklamalarining taqsimlanishini 
nazorat qilish. Tayanch stansiya Node B ning asosiy funksiyasi radiointerfeysni tashkil 
etishdadir. Bunga quyidagilar kiradi: radiosignalni qayta ishlash, signal spektrini 
kengaytirish/siqish bilan modulyatsiya/demodulyatsiya, kodlash/dekodlash va boshqalar
shu jumladan, RNC radiokanallarni boshqarish bo„yicha ba‟zi operatsiyalarni bajarish 
(masalan, nurlanish quvvatini boshqarish, ―xendoverni‖ amalga oshirish) va h.k. 
Tayanch stansiya FDD, TDD yoki aralash (ingl. dualmode) rejimlarda ishlay oladi. 
UMTS tizimining tayanch tarmog„i - CN quyidagi elementlardan iborat: MSC/VLR – 
mobil kommutatsiya markazitarmoqning markaziy elementi hisoblanadi. U tayanch 
stansiyalarni (TS) katta guruhiga xizmat qilishi mumkin hamda abonent uskunalarining 
(AU) ish jarayonida zarur bo„ladigan barcha turdagi ulanishlarini ta‟minlaydi. 
MSC/VLR turli tarmoq elementlarini (xususan, RNS nimtizimlari elementlarini) o„zaro 
ulagan holda UMTS tarmog„i ichida ma‟lumot almashuvini ta‟minlab beradi. 
Shuningdek, MSC/VLR boshqa MSClar, qisman hududiy GMSC va yana boshqa 
qismlar bilan ham ulanishni amalga oshiradi. MSC tarkibidagi VLR registrida mehmon 
abonentlar uchun ko„rsatilgan aloqa xizmatlari, shuningdek, tizimning xizmat ko„rsatish 
doirasidagi AUlarning joylashgan o„rni haqidagi aniq ma‟lumotlar saqlanadi. HLR 
registri, SGSN va GGSN tugunlari huddi GSM tarmoqlaridagi kabi vazifalarni 
bajarishadi. 
Operatorlar o„zlariga mos tarmoq konfiguratsiyalarini yaratishlari uchun UMTS 
tizimining arxitekturasi yetarli darajada moslashuvchan va universaldir. UTRAN 
tarmog„i 4ta asosiy interfeysdan foydalanishini eslab o„tamiz:
 Iu – RNC vа CN o‟rtasidagi interfeys;
 Uu - Node B bilan АУ o‟rtasidagi interfeys;


 Iur – RNClar orasidagi interfeys; 
 Iub - Node B hamda RNC orasidagi interfeys. Uu va Iu interfeyslari ikki qismga 
bo‟linadi: 
 U-Plane (ингл. User Plane) - transport xizmatlari va radioulanish tarmog„i orqali 
ma‟lumot uzatish xizmatlarini amalga oshiruvchi abonent sathi protokollari;
 С-Plane (ингл. Сontrol Plane) - radioulanish tarmog„idagi transport xizmatlarini 
hamda AU va tarmoq orasidagi ulanishlarni, shu jumladan, xizmat ko„rsatishga 
oid so„rovlar, uzatish resurslarini boshqarish, ―xendover‖ va hokazolar 
boshqaruvini amalga oshiruvchi boshqaruv satxi protokollari.
CDMA-2000 standarti.3GPP-2 loyihasi doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar 
natijasida CDMA-2000 oilasi tarkibiga kiradigan standartlar guruhi ishlab chiqildi. O„z 
nomidan ma‟lum qilganidek, CDMA-2000 standartlarining oilasi (CDMA2000 1X - 
CDMA2000 EV-DO Rel.0, CDMA-2000 EV-DO Rev.A, CDMA-2000 EV-DO Rev.B, - 
CDMA-2000 3x) kanallarni kod asosida ajratuvchi – CDMA texnologiyasini qo„llagan 
holda quriladi. CDMA texnologiyasi o„zining yuqori spektral samaradorligi tufayli 
sotali aloqa tizimlarining ikkinchi avlodidan uchinchi avlodiga o„tish uchun qat‟iy 
yechim bo„ldi. CDMA-2000 standarti cdmaOne (IS-95) tarmoqlarining evolyutsion 
rivojlanishida uchinchi avlodi deb hisoblanadi, va shuni uchun ham bu standartlar 
tarmoqlari o„zaro ishlay oladi. CDMA–2000 standartlari IS-95A versiyasining asosiy 
prinsiplarini saqlagan holda uzluksiz rivojlanmoqda va takomillashib bormoqda. 
O„zining keyingi evolyutsion rivojlanishida CDMA-2000 standartlari LTE standarti 
tomon harakatlanmoqda. CDMA-2000 tizimining arxitekturasi GPRS va UMTS tizim 
arxitekturalari bilan ko„plab umumiylikka ega. Bu yerda ham ikki darajaga bo„linish 
mavjud: radioulanish - RAN va tayanch – CN tarmoqlari, shuningdek, paketli va kanalli 
kommutatsiya uchun alohida nimtizimlar ishtirok etadi. CDMA tarmog„i quyidagi 
tuzilish elementlaridan iborat (4-rasm): 

Download 428.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling