Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish
Download 428.27 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mobil aloqa tarmoqlari standart texnologiyalari
Simsiz aloqaga Wi-Fi, Wi-MAX, Wi-Bro va shunga o‘xshash bir qator aloqa
texnologiyalar kiradi. 2-rasm.Simsiz lokal tarmoq texnologiyalari: o‘tmish va kelajak. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tili so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, «simsiz bog‘lanish» ma‘nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi raqamli ma‘lumotlarni radiokanallar orqali foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kabelli tarmoqni o‘rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga ma‘lumki kabelli tarmoqli kompyuter tarmog‘ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog‘ini qo‘lda o‘rnatish hamda maxsus qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma‘lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlari standart texnologiyalari Sotali aloqa tizimlarida (yoki hozirgi vaqtda ko„pincha atalganidek mobil aloqa tizimlarida) ―avlodlar‖ almashishi shaxsiy kompyuterlar industriyasi yoki televizion texnikaga nisbatan yaqqolroq va aniqrok bo„lmokda. Mobil aloqa dunyosida ko„p narsa hisoblidir: 1G (ingl. «First Generation»- birinchi avlod) – bu analog aloqa tizimlari (NMT, AMPS standartlari); ikkinchi avlod - 2G, kanallar kommutatsiyalanishi asosida ishlaydigan raqamli aloqa tizimlari (GSM, DAMPS va sdmaOne standartlari); uchinchi avlod - 3G, kanallar kommutatsiyalanishi bilan birga paketlar kommutatsiyalanishini ham ko„zda tutadi (UMTS va CDMA-2000 standartlari); va, nihoyat, to„rtinchi avlod - 4G tarmoqlari to„liq paketli IPkommutatsiya asosida kuriladi (LTE Advanced, IEEE802.16m (WiMAX) va IEEE802.11ac (Wi-Fi) standartlari). Shunisi diqqatga sazovorki, mobil aloqa dunyosida avlodlarning almashishi muntazam ravishda har o„n yilda bo„lib o„tmoqda (18.1-rasm). 3-rasm. Mobil va keng polosali tizimlarning evolyutsiyasi. Harakatdagi radioaloqa tizimlari rivojlanishining tarixi. Harakatdagi radioaloqa tizimlari (HRT) hozirgi vaqtda taqdim etiladigan xizmatlar sifati va hajmining kengaytirilishi hisobiga, ularning ommaviylashishi va foydalanuvchilarning individual talablariga moslashtirilishi hisobiga keskin sur‟atlarda rivojlanmoqda. Yangi imkoniyatlarning ishlatilishi ham mavjud tarmoqlarning takomillashtirilishi hisobiga, ham global tarmoq infratuzilmasini yaratish bilan bog„liq yangi texnik yechimlarning ishlatilishi hisobiga ta‟minlanadi. O‘z o‘rnida HRT tizimlari ham konvergensiya, universallashish va ichki raqobat jarayonlarini boshdan kechirmoqda. ―Mobil radioaloqa tizimlari‖ atamasi ruscha adabiyotlarda quruqlikda harakatlanuvchi radioaloqa mutaxassislariga va fuqarolarga mo„ljallangan xizmatlarini belgilashda ko„p qo„llaniladi. Bu atama sotali aloqa, tranking, personal yo„ldoshli aloqa va simsiz telefon radioaloqa turlarining birlashtiruvchisi sifatida ishlatiladi. 1. 3G (UMTS va WCDMA).3G atamasi bilan (ingl. third generation – «uchinchi avlod») ma‟lumot uzatish va Internet tarmoqlariga yuqori tezlikda mobil ulanish bilan birga, ma‟lumot uzatish kanalini yaratuvchi radiotexnologiya yordamida foydalanuvchilarga bir qator xizmatlar to„plamini taqdim etuvchi sotali aloqa tizimlari nomlanadi. 3G tizimlari mobil aloqaning turli xizmatlari, «global rouming» hamda multimediyaning keng imkoniyatlarini, jumladan: videotelefoniya va videokonferensiya xizmatlari; Internet va intranetga (ya‟ni, ichki tarmoqlarga) yuqori tezlikda ulanish; turli xildagi biznes, ko„ngilochar va ilmiy xizmatlarga aloqador ma‟lumotlarni uzatish kabilarni taqdim etadi. Ushbu tizimlar abonentlarning harakatlanish tezligi cheklanmagan holatida – 64 kbit/sek, harakatlanish tezligi cheklangan holatda (piyoda yurgandagi tezlik) – 384 kbit/sek, abonent harakatlanmagan holatida esa 2 Mbit/sek. gacha bo„lgan tezliklarda ma‟lumot uzatish iimkonini beradi. 3G tizimlarining ikkinchi avlod (2G) tarmoqlaridan asosiy farqi xam katta hajmdagi ma‟lumotlarni yuqori tezlikda uzatish imkoniyatidadir. Bu esa o„z navbatida mobil aloqani sifat jihatdan yangi darajaga ko„taradi: bir tomondan abonent Internetga to„laqonli ulanish, videoaloqa xizmatlari, yuqori tezlikda ma‟lumot uzatish imkoniyatlariga ega bo„lsa, ikkinchi tomondan - operatorlar an‟anaviy aloqa xizmatlaridan daromad olish bilan birga, turli xildagi qo„shimcha xizmatlarini ko„rsatish hisobiga yangi daromad manbalariga ega bo„ladilar. 3G tizimlari - videotelefon aloqasini tashkil etish, mobil telefon yordamida filmlar hamda turli teledasturlarni tomosha qilish imkonini ham beradi. Dunyoda 3G standartlarining asosiy ikki oilasi: W-CDMA (UMTS, FOMA) hamda CDMA-2000 ( Code Division Multiple Access) texnologiyalari asosidagi tizimlari mavjud. UMTS standarti asosan Yevropada, FOMA - Yaponiyada, CDMA-2000 esa Amerika va Osiyo qit‟alarida tarqalgan. Shuningdek, asosan Xitoyda tarqalgan TD-SCDMA standarti ham 3G texnologiyalari oilasiga kiradi (1-jadval). 1-jadval. 2G avlodidan boshlab sotali aloqa tizimlarining standartlari 3Gni ishlatadigan mavjud standartlar. UMTSstandarti (ingl. Universal Mobile Telecommunications System – ―Mobil aloqa universal tizimi‖) - uchinchi avlod mobil aloqa tizimlari turkumiga kiruvchi sotali aloqa texnologiyasidir. Ushbu standartda radioefir orqali ma‟lumot uzatish uslubi sifatida W-CDMA texnologiyasidan foydalanilgan. UMTS tizimi 3GPP loyixasiga muvofiq standartlashtirilgan va Yevropa ishlab chiquvchilari tomonidan HTIning IMT-2000 Dasturi bo„yicha talablariga javob beradi. Raqobatdagi tizimlardan ajralib turishi uchun UMTS standarti gohida 3GSM deb xam yuritiladi. Shu bilan, bir tomondan, uni 3G-uchinchi avlod texnologiyalariga tegishliligi ta‟kidlansa, ikkinchi tomondan, uni GSM tarmoqlarining ―keyingi avlodi‖ ekanligi nazarda tutiladi (2-rasm). Download 428.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling